3. Shaxs rivojlanishining yoshga bog’lik xususiyatlari haqida ma’lumot olish Kichik gurhlarda ishlash, B. B. B



Yüklə 15,82 Kb.
səhifə1/3
tarix14.12.2023
ölçüsü15,82 Kb.
#179425
  1   2   3
3. Shaxs rivojlanishining yoshga bog’lik xususiyatlari haqida ma-fayllar.org


3. Shaxs rivojlanishining yoshga bog’lik xususiyatlari haqida ma’lumot olish Kichik gurhlarda ishlash, B. B. B

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI

RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Pedagogika. Psixologiya
1-Topshiriq
Bajardi: 314-20 guruh talabasi
Mahmadshoyev Shohabbos


Topshiriq-1
1.Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning vujudga kelishini o’rganish (Esse, Bumerang usullari asosida)

2.Sharq mutafakkirlarining pedagogik g'oyalari bilan tanishish (Case study, Kichik guruhlarda ishlash usullari asosida)


3. Shaxs rivojlanishining yoshga bog’lik xususiyatlari haqida ma’lumot olish (Kichik gurhlarda ishlash, B.B.B. usullari asosida)

Topshiriqni topshirish tartibi
1.Ism, familya, guruh raqami, topshiriq nomeri, bajarilish muddati yoziladi.
2.Berilgan har bir vazifalar xisobot tartibida bajarib PDF ko‘rinishida tizimga yuklanadi.
3.Maksimal ball 6
1.Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida pedagogikaning vujudga kelishini o’rganish (Esse, Bumerang usullari asosida)

Pedagogika (yun. paidagogike) — tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Ped. institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham P. deb yuritiladi. P. fan sifatida bola tarbiyasining nazariy asoslari bilan shugʻullangan. Zamonaviy P. bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviymaʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Oʻzbekiston Respublika-sida P. ga barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirishning asosiy vositasi sifatida yondashiladi. Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish P.ning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash P.dagi asosiy tushuncha sanalib, oila va jamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi.
Tarixi. P. inson faoliyatining eng qad. turidir. U odam bilan birga paydo boʻlgan va odamning odamligini, uning oila, jamoa hamda jamiyat boʻlib yashashini taʼminlab turgan fan va amaliyotdir. Insoniyat mavjud tajribalarni oʻrganish va boshqalarga oʻrgatishni yoʻlga qoʻya boshlagan vaqtdan, yaʼni P. paydo boʻlganidan buyon hamda shu tufayligina mavjuddir. Dastlab sof amaliy harakterga ega boʻlgan va insoniyat koʻp yillar mobaynida orttirgan hayotiy tajribalarni yoshlarga qisqa muddatda oʻrgatishni koʻzda tutgan. Bu P. udum, odat, anʼana tarzida namoyon boʻlgan. Shuning uchun ham oldin xalq pedagogikasi vujudga kelgan. Chunonchi, oʻzbek xalq P. siga muvofiq, kichik yoshdagilar kattalardan oldin taomga qoʻl uzatmaydi, koʻrishish uchun oldin katta qoʻl choʻzishi lozim, ota bilan masala talashilmay-di, kattalarga ran qaytarilmaydi va boshqa
Tarbiya yordamida inson shaxsining maʼnaviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, eʼtiqod, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doyr qarash va koʻnikmalarning shaxs sifa-tiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Insonlar ora-sida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar yigʻindi-sini oʻzlashtirishga qaratilgan faoliyat oʻqitish tushunchasini ifoda etadi. Oʻqitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan taʼminlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus maʼlumotni olish imkoniga ega boʻladi. Tarbiyalash va oʻqitish natijasida odamda muayyan shaxs sifatlari shakllantiriladi. Shaxe tarbiyalash va oʻqitish orqali oʻzida oldin boʻlmagan maʼnaviy-intellektual sifatlarga ega boʻladi. Bu hol shaxsning umri mobaynida uzluksiz davom etadi va uning rivojlanishiga omil boʻladi.
P.ning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar rivojlanishining ruhiy-jismoniy xususiyatlarini, ularni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirishdagi oʻziga xosliklarini hisobga olib ish koʻradigan tarmogʻi defektologiyapnr. Defektologiya bolaning qanday jismoniy nuqsonga egaligi hamda ularga beriladigan taʼlimtarbiyaning yoʻnaltirilganligiga qarab tiflopedagogika, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya singari tarmoqlarga boʻli-nadi. Jahon yoki milliy tarbiya nazariyasi, didaktika fani hamda amaliyo-ti jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida qanday mazmun-mundarija, shakl-shamoyil kasb etganligi, qaysi usul va shakllardan foydalanib ish koʻrganligi, qanday natijalarga erishganligi kabi masalalar ped. tarixi fani tomonidan tadqiq etiladi.
20-asr boshlaridan qiyosiy ped. fani P.ning alohida tarmogʻi sifatida dunyoga keldi. Unda jahondagi turli xalqlarning pedagogik qarashlari va taʼlim-tarbiya tizimi qiyosiy-genetik yoʻsinda bir-biriga solishtirilgan holda oʻrganildi. P.ning bu tarmogʻi taʼlim-tarbiya borasidagi eng ilgor usul va yondashuvlarni solishtirish, maqsadga muvofiklarini muayyan milliy pedagogik fan va amaliyotga tat-biq qilish imkonini beradi. Mamla-katimizda hozircha qiyosiy ped. alohida fan sifatida shakllanmagan boʻlsada, bu borada jiddiy izlanishlar amalga oshirilgan.
Pedagogika haqida ilk fikrlar falsafa, diniy ilmlar tizimida, siyosatshunoslikda, huquqshunoslikda adabiyotda rivojlandi. XII-asrning boshida alohida ilm boʻlim ajralib chiqdi. F.Bekon va Ya.Komenskiylarning kitoblarida pedagogikaning rivojlanishiga katta hissa qoʻshilgan. Ularning izidan D.Lokk, Jan Jak Russo, I.Pestalotssi, I.Gerbard, A.Disterverglar oʻz hissalarini qoʻshihadi. Oʻrta asrlarda yoshlarga bilim berish va tarbiyalash diniy markazlarning qoʻlida boʻldi. Keyinchalik gil'deylik maktablar ochila boʻshalndi.

Maqsadi
Pedagogika fanining predmeti, oʻqitishning taʼlim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan boʻlganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-maʼnaviy rivojida shaxs kamoloti uygʻunligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi. Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim qonunida -taʼlim davlat ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor deb belgilab qoʻyilgan.



Yüklə 15,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin