3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

2.Asosiy qism 
Auditorlik tekshiruvini olib borish jarayonlari, va tekshiruv 
natijalari, mavjud xato-kamchiliklar, ularning sabablari 
ko‘rsatiladi. Ushbu qism alohida mavzular (bo‘limlar)ni 
aks ettiruvchi paragraflarga bo‘linishi mumkin
3.Xulosa qismi 
Tekshirish ob’ekti (ob’ektlari) bo‘yicha auditorlik xulosasi, 
aniqlangan chetlanishlar va qonunbuzarlik-larni bartaraf 
etish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy 
xo‘jalik faoliyati samarador-ligini oshirish bo‘yicha 
tavsiyalar va takliflar beriladi 
Auditor hisoboti ikki nusxada tuziladi va uning bir nusxasi buyutmachiga 
topshiriladi, ikkinchi nusxasi auditorlik tekshiruvida qoladi. Auditorlik tashkilotida 
qoladigan nusxaning oxirida auditorlik tekshiruvini buyurtgan tashkilot raxbari va bosh 
buxgalterining auditor hisoboti bilan tanishganligi va uning bir nusxasini olganligi 
to‘g‘risida tilxat yoziladi va imzolanadi. Agar auditorlik tekshiruvi mulkdorlar, 
prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari buyurtmasi bilan o‘tqazilgan 
bo‘lsa, u holda auditorning hisoboti uch nusxada tuziladi va uning bir nusxasi auditni 
buyurtgan tomonga taqdim etiladi. Ushbu holatda auditor hisoboti bilan tanishganlik va 
ularni nusxalarini olganlik to‘g‘risidagi tilxatlar audit o‘tqazilgan xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning raxbari va bosh hisobchisi, shuningdek auditni buyurtgan organ (shaxslar) 
tomonidan imzolanadi. 
Auditorlik hisobotining hajmi varaqlar soni jihatidan, odatda, chegaralanmaydi. 
Auditor hisobotining har bir varag‘i auditorlik tekshiruvini o‘tqazgan auditor (auditorlar) 
tomonidan imzolanadi. 
Auditor hisobotida aks ettirilgan axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi 
mumkin emas. Ushbu axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun 
qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikga tortiladi. 
Auditor hisobotidan namuna 7-ilovada keltirilgan. 
Auditorning hisoboti auditorlik xulosasini tuzishga asos bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonuniga asosan ( 19-
modda) « auditorlik xulosasi - moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi va buxgalteriya 
hisobini yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi 
to‘g‘risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi 
sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lgan hujjat». 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarini tekshirish bo‘yicha 
o‘tqazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalari to‘g‘risida auditorlik xulosasi 70-son 
AFMS «Auditor hisoboti va moliyaviy hisobot to‘g‘risida auditorlik xulosasi» ga 
muvofiq tuziladi. 
Ushbu AFMS ga muvofiq auditorlik xulosasi xuddi auditorning hisoboti kabi 
quyidagi uch qismdan (bo‘limdan) iborat bo‘ladi: 

Kirish qism –unda auditorlik tashkilotiga doir ma’lumotlar ko‘rsatiladi; 

Asosiy qism - unda auditni o‘tqazilishiga asos bo‘lgan shartnoma va me’yoriy 
hujjatlar, audit ob’ektlari, tomonlarning javobgarliklari ko‘rsatiladi.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


279 

Xulosa qismi – unda moliyaviy hisobotning Qonunlar va boshqa me’yoriy 
hujjatlarga mos kelishi yoki kelmasligi ko‘rsatiladi. 
Auditorlik xulosasi yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, qisqa 
mazmunli, odatda, bir betlik hujjat hisoblanadi. Auditorlik hisoboti auditorlik 
tekshiruvini o‘tqazgan auditor, auditorlik tashkiloti rahbari tomonidan imzolanadi va 
auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlanadi.
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuziladi, uning ikki nusxasi auditorlik 
tekshiruvi o‘tqazilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga taqdim etiladi, bir nusxasi esa
auditorlik tashkilotida qoladi. Auditorlik xulosasiga korxonaning auditorlik tekshiruvi 
materiallari asosida tuzilgan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi 
hisoboti ilova qilinadi. Auditorlik xulosasiga ilova qilinadigan ushbu hujjatlar ham 
auditor va auditorlik tashkiloti rahbari tomonidan imzolanishi, auditorlik shashkilotining 
muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tgan xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar olingan auditorlik xulosasining bir nusxasini davlat soliq idorasiga 
qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etishlari va qayd ettirishlari kerak. Tashabbusli 
asosda auditorlik tekshiruvini o‘tqazgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham olingan 
auditorlik xulosalarinii davlat soliq organiga topshirishlari va qayd ettirishlari mumkin. 
Auditorlik xulosalari to‘rtta turga ajratiladi: 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin