3-topshiriq guruh: 651-18 Bajardi: Temirov Farrux Toshkent 2022



Yüklə 105,05 Kb.
səhifə2/3
tarix13.08.2023
ölçüsü105,05 Kb.
#139281
1   2   3
3-topshiriq guruh 651-18 Bajardi Temirov Farrux Toshkent 2022

TEMPUS DASTURLARI.

oliy ta’lim muassasalari bilan korxonalar o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatishga
Klaster metodi.

Boloniya Jarayonining tamoyillarini ol’ga surish




OTM va ishlab chiqarish tashkilotlar o’rtasida aloqalar o’rnatish

bir qator fanlar bo’yicha o’quv dasturlarning islohotlashtirish


Klaster metodi.



Yoshlar ittifoqi



O`rta maxsus



xalqaro



Uzlukli

Uzluksiz





loyiha



Bandlikni ta`minlash

Ta`lim








Tempus

Yoshlar bilan ishlash



ERASMUS



maxsus



unicef







Yevropa ittifoqi

Kredit mobil loyihasi



Individual mobillik



mobillik



Yevropa hamjamiyati



YUNESCO



loyiha


Ta’lim tizimining jamiyatdagi o’rnini haqida esse yozing.
Jahon iqtisodiyotida globallashuv va keskin raqobatchilik kuchayib borayotgan sharoitda insonning oldingi davrdagi butun hayot uchun ta’lim olish emas, balki butun hayoti davomida uzluksiz ta’lim olish zaruratini keltirib chiqarmoqda.
Ba’zi bir manbalarga ko’ra, ta’limning uzluksizligi to’g’risidagi ilk g’oyalarni ba’zi bir G’arb tadqiqotchilari hatto Suqrot, Aflotun, Aristotel va Senekanning insonning doimiy ravishda ma’naviy takomillashuvi haqidagi diniy-falsafiy tasavvurlarida va ilmiy asarlaridan hamda bunga o’xshash g’oyalarni muqaddas islom dinimizda ham uchratishimiz mumkin. Uzluksiz ta’lim g’oyasining paydo bo’lishi o’z navbatida, bir tomondan pedagogik konsepsiya sifatida, boshqa tomondan esa, amaliyotning natijasida paydo bo’lgan. Umuman, bugungi kun tushunchasidagi kattalar ta’limi rivojlanishi XIX asrdagi sanoat inqilobi natijasida fan, texnika, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o’zgarishlar oqibati bilan bog’liq.
“Uzluksiz ta’lim” konsepsiyasi birinchi marta YuNeSKOning 1965 yildagi forumida taniqli nazariyotchi P. Langrand tomonidan o’rtaga tashlanib sezilarli darajada nazariy va amaliy rezonansga sabab bo’ldi va natijada o’tgan asrning 60 yillari oxiriga kelib mazkur ibora ilmiy tahlilning maxsus predmetiga aylandi. Uzluksiz ta’limni xalqaro darajada o’rganishning ustuvorliklari o’z ichiga ta’lim tizimining uzluksizligini ta’minlovchi uzluksiz kasbiy ta’lim, qo’shimcha ta’lim, kattalar ta’limi, aholining himoya qilinmagan qatlami ta’limini va iqtisodiy modellarni qamraydi6.
Uzluksiz ta’lim tizimining rivojlanishi, uning o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishga sezilarli darajada hissa qo’shgan MDH olimlaridan S.G.Vershlovsiy, N.V.Vasilenko, S.M. Vishnyakova, V.I.Ilina, O.M. Nikandrov, V.I. Podobeda va boshqalarning nomlarini keltirib o’tish mumkin.
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda uzluksiz ta’lim borasida bir-biridan farqlanuvchi bir necha nuqtai nazarlarni uchratish mumkin. Ulardan eng ko’p uchraydiganlari: “uzluksiz ta’lim-butun hayot davomida egallaydigan ta’lim”, “uzluksiz ta’lim - kattalar uchun ta’lim”, “uzluksiz ta’lim - bu uzluksiz kasbiy ta’lim” kabi iboralar qo’llanilsa, jahon pedagogikasida uzluksiz ta’lim bir nechta atamalar bilan izohlanib ular ichida “davom etuvchi ta’lim”, “hayot davomida o’qish”, “doimiy o’qish” iboralari keng qo’llaniladi.
O’tkazilgan tahlillarga ko’ra, davlat uchun uzluksiz ta’lim har bir shaxsning kasbiy va umumiy rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni ta’minlash borasidagi ijtimoiy siyosatning yetakchi sohasi hisoblansa, jamiyat uchun esa, uzluksiz ta’lim ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishning muhim sharti, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonini tezlashtiruvchi hamda uning kasbiy va madaniy salohiyatini oshirib boruvchi mexanizm hisoblanadi. Jahon hamjamiyati uchun uzluksiz ta’lim xalqaro hamkorlik asosida milliy madaniyatlarni va umuminsoniy qadriyatlarni saqlash, rivojlantirish va o’zaro boyitish usuli hisoblanadi.
Bu, eng avvalo, bilimlarni egallash va o’rganib olishni talab etadi. Yuneskoning “Ta’lim – yashirin xazina” (“Learning: The Treasure Within”) deb nomlangan XXI asr uchun ta’lim bo’yicha xalqaro komissiyasining ma’ruzasida ilmiy taraqqiyot hamda iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatning yangi shakllari butun hayot davomida o’qishni talab etayotgani alohida ta’kidlanadi.
Ma’ruzada butun hayot davomida ta’lim olish to’rt ustunga tayanishi lozimligi ta’kidlanadi

  1. Bilishga o’rganish. Bu shaxsning keng umumiy madaniyatini fanlarning cheklangan sohasida bilimlarni chuqur egallashni nazarda tutadi. Shaxsning umumiy madaniyati ta’lim olishni rag’batlantiradi, uning bilimini muttasil oshirib borishga o’rgatadi. Bu, shuningdek, uzluksiz ta’lim tug’dirgan imkoniyatlardan foydalangan holda o’qishni o’rganishni ham ko’zda tutadi. 

  2. Ishlashni o’rganish. Har bir shaxs faqat kasb malakasini egallabgina qolmasdan, ayni paytda turli vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish va jamoa bilan birga ishlay olish ko’nikmalarini shakllantirgan kompetentlikka ega bo’lishi kerak. Shuningdek, shaxs hayoti davomida duch keladigan turli ijtimoiy yoki ishlab chiqarish muhitida mehnat faoliyatini amalga oshirishga ham o’rganishi kerak. 

  3. Birgalikda yashashga o’rganish. Umumiy loyihalarni amalga oshirish, hur fikrlilik, o’zaro anglashuv, kelishish qadriyatlarini hurmat qilgan holda mojaroli vaziyatlarni hal qilishda bevosita ana shu fazilat asqotadi. 

  4. Yashashni o’rganish. Bu o’z shaxsini kamol toptirish, mustaqil fikrga ega bo’lish, shaxsiy mas’uliyat demakdir. Shuning uchun ta’limda insonning ushbu fazilatlarini rivojlantiradigan barcha vositalardan: xotira, mushohada yurgizishga qodirlik, estetik did, jismoniy imkoniyatlar, aloqa qilishga qodirlik va hokazolardan samarali foydalanilishi lozim. 

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin jahon hamjamiyatinining teng huquqli sub’ekti va ajralmas bir qismi sifatida inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, strategik rivojlanish, jahon hamjamiyatiga qo’shilishni ta’minlaydigan demokratik kuchli huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini qurmoqda.


1997 yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mamlakatda ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashning huquqiy asoslarini yaratdi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo’lgan bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo’yicha mehnat qilish huquqi ro’yobga chiqariladi.
Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o’zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo’li bilan boshqarib boriladi.
O’zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta’lim, bola huquqi sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon ilg’or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga daxldor bo’lib, uning rivojlanish omillaridan biridir.
O’tgan yillarda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonida respublikamizda mustahkam huquqiy, tashkiliy, moddiy-texnik baza yaratildi, bu intellektual salohiyati yuqori va barkamol yosh avlodni o’qitish va tarbiyalashning mazmunini yangilashga ko’maklashdi. Mustaqillik yillarida respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishlari darajasiga ko’tarildi. Biroq, o’tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko’rsatmoqda8. Shu bilan birga, umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub islohotlarga muhtojligini ko’rsatdi9.



Yüklə 105,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin