69
Bizning misolimizda yillik amortizatsiya (eskirish) me’yori 20%, ishlatiladigan
me’yor – 40% (20% x 2). Ushbu usulda hisoblangan
va jamlangan amortizatsiya
(eskirish), shuningdek qoldiq qiymat xizmat yillari bo‘yicha qo‘yidagicha bo‘ladi:
Yillar
Boshlan-
g‘ich
qiymat
Amorti-
zatsiyala-
nadigan
qiymat
Amorti-
zatsiya
me’yori
Yillik
amorti-
zatsiya
Jamlan-
gan
amorti-
zatsiya
Qoldiq
qiymat
1
1000000
1000000
40%
400000
400000
600000
2
1000000
600000
40%
240000
640000
360000
3
1000000
360000
40%
144000
784000
216000
4
1000000
216000
40%
86400
870400
129600
5
1000000
-
-
29600
900000
100000
Hisob-kitoblardan ko‘rinib turibdiki, birinchi ikki yilda amortizatsiya (eskirish)
me’yordan mos ravishda 220000 so‘m (400000-180000) va 60000 so‘m (240000-
180000) ko‘p hisoblangan. Mos ravishda bu summalar 1- va 2-
yillarda soliq solish
bazasiga qayta qo‘shilishi lozim. Keyingi 3 yilda amortizatsiya (eskirish) me’yordan mos
ravishda 36000 so‘mga (144000-180000), 93600 so‘mga (86400-180000), 150400
so‘mga (29600-180000) kam bo‘lib, ular mos raivshda 3-, 4- va 5- xizmat yillarida soliq
solish bazasidan chegirilishi yoki yuqorida aytilgan tartibda kelgusi yillarda soliq solish
bazasiga kiritilmasligi kerak. Bu usul qo‘llanilganda hisob siyosatida xizmat muddatining
barcha
yillari ichida, shuningdek qo‘shimcha xizmat yillarida ham amortizatsiya
(eskirish) ni hisoblash va uni soliq solishga munosabati hisob siyosatida aniq belgilangan
bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, asosiy vositalarning amortizatsiyasi (eskirish) ni
hisoblashning turli
usullarini qo‘llash xizmat muddati yillari ichida hisoblangan va jamlangan amortizatsiya
(eskirish) summalarini va qoldiq qiymatni turlicha bo‘lishiga, shuningdek ularni turli
miqdorda soliq solish bazasiga kiritilishi yoki undan chegirilishi bo‘yicha bir-biridan farq
qilar ekan. Bu farqlarni keltirilgan avtomashina misolida qo‘yidagicha
ifodalash
mumkin:
Dostları ilə paylaş: