3-Modul. Boshlangʻich ta’limda tarbiya nazariyasi


Tarbiyaning texnologiyaviyligi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə41/44
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#177988
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
3-Modul. Boshlangʻich ta’limda tarbiya nazariyasi-fayllar.org

Tarbiyaning texnologiyaviyligi ta’lim muassasalarida tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish va unga erishishga sharoit yaratadi, nazariy asoslangan uzluksiz davom etadigan tarbiyalash jarayonining shakllari; metodlari, usullari va vositalarini oʻqituvchi toʻgʻri tanlab natijalarga erishishini ta’minlaydi. U ilmiy modellashtirish (loyihalashtirish) asosida amalga oshiriladi, modellashtirishda tarbiyaviy maqsadlar bir xil ma’noda beriladi hamda oʻqituvchi tomonidan insonning shaxsiy xususiyatlari va sifatlarini rivojlantirishning muayyan bosqichlarini obyektiv ravishda oʻlchash va baholash imkoniyatlarini yaratadi.
Tarbiyaning texnologiyaviyligi har qanday pedagogik tizimda - ilmiy muammolar bilan oʻzaro munosabatda boʻlgan tushunchadir. Biroq, agar ilmiy muammo tarbiyalanuvchiga bilim berish, ilmiy tafakkurini oshirish hamda koʻnikma va malakalarini shakllantirish kabi maqsadlarni ifodalaydigan boʻlsa, u holda tarbiya texnologiyasi oʻqituvchiga oʻquvchilarni tarbiyalash yoʻlyoʻriqlari va ularga erishish vositalarni toʻgʻri yoʻnaltirishga yordam beradi.
Tarbiyaning texnologiyaviyligi tarbiyalashga yoʻnaltirilgan ilmiy muammo sifatida oʻquvchilarda axloqiy sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish uchun lozim boʻlgan va komil insonga xos barcha insoniy fazilatlarni muayyan shart-sharoitlarda uzluksiz tarbiyalash asosida takomillashtirishni nazarda tutadi, bu esa ta’lim mazmunining oʻziga xos xususiyatlarini ham belgilaydi.
Shu munosabat bilan tarbiyaviy jarayonni harakatga keltiruvchi kuch, turtki asosan nimada ekanligi toʻgʻrisida savol paydo boʻladi. Pedagogikada inson tarbiyasiga qoʻyiladigan, uning hayotida yuzaga keladigan talablar va uning huquqiy imkoniyatlari, ijtirmoiylashuvi, shaxsiy rivojlanish darajasi oʻrtasidagi ziddiyatlar bunda asosiy manba boʻlib hisoblanadi. Ushbu talablar uning yosh xususiyatlariga muvofiq kelgandagina, insonni tarbiyalash va uni shaxs sifatida rivojlantirish jarayonining boshlanishiga turtki boʻladi. L.S.Vigotskiy bolaning biror harakat-u kattalarning yordamisiz bajara olishi mumkin boʻlgan holatini dolzarb rivojlanish hududi deb atagan. Bola oʻqish jarayonida biror yangi narsani oʻqituvchining yordami bilan salohiyatli tarzda oʻzlashtirishga qodir boʻlgan daraja yaqin rivojlanish hududi bilan belgilangan. Hududlar orasidagi masofa ziddiyatli tarbiyaviy holatni vujudga keltiradi - tarbiyaviy jarayonning bunday holati shaxsni shakllantirishda vujudga keladigan va erishiladigan yutuqlar oʻrtasidagi tafovut mavjud boʻlganda yuzaga keladi. Bunday qarama-qarshiliklarning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun oʻqituvchi-tarbiyachi belgilangan tarbiyaviy maqsadlarni oʻz maromida uzluksiz, mukammal amalga oshirishi lozim. Shundagina tarbiyaviy nuqsonlarni bosqichma-bosqich bartaraf etishga shart-sharoit yaratiladi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin