XYII- bob. AUDIT NATIJALARINI UMUMLASHTIRISH, RASMIYLASHTIRISH VA TADBIQ ETISH 17.1. Audit natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda auditorlik tekshiruvini o‘tqazishning 3-bosqichi
bo‘lib uning natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirishdeganda shartnomada
ko‘rsatilgan ob’ektlar bo‘yicha auditorlik tekshiruvida aniqlangan dalilu-isbotlarni
rasmiy hujjatlarda aks ettirish tushuniladi. Ushbu rasmiy hujjatlar bo‘lib auditorning
hisoboti va auditorlik xulosasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida Qonun»iga muvofiq
( 18-modda) « auditor hisoboti – bu auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya
hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy
hisobotdagi qoida buzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek
auditorlik tekshiruvi o‘tqazish natijasida olingan boshqa axborotlardan iborat bo‘lgan va
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari) ning
umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat».
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy hisobotlarini tekshirish bo‘yicha
o‘tqazilgan auditorlik tekshiruvlari natijalari to‘g‘risida auditor hisoboti 70-son AFMS
«Auditor hisoboti va moliyaviy hisobot to‘g‘risida auditorlik xulosasi» ga muvofiq
tuziladi.
Ushbu AFMS ga muvofiq auditorning hisoboti quyidagi uch qismdan (bo‘limdan)
iborat bo‘ladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
278
Qism (bo‘lim) Nima aks ettiriladi 1.Kirish qism Auditorlik tashkiloti va auditorlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar, shuningdek auditorlik tekshiruvini o‘tqazishga
doir umumiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi