3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Konsolidatsiyalashtirilgan xususiy kapitali to‘g‘risida hisobotni



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

Konsolidatsiyalashtirilgan xususiy kapitali to‘g‘risida hisobotni tuzishda 
guruhni tashkil etuvchi bosh korxona va uning sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlarining jami ustav 
kapitalidan sho‘’ba xo‘jalik jamiyatining ustav kapitali summasi chegirib tashlanadi, 
taqsimlanmagan foyda esa faqat guruhga kiruvchilarga taalluqli bo‘lgan miqdorida 
ko‘rsatiladi. 
13.8.Moliyaviy hisobotni tuzish sanasidan keyin yuz bergan kutilmagan 
holatlar va hodisalar 
 
Ma’lumki, moliyaviy hisobotlarni tuzish hisobot yili tugashi bilan kelgusi yilning 1 
sanasidan boshlab hisobotni tashqi foydalanuvchilarga, eng avvalom bor, soliq idorasiga, 
topshirish kunigacha (keyingi yilning 15 fevraligacha, qo‘shma korxonalar uchun –15 
martgacha, Vazirliklar uchun –1 aprelgacha) amalga oshiriladi. Moliyaviy hisobotni soliq 
idorasi tomonidan qabul qilib olingan sana moliyaviy hisobotning barcha nusxalarida 
maxsus tamg‘a ichida ko‘rsatiladi va hisobotni qabul qilib olgan soliq idorasi xodimi 
tomonidan imzolanadi. Ushbu sanadan boshlab moliyaviy hisobot rasmiy e’lon qilingan 
deb hisoblanadi. 
Moliyaviy hisobotni tuzish sanasidan boshlab uni rasmiy e’lon qilish sanasigacha
korxonalar xo‘jalik faoliyatida ko‘zda tutilmagan holatlar va hodisalar yuz berishi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


232 
mumkin. Bunday holatlar va hodisalarni tasniflash, baholash, ularni tuzilgan moliyaviy 
hisobotga kiritish yoki kiritmaslik tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi 
tomonidan 1998 yil 23 dekabrda 578-tartib raqam bilan ro‘yxatga olingan 16-son BHMS 
«Kutilmagan holatlar va buxgalteriya balansini tuzish sanasidan keyin xo‘jalik 
faoliyatida yuz beradigan xodisalar» bilan reglamentlashtirilgan. 
Ushbu BHMS ga muvofiq kutilmagan holatlar deganda oxirgi natijalari (foyda 
yoki zarari) kelgusida noaniq xodisani (xodisalarni) haqiqatda yuz berishiga qarab
tasdig‘ini oladigan vaziyatlar va holatlar tushuniladi. Buxgalteriya balansini tuzish 
davomida aniqlangan bunday holatlar, odatda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektga foyda 
keltirishi yoki zarar olib kelishi mumkin. Misol uchun, hisobot tuzish vaqtida 
korxonaning u yoki bu debitori bo‘lgan tashkilotni bankrotga uchraganligi to‘g‘risida 
ma’lumotni olinishi yoki kreditor tashkilot bilan sudlashish jarayonining davom 
etayotganligi va undan kutilayotgan natijani taxminan ma’lum bo‘lishi, korxonada balans 
tuzish sanasidan uni e’lon qilish sanasigacha yuz bergan tabiiy ofatlardan ko‘rilgan 
zararlar, yong‘in, toshqin va shu kabi favqulotdagi hodisalarning oqibatlari, shu davrda 
korxonaning mulkiy holatiga ta’sir etadigan qimmatli qog‘ozlar emissiyasi doir 
operatsiyalarni yuz berishi, qimmatli qog‘ozlarni qayta baholanishi hisobot yili uchun 
tuzilayotgan moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlariga turlicha ta’sir etishi mumkin. Shuning 
uchun ham kutilmagan holatlarning natijalari kelgusida aniq bo‘lsada, lekinda 
muhimliligiga qarab ular hali e’lon qilinmagan moliyaviy hisobotga kiritilishi yoki unga 
ilova qilinadigan tushuntirish xatida o‘z aksini topishi lozim.
Kutilmagan holatlar va xodisalar 16-son BHMS ga muvofiq (p.5) ikkita guruhga 
bo‘linadi: 


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin