27
Boshlang‘ich balans deganda
hisobot davri boshiga,
hisobot balansi deganda esa
hisobot davrining oxiriga tuzilgan balans tushuniladi. Hisobot balansi keyingi davr uchun
boshlang‘ich balans bo‘lib hisoblanadi.
Tugatish balansi – korxona tugatilishi sanasiga tuzilgan balans.
Birlashtirish balansi – ikki va undan ortiq korxonalar bir biri bilan qo‘shilganda
qo‘shilish sanasiga tuzilgan balans.
Ajratish balansi – bu korxona ixtiyoridan mustaqil boshqa korxona ajralib
chiqganda bir – biriga mablag‘larni topshirish va qabul qilish sanasiga tuzilgan balans.
Ma’lumotlarni jamlash darajasiga ko‘ra balans yig‘ma va alohida balans turlariga
bo‘linadi.
Yig‘ma balans - bu bir tizim korxonalari balanslari moddalarini
gorizontal holda
jamlash natijasida tuzilgan balans, masalan trest, konsern, kompaniya,
vazirlik va shu
kabi yuqori organlar tomonidan tuzilgan balans.
Alohida balans –bu har bir ho‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tuzilgan balans.
O‘z qaramog‘ida sho‘’ba xo‘jalik jamiyatlariga ega bo‘lgan bosh korxonalar
konsolidatsiyalashtirilgan balans tuzadilar. Bu balansni mohiyati va tuzish tartibiga
13- bobda to‘xtalamiz.
Subektlarni moliyalashtirilishiga qarab balans bir biridan
tubdan farq qiladigan
davlat byudjetidagi muassasalar balansi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar balansiga
bo‘linadi.
Hisob ma’lumotlarini jamlash sikllariga ko‘ra sinov balansi, tuzatilgan sinov
balansi va oxirgi yakuniy balans turlarini ajratish mumkin.
Sinov balansi – bu vaqtinchalik
schetlar yopilmasdan tuzilgan, shuningdek 1
yanvargacha ayrim schetlar bo‘yicha hisob-kitoblar ma’lum sabablarga ko‘ra oxirigacha
amalga oshirilmagan holda tuzilgan dastlabki balans. Bunday balansni tuzish tartibi
chet el korxonalari amaliyotida keng tarqalgan.
Tuzatilgan sinov balansi - mavjud kamchiliklar tuzatilgandan so‘ng, lekinda
vaqtinchalik schetlar yopilmasdan tuzilgan balans.
Yakuniy balans – bu vaqtinchalik
schetlar yopilgach, moliyaviy natijalar
to‘g‘risidagi hisobot va taqsimlanmagan fayda to‘g‘risidagi hisobotlarning mahlumotlari
e’tiborga olinib tuzilgan balans.
Oxirgi uchta turdagi balansni tuzish tartibi chet el korxonalari amaliyotida keng
tarqalgan.
Regulirovka schetlari qoldiqlarini hisobga olib balans-brutto va balans –netto
tuzilishi mumkin.
Balans- brutto - bu aktivlar summasidan jamlangan amortizatsiya va eskirish
summalarini,
shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo‘yicha
mavjud rezerv
summasini chegirib tashlamasdan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona aktivlarining
real qiymatini ifoda etmaydi.
Balans-netto – bu aktivlar summasidan jamlangan amortizatsiya va eskirish
summalarini, shuningdek savdo ustamalarini, shubhali qarzlar bo‘yicha mavjud rezerv
summasini chegirib tashlash yo‘li bilan tuzilgan balans. Ushbu balans korxona
aktivlarining real qiymatini ifoda etadi.
Dostları ilə paylaş: