Alkenlarni gidrogenlash. Alkenlarni vodorod bilan Rt, Pd, Ni ishtirokida qaytarilsa alkanlar hosil bo’ladi:
Alkenlarni oksidlash. Alkenlarni oksidlaganda oksidlovchilarning kuchli yoki kuchsiz ekanligiga qarab har xil birikmalar hosil bo’ladi. Havo kislorodi hisobiga oksidlanganda gidroperoksidlar hosil bo’ladi:
Etilen havo kislorodi bilan kumush katalizator ishtirokida oksidlansa etilen oksidini beradi:
Etilen va uning gomologlari nadkislotalar bilan oksidlansa ham oksidlar hosil bo’ladi:
Alkenlarni kaliy permanganatning eritmasi bilan oksidlansa glikollarni beradi:
Alkenlar ozon bilan ta’sirlashib ozonidlarni beradi. Ozonidlar suv bilan oson parchalanib, aldegid va ketonlarni hosil qiladi:
Etilen va uning gomologlaridan polimerlar olish mumkin:
Ishlatilishi: C2H4, C3H6, C4H8 ni glikollar, oksidlar, spirtlar, sirka aldegidi, sirka kislota, divinil va polimerlar olish uchun ishlatiladi.
Etilen va propilenning polimerlanish mahsulotlaridan texnika va turmushda foydalaniladigan polietilen va polipropilen olinadi.
Dostları ilə paylaş: |