MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI.
Elektron pedagogika
fanidan
3-TOPSHIRIQ
Guruh: 651-18
Bajardi: Temirov Farrux
Toshkent 2022
1.Ta’lim tizimining jamiyatdagi o’rni, O’zbekistonda "Tempus" dasturlari, ERASMUS loyihalarini va ularning maqsad, vazifalarini “Klaster” metodi orqali tahlil qilish.
Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta’lim hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta’limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida ta’limning barcha turlariga bo’lgan munosabat o’zgardi. Ta’lim ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e’tiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo’lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi davrda ta’lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi. Umuman olganda, uzluksiz ta’lim shaxs va jamiyatning mos ehtiyojlari davlat va jamiyat institutlari va tashkiliy ta’minlovchi tizim orqali shaxsning butun hayoti davomidagi ta’lim (umumiy va kasbiy) salohiyatining o’sish jarayoni bilan kechadi.
Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, kreativ, ma’naviy boy shaxsni shakllantiruvchi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda oldinda borishlik uchun zarur sharoitlar yaratadi. Ta’limning turlariga o’z navbatida maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar qayta tayyorlash va malakasini oshirish va maktabdan tashqari ta’limni kiritish mumkin.
"Tempus" dasturlari.
Tempus bu G’arbiy Bolqon mintaqasi, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi hamkor-davlatlarda oliy ta’limni islohotlashtirishga qaratilgan va asosan universitetlararo hamkorlik loyihalari orqali ko’maklashuvchi Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturdir. Ushbu dastur oliy ta’lim tizimida umumyevropa jarayoni bilan hamkor-davlatlarning oliy ta’lim tizimi bilan ixtiyoriy ravishda integratsiyalashida yordam beradi. Shuningdek, OTMlararo hamkorlik bilan chegaralanmagan holda Tempus o’zaro aloqalarni o’rnatishga ham hissa qo’shadi. Tempus loyihalari doirasida konsortsiumlar tarkibi asosan universitetlar yoki universitetlar assotsiatsiyalari tomonidan tashkil topadi va qo’llab quvvatlanadi. Noakademik hamkorlarning ham konsortsium tarkibiga kirish imkoni mavjud. Tempus dasturi oliy ta’lim muassasalar va davlat tashkilotlari uchun ochiq, hamda oliy ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va idoralar ishtirok etishlari mumkin. Tempus IV (2007-2013) doirasida har yili bo’lib o’tadigan tanlov asosida Qo’shma loyihalar va Strukturaviy choralar moliyalashtiriladi. Tanlov natijalari dasturning web-sayitda mavjud. 6-chi tanlov doirasida tanlab olingan 3-yillik loyihalar 2013 yilning dekabr oyida boshlandi va 2016 yilning dekabr oyiga qadar amalga oshiriladi. O’zbekiston 1994 yildan buyon Tempus dasturida faol ishtirok etib kelmoqda. Ushbu muddat davomida Tempus loyihalari bir qator fanlar bo’yicha o’quv dasturlarning islohotlashtirishga qaratilgan hamda ular milliy mehnat bozorining talablariga javob berishiga o’z hissasini qo’shdi. Shuningdek, universitet boshqaruvi va oliy ta’lim muassasalari bilan korxonalar o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatishga yordam berdi. Oliy ta’lim tizimi bo’yicha Milliy ekspertlar guruhini tashkil etish va shakllantirish orqali Tempus dasturi milliy darajada oliy ta’lim tizimini zamonaviylashtirishda yordam beradi.
1994 yildan boshlab Tempus dasturi doirasida 87 loyiha amalga oshirilayotgan bo’lsa, unda respublikaning 55 ta oliy ta’lim muassasalari, shu qatorda, 30 ta viloyat OTMlari ishtirokida 34 million evroga yaqin mablag’ ajratilgan.
Tempus IV loyihalarining asosiy yo’nalishlari, bu bir qator fanlarning o’quv dasturlarini modernizatsiya qilish (axborot-kutubxonachilik fanlari, informatika, suv resurslarini boshqarish, elektron ta’lim uchun muhandislik va pedagogik kompetentsiyalar, qishloq xo’jaligi texnologiyalari, atrof-muhit haqidagi fanlar, agrar menejmenti, mexatronika va boshqalar) hamda OTM va ishlab chiqarish tashkilotlar o’rtasida aloqalar o’rnatish, Boloniya Jarayonining tamoyillarini ol’ga surishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |