3. Sanoat binolarining darvoza konstruksiyalari


Metallarning payvandlanuvchanligi va payvandlashda struktura



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə9/17
tarix31.05.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#60203
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
 Metallarning payvandlanuvchanligi va payvandlashda struktura 

o’zgarishlari 
Metallarning turli usullarda texnik talablarga javob bera oladigan darajada 
payvandlanish xususiyatiga payvandlanuvchanligi deyiladi. 
Metallarning payvandlanuvchanligi ularni kimyoviy tarkibiga, strukturasiga
payvandlash usuliga, rejimiga va boshqa ko’rsatkichlarga bog’liq. Odatda, 
metallarning payvandlanuvchanligini aniqlashda bostirilgan chok puxtaligi 
payvandlanadigan metall puxtaligiga taqqoslanadi. Agar chokda nuqsonlar 
(g’ovaklik, darz, toblanish) hollar bo’lmay payvandlanayotgan metallar puxtaligiga 
yaqin bo’lsa, bunday metallar yaxshi payvandlanuvchan hisoblanadi. Ma’lumki, 
turli metall konstruksiyalar tayyorlashda asosiy material sifatida po’latlardan 
foydalaniladi. 
Aniqlanganki, tarkibida uglerodi 0,25% kam boigan uglerodli va kam 
legirlangan po’latlar barcha payvandlash usullarda yaxshi payvandlanadi. 
O’rtacha uglerodli po’latlarni payvandlashda chokka yondosh zonada 
toblangan struktura, chok metallda kristalizatsion darzlar berishi sababli 
cheklangan holda payvandlanuvchanlikka ega bo’ladi. Ko’p uglerodli po’latlar esa 
yomon payvandlanadi. Agar bunday po’latlarni payvaridlashga zaruriyat bo’lsa 
avvalo payvandlanuvchi buyumlarni 300450 gacha qizdirib, payvandlab 
bo’lingach termik ishlanmog’i kerak. O’rtacha va ko’p legirlangan po’latlarning 
issiqlik o’tkazish va issiqlikdan kengayish koeffitsientini kam uglerodli 
po’latlardan pastligi payvandlashda o’ta qizib, havoda sovishida karbidlar hosil 
bo’lib, qattiqligi ortadi va bu hoi darz ketishiga ham olib kelishi mumkin. 
Po’latlarda legirlash elementlarni ortishida payvandlanuvchanligi yomonlashadi. 
SHu sababli bu po’latlarni payvandlashda, avval, ma’lum temperaturagacha 
qizdirib, payvandlab bo’lingach termik ishlovlarga berilishi lozim. 
Barcha cho’yanlar esa yomon payvandlanadi. Ularda nuqsonlar (darzlar, 
kemtik joylari, katta g’ovakliklar va boshqalar) uchraydi. 
Payvandlashda havoda sovishida chokda va chokka yondosh-gan joyi 
toblangan boiishi natijasida, darz ketishi asosiy qiyinchilikni tug’diradi. 
CHo’yanlar xilini ko’pligi va xossalarini xilmaxilligi sababli payvandlash usulini 

to’g’ri tanlash muhimdir. CHo’yan quymalardagi nuqsonlarni payvandlab 


tiklashda qator usullar bo’lib, bularning ichida payvandlanuvchi quymani qizdirib 
payvandlash va qizdirmay payvandlash usullaridan foydalaniladi. 
1) Payvandlanuvchi quymalarni qizdirib payvandlashda nuqsonli joy 90° li 
burchak bo’ylab kesilib, uni atrofi qolip material bilan qoplangan, buyum 600650
gacha asta qizdiriladi. Keyin payvandlovchi material sifatida, masalan, cho’yan 
chiviq, flyus sifatida bura olinib gaz alangasida eritib payvandlanadi. 
1) Quymani qizdirmay payvandlashda esa, avvalo, payvandlash joyiga po’lat 
shpilkalar shaxmat tartibda rezbaga o’rnatilib, ularni qoplamali kam uglerodli 
po’lat elektrod bilan kichik tokda (150A gacha) payvandlab, keyin qolgan joylari 
payvandlab to’ldiriladi. 
Rangli metallar va ularning qotishmalariga kelsak, ularning issiqlikni va 
elektrni yaxshi o’tkazishi, oson oksidlanishi, gazlarni yutishi va boshqa 
xususiyatlari payvandlashda ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin