Reja:
Alkenlarning fizik va kimyoviy xossalari.
Elektron tuzilishi.
Uglerod-uglerod bog’ining tabiati.
Elektrofil reagentlarning birikishi. Elektrofil birikish reaksiyasining mexanizmi. ( va - komplekslar).
Markovnikov qoidasi. Elektrofil birikishning fazoviy kimyosi.
Alkenlarga radikal birikish (Karash effekti).
Alkenlarni gidrogenlash va oksidlash reaksiyalari.
Ishlatilishi.
Etilen, propilen va butilenlar oddiy sharoitda o’tkir hidli gaz moddalar. C5 dan boshlab suyuq moddalar. Etilen qutblanmagan modda, propilenning dipol momenti = 0,30 D (debay), izobutilenniki esa = 0,49 D ga teng. Sis- va trans- izomerlar fizik doimiyliklari bilan bir-biridan farq qiladi.
Alken molekulasidagi elektronni tortib olish energiyasi ionlanish energiyasi (IE) deyiladi. Bu jarayonni quyidagicha yozish mumkin:
Umuman, -orbitalning elektronlari atom yadrosidan uzoqroqda joylashgan bo’lib, harakatchan va -orbitalning energiyasidan qo’shimcha. Shuning uchun alkenlarning IE alkanlarnikidan qo’shimcha. Etilen uglevodorodlarda uglerod sp2 gibridlanish holatida bo’ladi. Bitta 2s va ikkita 2p orbitallari gibridlanadi va uchta ekvivalent gibridlangan sp2-orbitallarni hosil qiladi. Gibridlangan orbitallar teng yonli uchburchak shaklida bo’lib, uchburchakning markazida uglerod atomi yotadi va orbitallar uchburchakning uchlariga yo’nalgan bo’lib, orasidagi burchak 120o ga teng. Etilen molekulasi hosil bo’lganda uglerod atomining sp2 gibridlangan orbitali ikkinchi uglerod atomining sp2 gibridlangan orbitalini maksimal qoplaydi va -bog’ini hosil qiladi. Uglerod atomlarining sp2 orbitallari vodorod atomlarining 1s orbitallarini qoplaydi va C-H -bog’larni hosil qiladi va bir tekislikda yotadi.
Gibridlanmagan 2p orbitallarning gantel ko’rinishdagi shaklining bir qismi etilen molekulasi yotgan tekislik ustida va ostida yotadi va bir-birini qoplab, -bog’ni hosil qiladi:
Qo`sh bog’ning uzunligi 0,133 nm va C-H bog’ uzunligi 0,108 nm ga teng.
Alkenlar elektrofil reagentlar bilan -, -komplekslar hosil qilib reaksiyaga kirishadi:
Dostları ilə paylaş: |