3. Sanoat binolarining darvoza konstruksiyalari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə1/17
tarix31.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#60203
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

3.Sanoat binolarining darvoza konstruksiyalari.
Darvozalar transport vositalarini kirib-chiqadigan joylarda tashqi devorlarda ko’zda tutiladi. Darvozalarning konstruktsiyasi va turlari transport vositalarining harakteriga, gabarit va asbob-uskunalar katta-kichikligiga bog’liq bo’ladi. Ochilib – yopilishiga ko’ra darvozalar tovaqali, ikki yoki bir yoqqa surilib ochiladigan, ko’tarilib ochiladigan va shtorasimon bo’lishi mumkin (2.59-rasm). Ashyosiga ko’ra darvozalar yog’ochdan, metall sinchli yog’ochdan va butunlay metalldan bo’ladi (2.60-rasm).








Sanoat binolari darvozalarining asosiy turlari.
a – tovaqali; b,v – surilib ochiladigan; g – ko’tarilib ochiladigan; d – ko’tarilib bukiladigan; ye – yig’iladigan.
Sanoat binolari darvozalari o’rni 600mm farqi bilan quyidagicha to’ldiriladi: 2,4x2,5; 3,0x3,0; 3,6x3,6; 3,6x4,2; va 4,8x5,4 metr.
Ayrim sanoat binolarida darvoza o’rni bir necha o’n metrgacha bo’lishi mumkin (samoyolt yig’uv tsexi, angarlar va hokazo). Darvozalarning ochilishi qo’lda yoki mexanizmlar yordamida amlaga oshiriladi.
Sanoat binolari eshiklarining ashyosi metalldan, yoki oynadan bo’lishi mumkin. ularning o’lchamlari eniga 1,0; 1,5 va 2,0 metr, balandligi esa 1,8; 2,0; 2,3 va 2,4 metr qilib olinadi.
Bunday eshiklar kengligi evakuatsiya shart sharoitlarini hisobga olib tanlanadi.

Sanoat binosi darvozasining konstruktsiyasi.
Ish maydonchalari tsex ichidagi texnologik asbob – uskunalar bilan ishlashda ma’lum qulayliklar yaratish uchun mahsus maydonchalar quriladi.
Maydonchalar to’sin, yopma plitalar va to’siqlardan iborat bo’ladi. Ularni mahsus ustunlarga yoki tayanchlarga montaj qilinadi, ularning ashyosi metalldan, yig’ma va quyma temirbetondan bo’lishi mumkin.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin