3-sinf. Matematika 32-mavzu: Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo`lish Reja Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish



Yüklə 68 Kb.
səhifə3/3
tarix06.05.2023
ölçüsü68 Kb.
#108682
1   2   3
3-sinf. Matematika 32-mavzu Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va

3. Qoldiqli bo‘lish.
O‘quvchilar yangi mavzuni yaxshilab o‘zlashtirib olishlari uchun oldin o‘tilganlardan bo‘lishning mohiyati: qoldiqsiz bo‘lishning jadval holatlari kabi masalalarni bilish zarur.
Qoldiqli bo‘lish bilan birinchi tanishishni teng qismlarga bo‘linishga doir sodda masalaning tegishli yozuvlarini doskada bajarib yechishdan boshlash lozim. Masalan, o‘qituvchi nabor polotnosining uchta qatoriga 6 ta doirachani baravardan bo‘lib qo‘yishni va har bir qatorda nechta doiracha bo‘lishni topishni tavsiya qilish mumkin. O‘quvchilar buning uchun 6 ni 3 ga bo‘lganda 2 chiqishini , ya’ni har bir qatorda 2 tadan doiracha bo‘lishini tushuntirishadi. Olingan yaqqol namunadan foydalanib, o‘qituvchi o‘quvchilarga ”har bir ” degani nima ekanini eslatadi, bunda quyidagi savollarni beradi: ”Birinchi qatorda nechta doiracha bor? Ikkinchi qatorda-chi? Uchinchi qatorda nechta? Nima uchun? ”
Keyin muammoli xarakterdagi masala taklif etiladi. Masalani amaliy namoish qilib ko‘rsatib yechish maqsadga muvofiqdir: ”Qizchada 7 ta qalam bor edi. Qizcha qalamlarni uchta dugonasiga baravardan taqsimlab taqdim qilishga ahd qilqdi. Bu ishni bajarishda unga yordam bering.”
O‘quvchilar 7 ni 3 ta teng bo‘lakka ajratib bo‘lmasligini bilishadi. Ular bu muammoning yechilishini qidira boshlashadi va qizcha 6 ta qalamni dugonalariga sovg‘a qiladi, yettinchisi esa o‘zida qoladi degan xulosaga kelishadi (agar kerak bo‘lsa, o‘qituvchi yordamida ). O‘quvchilarning qoldiqli bo‘lish bilan tanishishi ana shunday boshlanadi.
Mustahkamlash uchun bir nechta shunga o‘xshash masalalar yechiladi, bunda o‘quvchilar bo‘lishda hosil bo‘ladigan qoldiq bo‘linadigan sondan kichik ( bo‘luvchidan kichik) bo‘lishi kerak, degan xulosaga keltiriladi. Yangi material bilan tanishishga tayyorlanish uchun ko‘paytirish jadvalidan berilgan songa bo‘linuvchi sonlar qatorini takrorlash muhimdir. Masalan, 2 ga qoldiqsiz bo‘linadigan sonlarni aytishni taklif etish mumkin va hokazo.
Bunday o‘yinni taklif qilish mumkin: o‘qituvchi ketma-ket sonlarni, masalan, 1 dan 30 gacha sonlarni aytadi. O‘quvchilar uni diqqat bilan tinglashadi va u masalan, 3 ga qoldiqsiz bo‘linadigan sonni aytganda qo‘llarini ko‘tarishadi ( yoki 3 ga bo‘lish natijasini anglatuvchi raqamli kartochkani ko‘tarishadi).
O‘quvchilar maxsus tashkil etilgan kuzatishlar asosida o‘zlari xulosa chiqarishlari juda foydalidir. Bu ishni quyidagicha o‘tkazish mumkin:o‘quvchilar o‘qituvchi taklif etgan misollarni , masalan, 30, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39, 40 sonlarini 3 ga bo‘lishadi, keyin 4 ga, keyin esa 5 ga va 6 ga bo‘lishadi. Misollar og‘zaki yozuvlarsiz yechishadi. O‘qituvchi doskaga bo‘luvchi va qoldiqni jadval ko‘rinishida yozadi ( agar qoldiq bir necha marta takrorlansa , u yozuvda takrorlanmaydi). O‘quvchilar bo‘luvchi va qoldiqlarni taqqoslab, bo‘luvchi qoldiqdan katta bo‘lishi kerakligi haqida xulosa chiqarishadi. Bu yerda o‘quvchilar nima uchun qoldiq bo‘luvchiga teng yoki undan katta bo‘lmasligini tushuntirishlari muhimdir.
Savol va topshiriqlar.
1.Ko‘paytirish amali mazmunini ochib beruvchi masala qanday nomlanadi?
2. Qanday paytda bo‘linma bo‘linuvchiga teng bo‘ladi?
3.Kvadrat tomonlari necha bo‘lganda uning perimetri va yuzi bir xil son bilan ifodalanadi?
Test.
1.Matematika metodikasi haqida birinchi bo‘lib kim tushuncha bergan?
A) Abu Rayhon Beruniy
B) Al-Xorazmiy
D) Al-Buxoriy
2. Diagrammalar necha turli bo‘ladi?
A) 3 turli
B) 2 turli
D) 4 turli
3. Kamayuvchi 25 ta orttirildi, ayriluvchi esa 15 ta kamaytirildi.Ayirma qanday o‘zgardi?
A) 40 ta ortadi
B) 10 ta ortadi
D) 25 ta ortadi
Yüklə 68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin