Elektrod qoplamalarni quyidagi xillarga ajratiladi:
1.Kislota xarakterli qoplama (shartli belgisi A). Bu qoplama asosi Fe, Mn, Si
oksidlari va ferromarganesdan iborat bo’lib, qoplamaga ularning bog’lovchi
sifatida suyuq shisha qo’shiladi.
Bu qoplamali elektrodlardan kamdan–kam uglerodli va kam legirlangan
po’latlarni payvandlashda foydalaniladi. CHunki, payvandlashda chok metalli
deyarli oksidlanadi. Bu qoplamali elektrodlarga AN–2, AN–3, SM–5 va boshqa
markalar kiradi.
2.Rutii qoplama (shartli belgisi – R). Bu qoplama asosi rutil (Ti0
2
) boiib,
qolgani Si0
2
, a0
3
, ferromarganes va boshqalar bo’ladi. Ularni bogiovchi sifatida
qoplamaga suyuq shisha qo’shiladi. Bu qoplamali elektrodlarga AN–2, AN–3,
SM–5 va boshqa markalar kiradi.
3.TSelyulozali qoplama (shartli belgisi –S). Bu qoplama asosi sellyuloza,
organik smolalar, ferroqotishmalar va boshqalar bo’ladi. Ularni bogiovchi sifatida
qoplamaga suyuq shisha qo’shiladi. Bu qoplamali elektrodlardan uglerodli,
legirlangan po’latlarni payvandlashda foydalaniladi. Bu qoplamali elektrodlarga
VSS-1, VSS-2, SL-11 va boshqa markalar kiradi.
4.Asosli qoplama (shartli belgisi –B). Bu qoplama tarkibiga marmar, kvarS,
ferrosilitsiy, ferrdmarganes va bosh qalar bo’ladi. Ularni bogiovchi sifatida
qoplamaga suyuq shisha qo’shiladi. Bu qoplamali elektrod bilan barcha sinfdagi
uglerodli va legirlangan po’latlar payvandlab masuliyatli konstruktsiyalar olinadi.
Bu qoplamali elektrodlarga UONI–18/45, OZS–2 va boshqa markalar kiradi.
ElEektrod qoplamalarini qalinligiga ko’ra yupqa, o’rtacha, qalin va juda qalin
xillarga ajratiladi. Yupqa qoplamalar bo’r va suyuq shishadan iborat boiib, yoyni
barqaror ypnishinigina ta’minlaydi. Qolganlari esa yuqorida qayd etilgandek yoy
barqarorligini, eriyotgan elektrod va metall vannani tashqi muhitdan muhofaza
qilib chok sifatini yaxshilaydi.
UONI 13/45 – elektrod markasi; 3,0 –eleektrod diameetri, mm da; U –
uglerodli po’latlarni payvandlash uchun; D3 − qalin qoplamada yuqori sifatli
choklarni bostiruvchi qoplama; E – elektrod; 432(5) − GOSTga ko’ra belgilangan
indekslar bo’lib; chok metallni xarakteristikalarini ko’rsatadi; 43 − chokning
cho’zilishga ko’rsatgan vaqtli qarshiligi bo’lib, kamida 43 kgk/mm
2
; 2 − nisbiy
uzayishda kamida 22%; 5 − zarbiy qovushoqligi kamida 34 j/snr; B − asosli
qoplamaligini; 1 − barcha fazoviy vaziyatda payvandlash mumkinligi; O −
o’zgarmas tokda teskari qutbli ulanganligini bildiradi.
SHuningdek, ГОСТ bo’yicha elektrodlar payvandlanadigan metallarga qarab
uglerodli va kam legirlangan konstruktsion poiatlarni yuqorida aytilganidek − U,
legirlangan konstruktsion poiatlarni − L, legirlangan issiqbardosh poiatlarni − T,
ko’p legirlangan maxsus xossali poiatlarni − V, sirt yuzaga eritib qoplanadigan
maxsus xossali poiatlarni − N harflar bilan shartli belgilanadi.
SHuni ham qayd etish kerakki, chok metaliga qo’yilgan talabga ko’ra
elektrodlarni tiplarga ajratiladi. Bu yerda elektrodlar uchun chok metallning
cho’zilishga vaqtli qarshiligi (σ
v
), nisbiy uzayishi (δ) va zarbiy qovushoqligi (ksi)
keltiriladi. Konstruksion poiatlarni U va L guruhga kiruvchi elektrodlar bilan
payvandlashda E38, E42, E42A, E46, E150 tipidagi elektrodlardan foydalaniladi.
Har bir tip elektrodga bir necha markali elektrodlar to’g’ri keladi. Bu tipdagi
elektrodlarda − elektrodligini, raqamlar chok metallning cho’zilishiga boigan
vaqtli qarshiligi, MPa, A harfi chok metallning yuqori plastikligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |