280
Odatda, ushbu ishlar auditorlik tekshiruvidan keyin ko‘pi bilan 15 kun ichida o‘tqazilishi
kerak, chunki auditorlik tekshiruvidan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt audit tekshiruvi
o‘tqazilgandan so‘ng 15 kun ichida auditorlik xulosasini qonun hujjatlariga muvofiq
tegishli organlarga taqdim etishi lozim.
Audit natijalarini tadbiq etishga doir ishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
•
Auditorlik tekshiruvi natijalarini xo‘jalik yurituvchi sub’ekt raxbariyati,
mulkdorlar, Kuzatuv kengashi a’zolari va boshqa qiziquvchilar ishtirokida muhokama
qilish;
•
Auditorlik tekshiruvida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha
tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish muddatlarini, aniq ma’sul xodimlarni
belgilash;
•
Auditorlik tekshiruvida aniqlangan kamchiliklarni haqiqatda
bartaraf etilganligini
nazorat qilish va muhokama etish.
Auditorlik tekshiruvi natijalarini tadbiq etishga ma’sul bo‘lib xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning rahbarlari hisoblanadi. Rahbar auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan
shartnomaga muvofiq aniqlangan xato va kamchiliklarni tekshiruvni o‘tqazgan
auditorlarning ishtirokida o‘tqazishi maqsadga muvofiq. Chunki, bir tomondan, auditorlar
to‘plagan isbotu-dalillar asosida
xatolarni qay darajadaligini, kimlar tomonidan yo‘l
qo‘yilganligini, ularni qanday tuzatish kerakligini mutaxassis sifatida chuqurroq biladilar.
Ikkinchi tomondan, auditorlar ishtirokida tuzatilgan xato kamchiliklar tuzatilgan
moliyaviy hisobotga rasmiy auditorlik xulosasini olishni tezlashtiradi. Auditorlarni
quyidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etishda jalb qilish o‘ta muhim hisoblanadi:
•
Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha qayta hisob-
kitoblarni tayyorlash;
•
Balans va hisobotning boshqa shakllarini qayta tuzish;
•
Bosh kitobga tuzatish yozuvlarini kiritish;
•
Korxonaning hisob siyosatining asosiy parametlarini belgilash;
•
Korxona xodimlariga xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasliklari
uchun
maslahatlar berish boshqalar.
Aniqlangan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘rilanishi, soliq deklaratsiyalarini
va moliyaviy hisobot shakllarini qonun hujjariga muvofiq qayta tuzilishi hamda taqdim
etilishi auditorlarga moliyaviy hisobot bo‘yicha ijobiy xulosa berishlariga asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: