Debet 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar»
Kredit 6990 «Boshqa majburiyatlar»
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»
Kredit 0890 «Boshqa kapital qo‘yilmalar»
Asosiy vositalarni ta’sis badali sifatida kirim qilishning hisobi. Ta’sis hujjatlari
(ustav, ta’sis shartnomasi) ga asosan ta’sischilardan qabul qilingan asosiy vositalar schet-
faktura va qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar
asosida qo‘yidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»
Kredit 4610 «Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari»
Chet el investorlaridan ta’sis badali sifatida korxona ruyxatdan utgandan keyingi
sanalarda kelib tushgan asosiy vositalar bo‘yicha valyuta kursini o‘zgarishi sababli
qo‘shilgan kapital vujudga keladi. Bunday holda korxona ro‘yxatdan o‘tgan sanadagi
kurs bo‘yicha ta’sischidan qabul qilib olingan asosiy vosita qiymatiga yuqorida
keltirilgan provodka beriladi. Xaqiqatda kelib tushgan sana va korxona ro‘yxatga
olingan sanadagi kurslar o‘rtasidagi farq summasi korxonaning qo‘shilgan kapitaliga
olib boriladi va unga quyidagi yezuv qilinadi:
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schetlari»
Kredit 8420 «Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar»
4.1.3. Asosiy vositalarni qayta baholashning hisobi Asosiy vositalarni qayta baholash deganda ularning qiymatini oshirish yoki
pasaytirish tushuniladi.
Qayta baholash ikki usulda, ya’ni bozor baholaridan kelib chiqgan holda to‘g‘ridan
to‘g‘ri eski qiymatni bozor qiymatigacha yetkazish yoki eski qiymatni belgilangan
koeffitsiyentlarga ko‘paytirish yo‘li bilan yangi qiymatga chiqish usullarida
korxonaning o‘zi yoki mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha maxsus litsenziyaga ega
bulgan korxonalar (hokimiyatning kadastr bo‘limi yoki boshqa firmalar) tomonidan olib
borilishi mumkin. Yangi va eski qiymatlar o‘rtasidagi farq qayta baholash qiymatini
tashkil etadi. Ushbu summa ijobiy son bilan chiqsa, u asosiy vositalarning qiymatini
oshirilganligini, manfiy son bilan chiqsa, u asosiy vositalar qiymatini pasaytirilganligini
bildiradi. Qayta baholash natijasi inventarizatsiya qaydnomasi asosida hisobda aks
ettiriladi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
63
Asosiy vositalarning qiymati oshirilganda, yangi va eski boshlang‘ich qiymatlar
o‘rtasidagi ijobiy farq buxgalteriya hisobida qo‘yidagicha aks ettiriladi: