3-topshirq nazorat savollari
Proyektiv metodlarning mohiyati va o’ziga xosligi nimadan iborat?
Proyektiv metodikalar qanday tuzilishga ega?
Proyektiv metodikalarni interpretatsiya qilishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Javoblar
1. Proektiv metodikalarning diagnostik imkoniyatlari
Bugungi kunda shaxs xususiyatlari va ularning kamolotini diagnostika qilish
imkonini beruvchi talaygina psixodiagnostik metodlar mavjud bo’lib, ular orasida
proektiv metodikalar alohida o’rinni egallaydi.
Proektiv metodikalar xayol va fantaziya mahsullarini tahlil qilishga
asoslangan bo’lib, shaxsning ichki dunyosi, uning sub’ektiv kechinmalari, fikr,
ustanovkalarini ochishga qaratilgan. Proektiv metodikalar shaxs diagnostikasi
uchun mo’ljallangan metodikalar guruhi bo’lib, ular uchun shaxsning alohida,
ayrim xususiyatlarini emas, uni umumlashgan holda(global tarzda) baholash
xosdir. Proektiv metodikalarning eng muhim belgisi ularda noaniq stimullarning
qo’llanilishi bo’lib, sinaluvchining o’zi ularni to’ldirishi, tavsiflashi, izohlab
berishi mumkin. Hozirda proektiv metodikalar keng qo’llaniladigan, ko’p
tarqalgan metodikalar sirasiga kiradi. A.Anastazining ma’lumotlariga ko’ra,
alohida proektiv texnikalar bo’yicha nashr, adabiyotlar 6000 dan ortiqni tashkil
etadi. Shunga qaramay, ushbu guruh metodikalari psixodiagnostik vositalarga
qo’yiladigan talablarga unchalik mos kelmasligi, ya’ni ularning etarlicha ob’ektiv
emasligi nuqtai nazaridan tanqid qilinadi. A.Anastazining ta’kidlashicha, proektiv
texnikalarga xos bo’lgan kamchiliklardan biri – normativ ma’lumotlarning
noadekvatligi yoki umuman mavjud emasligidir. Bu esa olingan natijalarni
tavsiflashda (interpretatsiya qilishda) qiyinchiliklarga hamda sub’ektivizmga olib
keladi.
Proektiv metodikalarning yana bir kamchiligi ― ko’rsatkichlarni
aniqlashdagi ob’ektivlikning mavjud emasligi hamda retest ishonchlilik
koeffitsentining qoniqarli darajada bo’lmasligidir
Proektiv metodikalarning afzalliklari:
1.Informativligi yuqori;
2.Shaxsni global baholash (uning yashirin, anglanilmaydigan jihatlarini
aniqlash ) imkoniyati;
3.Ularning maqsadi sinaluvchi uchun noaniq bo’lib, diagnostik
ko’rsatkichlarni tavsiflab, ularni o’zining shaxs xususiyatlari bilan bog’lay
olmasligi;
4.Sinaluvchilar bilan, ayniqsa, yosh bolalar bilan ishlashda samarali bo’lib,
ularda topshiriqni bajarishga qiziqish uyg’otishi.
2. Psixodiagnostika - Shaxs individual psixologik xususiyatlarining hozirgi
holatiga baho berish, rivojlanishini oldindan aytib berish va psixodiagnostik
tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog
faoliyatining so’nggi natijasidir. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, shaxsni o’rganishni o’ziga xos jihatlari uning
tad iq etishning murakkabligidadir. Xususan, bu jarayonda psixodiagnostik
vositalarning o’rni muhim sanaladi. Aynan mana shunday psixodiagnostik
vositalardan birini bu turli toifadagi testlar hisoblanadi. Mazkur tadqiqot ishimizni
shaxsni o’rganishda proektiv metodikalardan foydalanishning imkoniyatlari,
ulayliklari, o’ziga xos jihatlarini ochib berishga qaratdi. Shu bilan birga bu shaxs
borasidagi bilimlarni o’rganishga hamda maqsadli tizimlashtirishga olib keladi. Bu
esa tanlagan mavzuimizning hozirgi kun uchun na adar dolzarb ekanligini
ko’rsatib beradi. Tadqiqot maqsadi: Shaxs psixodiagnostikasida proektiv metodikalardan
foydalanishning imkoniyatlarini o’rganish.
Tad ot predmeti: Shaxs psixodiagnostikasida proektiv metodlarning o’rni.
Tad ot ob’ekti: Buxoro shahridagi 22 –umumta’lim maktabining 4-sinf
o’quvchilaridan 40 nafari tanlab olindi.
Tadqiqot vazifalari:
1.Shaxs psixodiagnostikasida proektiv metodikalarning o’rniga doir nazariy
manbalarni tahlil qilish.
2.Tadqiqot metodikalarini tanlash va eksperimental modelni yaratish.
3.Shaxs psixodiagnostikasida proektiv metodikalardan foydalanishning
samaradorlik ko’rsatkichlarini o’rganish.
4.Kichik maktab yoshidagi o’quvchi Shaxsini o’rganishda proektiv
metodikalarning imkoniyatlarini aniqlash.
5.Natijalarni mikdor va sifat jihatdan tahlil qilish.
6.Psixologik – pedagogik xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish
Tadqiqot metodlari:
1.Kuzatish metodi
2.Proektiv metodikalar:
a) “Mavjud bo’lmagan hayvon” proektiv metodikasi;
b) “Oila rasmi” proektiv metodikasi;
3.Natijalarni qayta ishlash uchun matematik statistik metodlar.
Dostları ilə paylaş: |