3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Asosiy vositalarni amortizatsiyasi ( eskirishi ) ning hisobi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

 
4.1.5. Asosiy vositalarni amortizatsiyasi ( eskirishi ) ning hisobi.
 
 
Asosiy vositalarning amortizatsiyasi (eskirishi) ni hisobga olishda quyidagi atama 
va tushunchalar muhim rol o‘ynaydi. 
Amortizatsiya – bu asosiy vositalarning amartizatsiyalanadigan qiymatini foydali 
xizmat muddati ichida yangi yaratilgan mahsulot ( ish, xizmat ) qiymatiga kiritish ( 
BXMS №5, p.9). 
Eskirish –bu asosiy vositaning belgilangan me’yorlar bo‘yicha hisoblangan 
amartizatsiya summasi. 
Amortizatsiyalanadigan qiymat - asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatidan 
ko‘zda tutilayotgan likvidatsion qiymatni chegirgandan keyin qolgan qiymat 
( BXMS № 5, p.8).
Likvidatsion qiymat - bu asosiy vositalarni foydali xizmat muddati oxirida 
likvidatsiya qilish chog‘ida vujudga keladigan aktivlarning ularni olishga ketgan 
likvidatsiya harajatlari chegirib tashlangandan keyin qolgan qiymati( BXMS № 5,p.14). 
Asosiy vositalarni likvidatsiyasi natijasida olinadigan aktivlarga xom-ashyo va 
materiallar, inventarlar, ehtiyot qismlar, tovarlar sifatida tan olingan, baholangan va 
qabul qilingan moddiy boyliklar kiradi. 
Likvidatsiya harajatlari – asosiy vositalarni buzish uchun sarflangan moddiy, 
mehnatga haq to‘lash harajatlari, ijtimoiy sug‘urta organlariga ajratmalar, turli transport 
va boshqa xizmat harajatlari majmuasi. 
Sobiq hisob ta’limoti va amaliyotida asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan 
qiymatini aniqlashda likvidatsion qiymat e’tiborga olinmas edi. BXMS № 5 «Asosiy 
vositalar» respublikada birinchi marta amortizatsiyalanadigan qiymatni aniqlashda asosiy 
vositalarni ko‘zda tutilishi mumkin bo‘lgan likvidatsion qiymatini hisobga olish tartibini 
belgiladi. Likvidatsion qiymatni ko‘zda tutish mumkin bo‘lgan miqdorini BXMS ga 
muvofiq, korxonaning o‘zi mustaqil asosiy vositalarni qabul qilib olish vaqtida belgilashi 
mumkin. Likvidatsion qiymatni ko‘zda tutish majburiy hisoblanmaydi. Shuning uchun bu 
qiymat bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday holda asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan 
qiymati bevosita uning boshlang‘ich qiymatidan iborat bo‘ladi. 
BXMS № 5 «Asosiy vositalar»ga muvofiq asosiy vositalarni yillik amortizatsiya 
(eskirish) summasi (As) qo‘yidagicha aniqlanadi: 

Qoldiq qiymat ko‘zda tutilgan asosiy vositalar bo‘yicha 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


66 
Boshlang‘ich qiymat – Likvidatsion qiymat 
As = ------------------------------------------------------------- 
(1) 
Xizmat muddati 

Qoldiq qiymat ko‘zda tutilmagan asosiy vositalar bo‘yicha 
Boshlang‘ich qiymat 
As = ------------------------------
(2) 
Xizmat muddati 
Barcha asosiy vositalar bo‘yicha likvidatsion qiymatni belgilangan miqdorlari yoki 
ularni belgilanmaganligi ham korxonalarning buyruq bilan tasdiqlangan hisob 
siyosatlarida to‘liq o‘z aksini topishi lozim. 
Hisob siyosatida asosiy vositalar bo‘yicha foydali xizmat muddati ichida jamlanib 
boruvchi amortizatsiyani (eskirishni) hisoblash usullari ham belgilab olingan bo‘lishi 
kerak.
BXMS №5 «Asosiy vositalar» ga muvofiq (p.23,24) jamlangan amortizatsiya 
(eskirish) ni hisoblash qo‘yidagi usullar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin: 

Bir maromda hisoblash; 

Bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash

Xizmat yillari yig‘indisiga proporsional hisoblash (kumulyativ usul); 

Kamayib boruvchi qoldiq qiymatdan hisoblash. 
Hisob siyosatida amortizatsiya (eskirish) ni hisoblashning u yoki bu usulini doimiy 
tarzda tanlab olish yoki har to‘rtta usulni bir vaqtning o‘zida u yoki bu asosiy vositalar 
bo‘yicha belgilab olish mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu usullarni qo‘llashda 
amortizatsiya (eskirish) summasi turlicha bo‘lishi va u Soliq Kodeksida ko‘zda tutilgan 
bir maromda hisoblab chiqildan miqdordan kam yoki ko‘p bo‘lishi mumkin. Shuning 
hisob siyosatida kam yoki ko‘p hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summasini soliqga 
tortish jihatlari ham aniq belgilab olingan bo‘lishi lozim. 
Amortizatsiya (eskirish) ni hisoblash usullarining moxiyatini, ularning solik solish 
bazasiga ta’sirini qo‘yidagi misol asosida ko‘rib chiqaylik. Aytaylik, avtomashinaning 
boshlang‘ich qiymati – 1000000 so‘m, korxona tomonidan ko‘zda tutilgan likvidatsion 
qiymat – 100000 so‘m, xizmat muddati – 5 yil, yillik eskirish me’yori – 20%. Texnik 
pasportida xizmat muddati davrida ko‘zda tutilgan ish hajmi (soatlarda) – 10000 soat. 
Mashinaning haqiqatda ishlagan vaqti hisob ma’lumotlari bo‘yicha 1-yilda – 2000 soat, 
2-yilda – 3000 soat, 3-yilda – 2500 soat, 4-yilda – 1500 soat, 5-yilda – 1000 soat. 
 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin