|
Psixologiyada proyektiv metodlarning o’rganilganligi
|
səhifə | 2/2 | tarix | 02.01.2022 | ölçüsü | 12,22 Kb. | | #34975 |
| 3-topshirq nazorat savollari
3. Psixologiyada proyektiv metodlarning o’rganilganligi
Psixologiya fani va amaliyotida shaxsni o’rganishning proektiv metodikalari
alohida o’ringa ega. Uning yuzaga kelishi va rivojlanishida shaxs, uning ichki
dunyosini bilish imkoniyati haqidagi g’oyalarga bo’lgan psixologik qarashlar
evolyusiyasi aks etadi. Yarim asrlik rivojlanish tarixiga ega proektiv psixologiya
bugungi kunda inson haqidagi psixologik bilim sohalaridan biri bo’lib, uni
o’zlashtirmay Shaxs haqidagi yaxlit tasavvurlarni shakllantirish mumkin emas.
Shaxsni tadqiq qilishning proektiv metodi proeksiyalarni aniqlash va tasvirlashga
asoslangan. «Proeksiya» tushunchasi dastlab Z. Freyd tomonidan sub’ektning ongli va
ongsiz tarzda ko’chirilgan shaxsiy xususiyatlari, tashqi ob’ektlarga nisbatan
holatlarning mazmunini ifodalash uchun qo’llanilgan. Proeksiya lotincha
«proektio» so’zidan olingan bo’lib, oldinga irg’itish, tashlash ma’nosini bildiradi.
Shaxsni o’rganishning proektiv metodi eksperiment natijalariga asosan
proeksiyalarni aniqlash va so’ngra ularni tahlil qilishni ko’zda tutadi.
Proeksiya tushunchasini tavsiflash «Men»ning himoya mexanizmlari bilan
uzviy bog’liq. Proeksiya sublimatsiya (faollikni boshqa maqsadlarga yo’naltirish),
ratsionalizatsiya (o’z xatti-harakatlarini asoslash uchun arzirli sabab, asos o’ylab
topish), katarsis (tozalash) bilan bir qatorda himoya mexanizmlaridan biri sifatida
qaraladi.
Proektiv metodlar yordamida inson proeksiyalarining psixologik
mexanizmlari o’rganiladi. G.S.Friman proeksiyani:
1) ongsizlik holati, ya’ni insonning bu holatda boshqa kishilarning g’oya,
arash, istak, emotsiya yoki xarakter xislatlarini o’ziga olishi sifatida;
2) O’z Shaxsiy ehtiyojlarini boshqalarga ko’chirish sifatida;
3) Qandaydir tajribaga asoslangan noto’g’ri xulosa chiqarish sifatida araydi.
Proektiv metodlar tekshiriluvchini shunday holatga qo’yadiki, bunda uning
Shaxsiy ehtiyojlari, uning o’ziga xos idroki, tavsiflari va ko’pgina xarakter
Dostları ilə paylaş: |
|
|