3-sinf. Matematika 32-mavzu: Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo`lish Reja Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish



Yüklə 68 Kb.
səhifə1/3
tarix06.05.2023
ölçüsü68 Kb.
#108682
  1   2   3
3-sinf. Matematika 32-mavzu Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va


3-sinf. Matematika
32-mavzu: Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo`lish
Reja
1. Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish.

2. Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo‘lish.
3. Qoldiqli bo‘lish.
1. Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish. Maktabda matematikaning oqitish oz oldiga zamonaviy jamiyat talablariga javob beruvchi va har bir maktab bitiruvchisiga uning kelgusi yetuklik hayotida erkin va mustaqil amaliy faoliyat ko‘rsata olishga imkoniyat yaratuvchi bir nechta kafolatlangan matematik tayyorlangan darajalarini ta’minlash maqsadini qo‘yadi. Matematikani o‘rganish o‘quvchini uning amaliy faoliyatida zarur bo‘ladigan ,qo‘shimcha fanlarni o‘rganishga yordam beruvchi, ta’lim olishni davom ettirishga asos bo‘luvchi aniq matematik bilimlar bilan qurollantiradi. U o‘quvchilarning fikrlash sifatini shakllantirish bilan ularning aqliy rivojlanishlariga ulkan hissa qo‘shadi. Bu o‘z navbatida matematik faoliyat uchun xarakterli bo‘lgan va insonga jamiyatda to‘laqonli ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan sifatdir.
Matematikani o‘rganish kishilarni insonparvarlik madaniyatini shakllantirishga imkon yaratadi. Matematika haqida, uning borliqni bilishning tavsif va metodlari shakli sifatida, umuminsoniy madaniyatning bir qismi shaklida tasavvur etilishini, jamiyat taraqqiyoti uchun muhimligini ochib beradi.
100 ichida jadvaldan tashqari ko‘paytirish 30*2 va 36*2 ko‘rinishidagi hollar uchun turli hisoblash usullari yordamida o‘rganiladi. Birinchi, hollar o‘nliklarni ko‘paytirishga keltiriladi va shunday qilib, 30- bu 3 ta o‘nlik ekanini tushunishni va ko‘paytirish jadvalini bilishni (3 o‘nl.*2=6 o‘nl yoki 60) talab qiladi.
2*30 hollarida o‘quvchilar ko‘paytirishning o‘rin almashtirish hossasidan foydalanishadi (2*30=30*2), 3 o‘nlik 2 ga ko‘paytiriladi. 36*2 ko‘paytmani hisoblash usuli ko‘paytirishning yig‘indisiga nisbatan taqsimot hossasini bilishni talab qiladi. O‘quvchilar uchun bu hossa yig‘indini songa ko‘paytirishning mumkin bo‘lgan ikki hossasi sifatida qarab chiqiladi.
O‘quvchilarning mulohazalari: ” Bitta taqsimchada nechta meva borligini sanash mumkin (4+3=7 ). Keyin hamma taqsimchada nechta meva borligini sanash mumkin (7*5=35). O‘qituvchi yechimni doskaga yozadi:( 4+3)*5=7*5=35-- yig‘indini songa ko‘paytirganda avval sonlarning yig‘indisini topish ( qavs ichidagi amalni bajarish), keyin esa yig‘indini songa ko‘paytirish mumkin.
Lekin boshqacha yechish ham mumkin: taqsimchalarda hammasi bo‘lib nechta olma borligini topish, keyin hamma taqsimchada nechta nok borligini va nihoyat, taqsimchalarda hammasi bo‘lib nechta meva borligini topish. Bunda yechilishi quyidagicha bo‘ladi: ( 4+3)*5=4*5+3*5=20+15=35. Bu yerda avval har bir qo‘shiluvchi songa ko‘paytiriladi, keyin yig‘indilar qo‘shiladi. Bu yig‘indini songa ko‘paytirishning ikkinchi usuli. O‘quvchilar aniq misollarda yig‘indini songa ko‘paytirishning qulay usulini tanlashni o‘rganishadi:( 6+4)*9. Bu yerda yig‘indini topish qulay (6+4=10), chunki uni 9 ga ko‘paytirish oson (6+4=10, 10*9=9*10=90).
(10+6)*5. Bu yerda har bir qo‘shiluvchining 5 ga ko‘paytirish qulay, chunki 16 ni 5 ga ko‘paytirishni bilmaymiz (10+6=16. 16*5=?). Shuning uchun bunday hisoblaymiz: ( 10+6)*5=10*5+6*5=50+30=80. Shundan so‘ng o‘quvchilarga 4 ta 500 so‘mlik tanga va 4 ta 100 so‘mlik tanga ko‘rsatish ,hammasi necha so‘m bo‘lishini hisoblashni va buni misol tariqasida yozishni taklif qilish qulay. 600*4=(500+100)*4=500*4+100*4=2000+400=2400
Shunga o‘xshash misollarni yechishda o‘quvchilar mulohaza yuritishadi,masalan:
24*3=(20+4)*3=20*3+4*3=60+12=72, 24 ni 3 ga ko‘paytirish uchun 24 ni o‘nlik va birliklar ko‘rinishida ifodalaymiz, bu 20+4 bo‘ladi: har bir qo‘shiluvchini 3 ga ko‘paytiramiz: 20*3=60.4*3=12, bu sonlarning yig‘indisini topamiz: 60+12=72, demak, 24*3=72. So‘ngra o‘quvchilarga o‘rin almashtirish hossasidan foydalanib yechish tushuntiriladi.
Jadvaldan tashqari bo‘lishda quyidagi ko‘rinishdagi holatlar qaraladi: 60:3 , 100:2 , 80:20 , 64:4 va 64:16. Yaxlit sonlarni bir xonali songa bo‘lib, o‘quvchilar jadvaldan tashqari ko‘paytirishdagidek mulohaza yuritishadi: ” 80-bu 8 ta o‘nlik, 8 ta o‘nlik :2=4 ta o‘nlik, yoki 40.
80:20 ko‘rinishdagi bo‘lishda o‘quvchilar ularni o‘nliklar kabi bo‘lishadi. 8 ta o‘nlikni 2 ta o‘nlikdan qilib bo‘lishganda 4 chiqadi. 80:2 va 80:20 ko‘rinishdagi misollarni taqqoslashda alohida e’tibor berish lozim. O‘quvchilar ko‘pincha ularni chalkashtirishadi va bunday xatoga yo’l qo‘yishadi: 80:20=40. Bu turdagi xatoliklarning oldini olish uchun bu holatlarni taqqoslab , tanish bo‘lgan ko‘rsatmalilikdan foydalanishga ( cho‘plar bog‘lamlariga) qaytish kerak.
Bo‘lishning keyingi usullarini o‘zlashtirish maqsadida o‘qituvchi quyidagi ko‘rinishdagi juda ko‘p tayyorgarlik mashqlarini o‘tkazadi:
1. Har bir son uchun shunday bo‘luvchini tanlangki , bo‘linmada 10 soni hosil bo‘lsin: 30, 40, 50, 60, 70, 80. Topshiriq yozma ravishda bajariladi: 30:3=10, 40:4=10 va hokazo.
2. 30, 40, 80 soni qanday bir xonali sonlarga bo‘linadi? Topshiriqni bajarishda 1 sonini ham hisobga olish kerak, ya’ni daftardagi yozuv bunday ko‘rinishda bo‘ladi: 30:1=30, 30:2=15, 30:3=10, 30:5=6, 30:6=5.

Yüklə 68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin