2.Jurnal-orderlar – bu ma’lumotlarni schetlarning krediti bo‘yicha guruhlangan
holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar. Aynan jurnal-orderlar Bosh kitobning
kreditida jamlangan holda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni barcha korrespondensiyalanadigan
debet schetlar bo‘yicha aks ettiradi, ya’ni jurnal-orderlar Bosh kitobning to‘ldiruvchisi,
davomi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi schetlari bo‘yicha
turli jurnal –orderlarni yuritish ko‘zda tutilgan, masalan 50 «Kassa» schyoti bo‘yicha
№1, 51 «Hisob-kitob scheti» bo‘yicha № 2, 60 «Ta’minotchilar va pudratchilar bilan
hisob-kitoblar» scheti bo‘yicha № 6, shuningdek boshqa schetlar bo‘yicha boshqa jurnal-
orderlar yuritiladi. Jurnal-orderlar buxgalteriya hisobini jurnal-order shaklining asosini
tashkil etadi.
3.Qaydnomalar–bu schetlarning debeti bo‘yicha analitik hisobni olib borishga
mo‘ljallangan registrlar. Qaydnomalar ham turli schyotlar bo‘yicha har xil shakl va
mazmunda yuritiladi.
4.Memorial-orderlar - bu ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida schetlarning ham
debeti, ham krediti bo‘yicha guruhlangan holda qayd etishga mo‘ljallangan registrlar.
Ushbu registrlar buxgalteriya hisobini memorial-order shaklining asosini tashkil etadi.
8-chizma. Jurnal-order shaklda hisob ma’lumotlarini jamlash tartibi Boshlang‘ich hujjatlar
Kassa
kitobi
Analitik
hisob
registrlari
Jurnal-orderlar
Moliyaviy hisobot shakllari
Bosh kitob
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com