NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR: 1. Tarbiyaning qanday qonuniyatlari mavjud?
2. Tarbiya qonuniyatlarini izohlang.
3. Tarbiya qonuniyatlari oʻrtasida aloqadorlik bormi? Bu nega muhim?
4. Keng va tor ma’nodagi tarbiya tushunchalariga izoh bering.
5. Tarbiya mazmuni deganda nima tushiniladi?
6. Tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalarini bayon eting.
7. Tarbiya jarayoni qanday oʻziga xos xususiyatlarga ega?
8. Oʻz oʻzini tarbiyalash tushunchasini izohlang.
9. Tarbiya metodlarini tavsiflang.
10. Tarbiya tamoyillarini sanab bering.
11. Bolalar jamoasi tushunchasini izohlab bering.
12. Jamoaviylik ruhida tarbiyalash deganda nimani tushunasiz?
13. Shaxs va jamoa aloqaviy munosabatlarini izohlang.
14. Shaxsni jamoada tarbiyalash ishiga hissa qoʻshgan pedagoglarni bilasizmi?
15. Pedagogik jarayon nima?
16. Ta’lim va tarbiyaning uygʻunligi ish faoliyatingizda qiyinchilik tugʻdiradimi? Qaysi holatlarda?
17. Pedagogik texnologiyalar haqida fikrlaringizni yozing.
18. Pedagogik jarayonni tashkil etishda pedagog oldiga qanday vazifalar qoʻyiladi?
TEST
1. Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari nechta? a) 5 b) 2 c) 4 d) 6 e) 2
2. Tarbiyaga oid hikmatlar ham joy olgan “Bahoriston” asarining muallifi kim? a) Alisher Navoiy b) Husayn Voiz Koshifiy
c) Abdurahmon Jomiy d) Sa’diy Sheroziy
e) Abdulla Avloniy
3. Tarbiyada nechta asosiy qonuniyat mavjud? a) 3 b) 2 c) 4 d) 5 e) 2
4. Tarbiyaga oid hikmatlar ham joy olgan “Donishnoma” asarining muallifi kim? a) Alisher Navoiy b) Husayn Voiz Koshifiy
c) Abdurahmon Jomiy d) Sa’diy Sheroziy
e) Ibn Sino
Topshiriq. Rasmdagi barcha soʻzlarni daftarga koʻchirib,
inglizchadan tarjima qiling va yod oling.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Barkamol avlod – Oʻzbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997.
2. Mavlonova R. Umumiy pedagogika. – Toshkent: “Fan va texnologiyalar”, 1997.
3. Pedagogika. Jismoniy tarbiya institutlari uchun darslik – Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1990.
4. Podlasoy I.P. Pedagogika. Noviy kurs. – Moskva: “Vlados”, 1999.
5. Ivanov I.P. Vospitatel kollektivistov. – Moskva: “Pedagogika”, 1992.
6. Pedagogika // A.Q.Minavvarovning umumiy tahriri. – Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1996.
7. Hoshimov K. va boshq. Pedagogika tarixi (pedagogika oliy oʻquv yurtlari va universitetlar talabalari uchun qoʻllanma. – Toshkent: “Oʻqituvchi”, 1996.
Bolalarni jamoada tarbiyalash boʻyicha ilgʻor tavsiyalar ishlab chiqqan rus pedagoglari –
Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy va Anton Semyonovich Makarenko