30
2.2. Buxgalteriya hisobi schyotlari
Korxona aktivlari va ularning manbalari holati hamda harakatini aks ettirish uchun
buxgalteriya hisobida «schyotlar» deb nom olgan usul qo‘llaniladi.
Schyotlar – bu korxona aktivlari, xususiy kapitali, majburiyatlari, daromad, harajat,
foyda va zararlarini hisobot davridagi holati (boshlang‘ich va oxirgi),
shuningdek
ularning shu davrdagi harakati (ko‘payishi va kamayishi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni pul
ifodasida aks ettirish usuli.
Buxgalteriya hisobida uning har bir ob’ektini aks ettirish uchun alohida schyotlar
ko‘zda tutiladi. Har bir schyot o‘zining tartib raqamiga va aniq nomiga ega bo‘ladi.
Odatda, schyotning nomi ob’ektning nomi bilan bir hil bo‘ladi.
Misol uchun, asosiy
vositalarni aks ettirish uchun aynan shunday nomdagi № 0100,
kassadagi pul
mablag‘larini aks ettirish uchun «Kassadagi pul mablag‘lari» nomli № 5000 - schyot
va boshqa shu kabi schyotlar ko‘zda tutiladi. Barcha qo‘llaniladigan schyotlarning tartib
raqamlari va aniq nomlari maxsus schyotlar rejasida o‘z aksini topadi.
Dostları ilə paylaş: