Xizmat yillari yig‘indisiga proporsional hisoblash usuli.Ushbu usulda xizmat
yillari yig‘indisi topib olinadi va ularning hissasi teskari holda belgilanadi. Bizning
misolimizda xizmat yillari yig‘indisi 15 ga teng (1+2+3+4+5).
Yillar hissasi: 1- yil uchun -
5/15; 2- yil uchun
-
4/15;
3- yil uchun -
3/15; 4- yil uchun
-
2/15;
5- yil uchun -
1/15.
Ushbu usulda hisoblangan va jamlangan amortizatsiya (eskirish) summasi,
shuningdek qoldiq qiymat xizmat yillari ichida qo‘yidagicha bo‘ladi:
Yillar
Boshlan-
g‘ich
qiymat
Amorti-
zatsiyala-
nadigan
qiymat
Amorti-
zatsiya
me’yori
Yillik
amorti-
zatsiya
Jamlan-
gan
amorti-
zatsiya
Qoldiq
qiymat
1
1000000
900000
5/15
300000
300000
700000
2
1000000
900000
4/15
240000
540000
460000
3
1000000
900000
3/15
180000
720000
280000
4
1000000
900000
2/15
120000
840000
160000
5
1000000
900000
1/15
60000
900000
100000
Kumulyativ usul amortizatsiya (eskirish) ning tezlashtirilgan usullaridan biri
hisoblanadi. Shuning uchun xizmat muddatining birinchi yillarida amortizatsiya
(eskirish) me’yoridan ko‘p miqdorda, keyingi yillarda esa me’yordan kam miqdorda
hisoblanadi. Bizning misolimizda birinchi ikki yilda miqdordan mos ravishda 120000
(300000-180000) so‘m va 60000 (240000-180000) so‘m ko‘p hisoblangan. Ushbu
summalar mos ravishda 1- va 2- yillar soliq hisob-kitoblarida soliq solish bazasiga qayta
qo‘shilishi lozim. 3- yilda amortizatsiya (eskirish) me’yor miqdorida hisoblangan.
Shuning uchun ushbu summa soliq solishga ta’sir qilmaydi. 4- va 5- yillarda mos
ravishda amortizatsiya (eskirish) me’yordan 60000 (120000-180000) so‘m va 120000
(60000-180000) so‘m kam hisoblangan. Ikkinchi usuldagidek, 4- va 5- yillarda mos
ravishda kam hisoblangan amortizatsiya (eskirish) summalari ushbu yillar hisob-
kitoblarida soliq solish bazasidan kamaytirilishi yoki ular avtomashina kelgusi yillarda
ishlatilganda va amortizatsiya (eskirish) hisoblanganda (bizning misolimiz bo‘yicha
60000+120000) 180000 so‘m miqdorigacha soliqga tortilmasligi lozim. Bunday hol
uchraganda, qo‘shimcha ishlagan davrlarda hisoblangan amortizatsiya (eskirish) ning
180000 so‘mga miqdori soliqga tortilmasligi hisob siyosatida asoslangan tarzda ochib
berilishi kerak.