Mustaqil ish.1-topshiriq: She’rni ichingizda qayta o’qing. Qaysi misrada o’xshatish borligini aniqlang. Tomlar kiydi oq qalpoq Hovlilarda sen tepa.Osmon elak, nazdimda, Shahrimizga un separ. − Oxirgi to’rtlikdagi “O’rar kumush choyshabga” misrasida ham o’xshatish bor. 2-topshiriq: She’rdan qorga berilgan buyruqni topib o`qing.
Etar shuncha yoqqaning Uzoq dala, qirga bor!(buyruq)
Vodiylarga fayz berib Gullat bog`-u rog`ini.( buyruq)
O’ra kumush choyshabga,O’lkamning har yog`ini. topshiriq: Jonsiz narsalar she’rda jonli qilib ifoda etilgan misralarni topib o`qing.
Ular seni kutmoqda Har zarrangga bo’lib zor. Savab bulut to’shagin Qish to’zg`itar momiq par.
topshiriq:Shoir quyidagi misralarda nimalarni nazarda tutadi?
Osmon elak nazdimda SHahrimizga un separ... O’ra kumush choyshabga O’lkamning har yog`ini. topshiriq. She’r matni asosida xattaxtaga yozilgan so`zlarning ma`nosini izohlang: to’zg`itar, momiq par, oq namat, nazdimda, zarra. She’rdagi qahramonlar ustida ishlash.
− She’rda nimalar haqida gap boryapti?Ularni she’rdagi qahramonlar deyish mumkinmi? Nima uchun?
− She’rda ishtirok etgan qahramonlarni ayting (Qish, izg`irin, avtobus, osmon).
− She’rda kim g`orga qarata gapiryapti? (SHoir)
− Shoirning qorga qarata aytgan gaplarini topib o’qing.
Ijodiy ish uchun topshiriq:She’r mazmuniga mos rasm chizish.
She’rdan olgan taassurotingizdan foydalanib, qish, qor, sovuq haqida 4-5 gapli matn tuzing. Matningizda she’r matnidagi quyidagi so’z va iboralardan foydalaning: momiq par, oq choyshab, qahraton qish, osmon elak, qor zarralari, izg`irin, fayz beradi, oq kiyimda.