Umumiy auditorlik xatari (AR) Ichki xo‘jalik xatari (IR) Nazorat tizimi xatari (CR) Xatolarni topmaslik xatari (DR) Zarur bo‘lgan isbotlar soni Yuqori
Past
Past
Yuqori
Kam
Past
Past
Past
O‘rtacha
O‘rta
Past
Yuqori
Yuqori
Past
Ko‘p
O‘rtacha
O‘rtacha
O‘rtacha
O‘rtacha
O‘rta
Yuqori
Past
O‘rtacha
O‘rtacha
O‘rta
Auditorlik tekshiruvini o‘tqazish bo‘yicha rozilik xati–bu dastlabki kuzatishlar
tugagach buyurtmachiga taqdim etiladigan hujjat. U o‘zida dastlabki kuzatishlarning
natijalari, auditorlik tekshiruvi bo‘yicha hisoblangan ish hajmi, auditorlik xatarining
darajasi, taklif etilayotgan qiymat, ishni bajarish bo‘yicha taklif etilgan muddatlarni,
bajaruvchilarni va boshqalarni aks ettiradi.
Auditorlik faoliyati to‘g‘risida shartnoma –bu auditorlik tashkiloti va xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida auditorlik tekshiruvi yoki boshqa kasbiy xizmatlarni
ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarga status beruvchi yuridik hujjat. Ushbu
shartnomada auditorlik faoliyatining aniq turi (auditorlik tekshiruvi, konsalting,
buxgalteriya hisobini yuritish, buxgalteriya hisobini tiklash va shu kabi boshqa kasbiy
xizmatlar), ularni qaysi davr uchun o‘tqazilishi, o‘tqazilish muddatlari, tomonlarning
huquq va majburiyatlari, javobgarliklari, ishning qiymati, fors-major holatlar va
boshqalar aniq ko‘rsatiladi. Auditorlik faoliyati bo‘yicha tuziladigan shartnomalardan
namunalar 3,4-ilovalarda keltirilgan. Auditorlik tekshiruvi dasturi – bu auditor tomonidan tuziladigan, auditorlik
tashkiloti rahbari va buyurtmachi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadigan hujjat.
Dastur o‘z ichiga tekshiriladigan ob’ektlar, jarayonlar, operatsiyalar, savollar ro‘yxatini,
tekshirish muddatlarini, shuningdek jalb etiladigan auditor yordamchilarining familiyasi,
ismi-sharifini va buyurtmachi tashkilot tomonidan jalb etiladigan ma’sul xodimlarning
familiyasi va ismi-shariflarini oladi. Auditorlik dasturi shartnomaga ilova sifatida yoki
alohida hujjat sifatida tasdiqlanadi. Auditorlik dasturidan namuna 5-ilovada keltirilgan.