Schyotlar rejasi. Schyotlar rejasi –bu korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning
moliyaviy xo‘jalik faoliyatini buxgalteriya hisobida aks ettirishda qo‘llaniladigan
schyotlarning tartiblashtirilgan tizimi. O‘zbekiston Respublikasida schyotlar rejasi va uni
qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma davlat ahamiyatiga molik me’eriy hujjat hisoblanadi.
Ushbu me’yoriy hujjatni ishlab chiqish va joriy qilish Moliya Vazirligiga yuklatilgan.
Respublikamiz xalq xo‘jaligi tarmoqlarida ularning xususiyatlarini e’tiborga olgan
va o‘zida mujassamlashtirgan quyidagi uchta turdagi schyotlar rejasi qo‘llaniladi:
•
Davlat byudjetidagi muassasalari moliyaviy–xo‘jalik faoliyati buxgalteriya
hisobining schyotlari rejasi.
•
Banklar moliyaviy –xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlari rejasi.
•
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining
schyotlari rejasi.
Quyida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya
hisobining schyotlar rejasiga to‘xtalib o‘tamiz.
«Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining
schyotlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» Moliya Vazirligi tomonidan
maxsus 21- sonli BHMS sifatida birinchi marta 2000 yil 30 martda 37- son buyruq bilan
tasdiqlandi. 2002 yil 9 sentyabrda 103-son buyruq bilan Moliya Vazirligi ushbu BXMS
ni yangi tahrirda qayta tasdiqladi, u O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi
tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181 – son tartib raqami bilan ro‘yxatdan o‘tdi.
21- son BXMS sifatida tasdiqlangan schyotlar rejasi oltita qism, o‘nta bo‘limdan
iborat, u o‘z ichiga 208 ta balans schetlarini, 40 ta moliyaviy natijalar hisobotini tuzishga
mo‘ljallangan schyotlarni va 14 ta balansdan tashqari schyotlarni oladi. Schyotlar
rejasida buxgalteriya hisobi schyotlari moliyaviy hisobotning shakllari bo‘lgan
buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobotning tarkibiy elementlariga
mos ravishda quyidagi qism va bo‘limlarga ajratilgan.