3-Modul. Boshlangʻich ta’limda tarbiya nazariyasi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə39/44
tarix14.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#177988
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
3-Modul. Boshlangʻich ta’limda tarbiya nazariyasi-fayllar.org

Pedagogik jarayon - bu belgilangan maqsadga erishish hamda shaxsning xususiyat va sifatlarini ijobiy tomonga oʻzgartirishga qaratilgan tarbiyasi va tarbiyalanuvchi oʻrtasidagi aniq bir muddat va ma’lum tarbiyaviy tizimda maxsus tashkil etilgan oʻzaro munosabatdir.

Jarayon (lotincha protsessis – oldinga intilish) holat davomiyligi, insonning rivojlanishi, biror bir natijaga erishishi yoʻlidan davom etayotgan harakatlar jamlanmasi.

Pedagogik jarayon – tarbiya jarayonining asosiy tizim birligi: uning xususiyati shundan iboratki, u tarbiyachi va tarbiyalanuvchining pedagogik munosabat tizimini belgilaydi.
Agar tarbiya jarayoni tushunchasi maqsadga yoʻnaltirilgan, shaxsga ma’lum sifatlarni shakllantirish ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan harakat boʻlsa, pedagogik jarayon tushunchasi oldindan tashkil etilgan tarbiyaning oʻzaro ta’sir tizimini bildiradi.
Pedagogik jarayonni shakllantirish va tashkillashtirishning asosiy prinsiplari:
 tarbiyaga yaxlit yondoshish prinsipi;
 uzluksiz tarbiya prinsipi;
 tarbiyani maqsadga yoʻnaltirish prinsipi;
 pedagog va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati prinsipi;
tabiiy muvofiqlik prinsipi;
 madaniy muvofiqlik prinsipi;
 faoliyat va jamoadagi tarbiya prinsipi;
 ta’lim va tarbiyada davomiylik, batartiblilik prinsipi;
 pedagogik jarayonda oʻz-oʻzini boshqaruv prinsipi kabilar.
Tarbiyaviy jarayonni modellashtirishda oʻquvchilarning hayoti va faoliyatini ta’lim muassasalarida pedagogik jihatdan toʻgʻri uyushtirish uchun, ularning tashqi ta’sir etuvchi omillarga nisbatan ta’sirchan munosabatda boʻlishini unutmaslik kerak. Pedagog va psixolog olimlarning tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, shaxsga tashqi omillarning oʻzaro (xoh salbiy, xoh ijobiy boʻlsin) ta’siri avvalo oʻquvchilarning oʻzaro munosabatlariga bogʻliq. Oʻquvchilarning tarbiyaviy faoliyatini uyushtirayotganda oʻqituvchi yoki tarbiyachi tashqi ta’sir etuvchi omillarga nisbatan tarbiyalanuvchining munosabatini, kechinmalarini, qanday anglashini, baholashini ulardan oʻzi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur.
Tarbiya jarayonini modellashtirishda oʻquvchining nafaqat ongi, balki his-tuygʻularini ham oʻstirib borishga erishish lozim, unda jamiyatning shaxsga qoʻyadigan axloqiy talablariga muvofiq keluvchi xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun oʻquvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Tarbiya jarayoniga oʻqituvchi rahbarlik qiladi. U oʻquvchilarning ta’lim muassasasidagi tarbiyaviy faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonga faol kirib borishlarini oʻz xohish-istaklari bilan tarbiyaviy faoliyatga faol ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali oʻquvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Ushbu faoliyatni modellashtirishda oʻqituvchi oʻquvchilar jamoasining manfaati va talab istaklarini e’tiborga olishi zarur. Bola oʻz xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi boʻlib qoladi.
Ushbu holatlar tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Jamiyatda axborot kommunikatsion texnologiyalarning jadal sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida oʻquvchilar koʻp vaqtlarini ta’lim va tarbiyaga mutlaqo aloqasi boʻlmagan kommunikatsion texnologik ma’lumotlarga sarflamoqdalar (mobil telefonlar, internet, kompyuter, DVD filmlar va boshqalar). Ushbu vositalardan oqilona foydalanishni oʻquvchiga oʻrgatish, ta’qiqlangan texnik vositalardan foydalanishni man etish, ularni nazorat qilish oʻqituvchilar va ota-onalarning hamkorlikdagi vazifalariga kiradi. Oʻquvchilarning koʻp vaqtlarini olayotgan keraksiz texnik ma’lumotlami bartaraf etish uchun faqat modellashtirish asosida ish olib borish mumkin. Oʻqituvchining tarbiyaviy ishlar rejasida ushbu muammolar yuzasidan turli mavzudagi suhbatlar uyushtirish rejasi oʻrin olishi lozim.

Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi. Aks holda, xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida oʻquvchi ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ma’lumotlarga va tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan boʻlib qolishi mumkin. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning oʻz-oʻzini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim oʻrin tutadi. Ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilangan tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishda ma’lum shart-sharoitlaming mavjudligi talab etiladi. Ushbu gʻoyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi:




Tarbiyani samarali modelashtirish uchun uning harakatlantiruvchi kuchini, har bir oʻquvchining tarbiya jarayonidagi faoliyatini yaxshi bilish kerak.
Buning uchun oʻqituvchi quyidagi holatlarni unutmasligi lozim:
• tarbiyalanuvchi ruhiyatini puxta bilish;
• ota-onalar bilan muntazam aloqada boʻlib, ular ishtirokida oʻquvchi bilan tarbiyaviy mazmunda suhbatlar oʻtkazish;
• oʻquvchining ichki dunyosini, xarakterini bilmasdan u bilan qoʻpol muomalada boʻlmaslik, sodir etilgan xatoliklarni kechira olish;
• oʻquvchining qiziqishlarini, uni oʻrab toʻrgan tashqi muhitni doimiy nazorat qilish;
• oʻquvchini qat’iy kundalik rejimga oʻrgatish va uni kuzatib borish;
• iste’dodini, qobiliyatini va oʻzi tanlagan kasbga moyilligini e’tiborga olib uni takomillashtirish;
• oʻquvchining bola ekanligini, adashishga, ba’zan xatoliklarga yoʻl qoʻyishini unutmaslik, ushbu salbiy holatlarni kechiktirnasdan tuzatib borish.
Shaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega boʻlib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldindan modellashtirilgan va puxta oʻylangan rejalar asosida belgilanib hal etib boriladi.
Tarbiyaviy jarayonni modellashtirishda oʻqituvchi bilimli, raqobatbardosh yetuk kadrlarni tarbiyalash uchun javobgar shaxs ekanligini unutmasligi kerak. Ushbu vazifalar tarbiya texnologiyalari maqsadlaridan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun tarbiyaning quyidagi umumiy vazifalarini hal etish oʻqituvchi-tarbiyachi zimmasiga yuklatilgan:
a) oʻquvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, oʻz shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va maqsad birligi hissini uygʻotish;
b) oʻquvchilar ongini mustaqil davlatchiligimiz siyosatining tub mohiyati mujassamlashgan milliy mafkuramiz va umuminsoniy qadriyatlar, chuqur bilim va tafakkur, keng dunyoqarash bilan boyitib borish;
v) umuminsoniy axloq me’yorlari (odamiylik, kamtarlik, oʻzaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, adolatli boʻlish, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglashiga, muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirishga erishish;
g) oʻquvchilarda huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va fuqarolik tuygʻusi, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish;
d) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasida mas’uliyat hissini rivojlantirish;
e) vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish, oʻzga millat va xalqlarni hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuygʻusini qaror toptirish;
j) Oʻzbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga toʻgʻri va xolisona baho berishga oʻrgatish;
z) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, rahm-shafqatli boʻlish, uning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va burchlarini hurmat qilishga oʻrgatish.
Tarbiya texnologiyasida tarbiya jarayoni, mazmun va mohiyatidan kelib chiqib belgilangan vazifalarni oʻqituvchi amalga oshirishi uchun uning oʻziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.
Tarbiyaning eng muhim qonuniyatlaridan biri aniq maqsadga yoʻnaltirilganligidir. Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni oʻqituvchi va oʻquvchilar oʻrtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik. Zero, tarbiya jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchilarnmg birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yoʻli zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin