3-topshiriq guruh: 651-18 Bajardi: Temirov Farrux Toshkent 2022


Ta’limni rivojlantirishda halqaro tashkilotlarni o’rni asosiy vazifalarini sanab o’ting



Yüklə 105,05 Kb.
səhifə3/3
tarix13.08.2023
ölçüsü105,05 Kb.
#139281
1   2   3
3-topshiriq guruh 651-18 Bajardi Temirov Farrux Toshkent 2022

3.Ta’limni rivojlantirishda halqaro tashkilotlarni o’rni asosiy vazifalarini sanab o’ting.
YUNESKO- by tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan, madaniyat masalalarini rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan tashkiloti bo’lib, u 1946 yilda tashkil etilgan. 1992 yilgi ma’lumotlarga qaraganda, bu xalqaro tashkilotga jahonning 171 davlati, shu jumladan, O’zbekiston ham a’zodir. Bu tashkilotning qarorgohi Fransiyaning poytaxti Parij shahrida bo’lib, uning oliy boshqaruv organi — Bosh direktordir.
Bu xalqaro tashkilotga a’zo bo’lgan mamlakatlarning vakillari 2 yilda bir marta o’zlarining Bosh konferenstiyalariga to’planadilar. Bu anjumanda ular YUNESKOning keyingi 2 yillik faoliyatining dasturini qabul qiladilar. Ushbu dasturni amalga oshirish uchun unga a’zo bo’lgan davlatlar mablag’ — byudjet ajratadilar.
YUNESKO faoliyatida xalqaro hamkorlik, tinchlikni saqlash masalalari asosiy o’rinni egallaydi. Shu tufayli ham uning Nizomida “Urush haqidagi fikrlar odamlar aqlida paydo bo’ladi, binobarin, urush vasvasasini ularning ongidan chiqarib, tinchilikni himoya qilish g’oyasini tarbiyalamoq kerak”- deb yozib qo’yilgan.
YUNESKO faoliyati o’ta xilma-xil va ko’p qirralidir. Loaqal uning ta’lim bo’yicha faoliyatiga nazar tashlaylik. Bu boradagi ishlar juda ko’p yo’nalishlarda olib boriladi va bu yo’nalishlar bir-biridan muhimdir. By rivojlanayotgan mamlakatlarda savodsizlikni tugatish, jahon ta’limi rivojlanishidagi tendenstiyalarni tahlil qilish va uni ommalashtirish, u yoki bu mamlakatda ta’lim bo’yicha olib borilayotgan siyosatni ham moddiy ham ma’naviy rag’batlantirish va hokazolar.
YUNESKO mazmunli ta’limining hamma uchun birday imkoniyat doirasida bo’lishini ta’minlash, uning uzluksizligini qaror toptirish, ta’limni va uning shaklini kelajakda rivojlanishi tamoyillaridan kelib chiqadi.
O’qituvchi kadrlar tayyorlash, ularni nazariy-metodik saviyasini muttasil oshirib borish, jahonning ba’zi mamlakatlarida muammo bo’lib hisoblangan xotin-qizlarning erkaklar bilan bab-barobar bilim olish haq xuquqlarini ta’minlash, ekologik ta’limni yo’lga qo’yish darslik va dasturlarni takomillashtirish, mamlakatlar o’rtasida ta’lim bo’yicha hamkorlikni butun choralar bilan rivojlantirish va juda ko’p boshqa masalalarni hal etadi.
Bu sahovatli faoliyatning barchasi yoshlarga jahon talablari ruhida ta’lim berish ularni xalqaro hamkorlik, o’zaro ishonch, do’stlik, birodarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgandir.
Fan va texnologiya’ni rivojlantirish borasida YUNESKO bir qator davlatlararo dasturni amalga oshirdi. Bu dastur asosan ekologik muhitni yaxshilash, atrof-muhitni muhofaza etish bilan bog’liqdir. Shuningdek, mazkur yunalishda muvofiqlashtirilgan, birgalikdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, jahon ilmiy markazlari, universitetlar, olimlar hamkorligini rivojlantirish bilan bog’liq muhim ishlar ham yo’lga qo’yiladi.
Ma’lumki, hozirgi dunyoda millatlar va xalqlarning madaniy, tarixiy meroslarini, osori atiqalarini asrash, avaylash, kelajak avlodlar uchun uni saqlash, ta’mirlash ishlari katta ahamiyatga molikdir.
Bu jahonshumul masalada YUNESKO asosiy o’rinni egallaydi. Uning ro’yxatiga jahon tarixiy yodgorliklarining iftixori hisoblangan buyuk Xitoy devori, London Taueri, Klimenjarodagi milliy park va boshqa minglab ob’ektlar kiradi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, 1993 yildan boshlab O’zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo’qon, Toshkent va boshqa joylaridagi ko’plab tarixiy obidalar ana shu ro’yxatga kiritildi. Har yili bu ro’yxatga yangi-yangi tarixiy obidalar, yodgorliklar nomi qayd etib boriladi. YUNESKO faoliyati tarkibiga yana xalq og’zaki ijodiyoti, folklor, o’lanlar, aytishuvlar, maqomlar, xalq kuylari, laparlarni saqlash ham kiradi.
Adabiyot bo’yicha YUNESKOning roli ayniqsa salmoqlidir. Jahon adabiyoti, uning shox asarlari, adabiy meros ayniqsa u tomondan e’zozlanib, ular to’planadi va jahonning turli tillariga tarjima qilinib, bosmadan chiqariladi va tarqatiladi. Shuningdek, YUNESKO ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jahon ahlini voqea va xodisalardan voqif qilish masalalariga ham faol qatnashib uning rivojlanishiga ko’maklashadi. Bu xalqaro muassasa ko’plab vaqtli matbuot va nashrlarga xomiylik qiladi.
1992 yil 2 martda O’zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining a’zoligiga qabul qilingach, BMTning barcha tashkilotlariga xaqli a’zo bo’lib kira olish xuquqiga ega bo’ldi. Shu bois Respublikamiz 1993 yil 26 oktyabridan boshlab YUNESKOga a’zo bo’lib kirdi. Yuqoridagi sanalardan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston YUNESKOga a’zo bo’lganiga ikki yildan ko’proq vaqt o’tdi. Lekin shu qisqa vaqt ichida ko’p narsa qilib ulgurildi.
1993 yilning yuqorida YUNESKOning ko’zga kuringan ekspertlari yurtimizga tashrif buyurib, Samarqand, Buxoro Xiva shaharlarining tarixiy obidalarini borib ko’rdilar v o’rgandilar. Ularda bu shahardagi betakror tarixiy obidalar katta taassurot qoldirdi. Natija shu bo’ldiki, xalqimizning bu o’chmas yodgorliklari qayta tiklanib, ta’mirlash dasturi tuzildi va bu dasturni 1995 yil boshlaridan amalga oshirishga kirishiladigan bo’ldi.
1994 yilning aprel oyida YUNESKOning barcha bo’limlarining vakillari Toshkentga kelishdi. Ularning bu tashrifidan maqsad Markaziy Osiyo respublikalarida YUNESKOning vazifalarini aniqlab olishdan iborat edi.
Shu yilning oktyabr oyida Samarqand shahrida Markaziy Osiyo va jahon olimlari uchrashib, bu shaharda YuHECKO tasarrufidagi Markaziy Osiyo respublikalarini o’rganish instituti tashkil etishga qaror qilindi. Bu institut jahonning shu mintaqasida o’rganish bo’yicha, eng yirik markaz bo’lib qoladi, binobarin, Samarqand o’rta asrlarda bo’lganidek, hozir ham jahonning eng ko’zga ko’ringan ilmiy markazlaridan biri bo’lib qoladi.
YUNECKO tashabbusi bilan Fransiya’ning Parij shahrida, samarqandlik olim, davlat arbobi Muhammad Tarag’ay Ulug’bek tavalludining 600 yillik yubiley tantanalari bo’lib o’tdi. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarining butun jahon tarixiy obidalar shaharlari ro’yxatiga kiritish bo’yicha ham ko’pgina ishlar qilindi.
YUNESKO Markaziy Osiyoda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish istiqbollarini o’rganish ishida ham katta amaliy yordam ko’rsatmoqda. Bu ish shunisi bilan katta ahamiyatga molikki, butun Markaziy Osiyo Respublikalari Orol dengizining qurib borayotganligi munosabati bilan jiddiy ekologik tanglikka, sanoat chiqindilaridan atrof- muhitni ifloslanishi kabi muammolarga duch kelmoqdalar.
YUNESKO ana shu muammolarni, boshqa xalqaro va hududiy hamjamiyat tashkilotlari bilan hamkorlikda bu bartaraf etish yo’lida ishlashga o’zining tayyor ekanligini izhor etdi. Ma’lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti jahon madaniyati va ma’rifatini rivojlantirish un yilligini (1988- 1997) o’tkazishga qaror qilgan edi.
YUNESKO ham shu doirada faoliyat ko’rsatib, bir paytlar jahon iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy rivojlanishida muhim o’rin tutgan «Buyuk Ipak Yo’li» ni kompleks o’rganish dasturini qabul qildi. Bu dasturning maqsadi Sharq bilan G’arb o’rtasidagi bu quruqlikdagi va dengizdagi savdo yo’lini salohiyatini aniqlash, tiklashdan iborat bo’lsa, ikkinchi tomondan bu yo’l Sharq bilan G’arbning madaniy va ma’rifiy hamkorligini ham bir-biriga bog’lovchi muhim ko’prik ekanligini ochib berish, uni tiklashdan iboratdir.
Endilikda bu ulkan tadqiqotlar to’rt asosiy yo’nalishda olib borilmoqda:

  1. Ipak yo’li mamlakatlariga kiruvchi xalqlarning tili va yozuvini o’rganish;

  2. Karvonsaroylar o’rnini aniqlash va ularni qayta tiklash, pochta aloqalarini yo’lga qo’yish;

  3. Kosmik arxeologiya’ni qayta jonlantirish;

  4. Jahon turistlar tashkiloti bilan hamkorlikda ipak yo’li bo’ylab turistik yo’nalishlarni ochish va uni xarakatga keltirishdan iboratdir.

Hozirgi kunda Respublikada YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi. Bu komissiya tarkibiga davlat arboblari, olimlar, taniqli madaniyat hodimlari bilan bir qatorda ta’lim muassasalarining ham vakillari kiritildi.
YUNISEF 1946 yilning 11 dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining birinchi sessiyasidayoq bir ovozdan YUNISEF — BMTning Favqulodda Bolalar Fondi nomi bilan tarkib topdi.
YUNISEF tashkil topgan dastlabki yillarda uni mablag’i urushdan qattiq jabrlangan Yevropa va Xitoyda bolalarga oziq-ovqat, dori-darmonlar uchun sarf qila boshladi. 1950 yil dekabrda BMT Bosh Assambleyasi YUNISEF vakolatini yanada kengaytirdi. Uning mablag’lari rivojlanayotgan davlatlardagi son-sanoqsiz bolalar uchun sarflayna boshladi.
1953 yilning oktyabridan BMT Bosh Assambleyasi YuNSEFni o’zining doimiy organiga aylantirdi. Endi u Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar fondiga aylantirildi. Lekin uning kafolatlari va vazifalari to’laligi saqlab qolindi. 1960 yillardan boshlab YUNISEF bolalar manfaatini global himoya qiluvchi zabardast organga aylandi. 1965 yilda YUNISEFning Nobel mukofotiga sazovor bo’lishi xalqaro bolalar hayotida naqadar xayriya va saxovat manbai bo’lib shakllanganligining to’la e’tirof etilish 6o’ldi.
Hozirgi davrda ham YUNISEF bolalar manfaatini himoya qilishga, ularni sog’lom, o’qimishli bo’lib o’sishlariga ko’malashish, bolalar o’limini oldini olish, ommaviy qirg’in keltiruvchi va boshqa xavfli kasalliklardan muhofaza qilish onalik va bolalikni himoya qilish, loaqal qizlar hamda o’g’il bolalarga bepul boshlang’ich ma’lumot berish, ular farovonligini ta’minlash ishlariga asosiy e’tiborni qaratmokda.
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach, bu sahovatli tashkilot bizning mamlakatimizda ham insonparvarlik faoliyatini boshlab yubordi. Uning Respublikamizdagi faoliyatining asosiy yo’nalishlari onalik va bolalikni himoya qilish, ularga kerak, tibbiy yordam ko’rsatish, to’la qonli ta’lim berish, turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy kafolatlarini himoya qilishdan iboratdir. Shuningdek YUNISEF respublikamizda onalar va bolalar kasalliklarini oldini olish, ularni 100 foiz immunizastiya qilish bolalarni chechak, och terlama, difteriya, poliomielit, ko’k yo’tal, quturish kabi kasalliklardan himoya qilish kabi amaliy ishlarni bajarmoqda. Xuddi shu maqsadlarda mana ikki yildan buyon O’zbekistonlik bolalarga vakstinalar keltirilmoqda. Mana shu dasturga asosan dori-darmonlar, tibbiyot anjomlari va boshqa zarur narsalar olib kelinmoqda, ommaviy tushuntirish ishlari olib borilmoqda, turli plakatlar, yo’riqnomalar, qo’llanmalar nashr qilinmokda.
YUNISEF ta’limni amalga oshirishga ko’maklashishda ham faol qatnashmoqda. Ayniqsa bu tashkilot maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta’limga ko’proq yo’naltirilgan. Albatta, YUNISEFning ta’lim bo’yicha dasturida ko’zda tutilgan bir qator ishlar ham loyiha bosqichida turibdi.
Yüklə 105,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin