XIV Munavvar qori Abdurashidxonov. «O‘zbek tili darsi», 1925 yil
XV Munavvar qori Abdurashidxonov. “Adib us sony”, 1925 yil
XVI Munavvar qori Abdurashidxonov tomoshalari
XVII Said Ahrari’s “Poems”, notebook (1924 – 1929)
XVIII Asadulla Xo‘jaxonovning sumkasi
XIX Asadulla Xo‘jaxonov soyaboni
XX Birinchi o‘zbek agronomi Abduvahob Murodiy qo‘llagan mikroskop (Muhammadbobur Yusupov to‘plamidan)
XXI Najmiddin Sherahmedov, tovarshunos
XXII Tangriqul Maqsudov, shoir va o’qituvchi
XXIII Fayzulla Usmonov, o’qituvchi
XXIV G’ulom Ikromov, pochta-telegraf xodimi
XXV Muxtor Muhammadiyev, jurnalist
XXVI Nosir Erkin, jurnalist
XXVII Mamatqul Xoldorov, jurnalist
XXVIII Vose Qayumov, jurnalist
XXIX Nurmat Ermatov, o’qituvchi
XXX Usmon Akramiy, jurnalist
XXXI Anketa 812
XXXII Farmon 122
XXXIII Zarbalar ro’yxati
XXXIV ISESKO tashkiloti tomonidan topshirilgan “Toshkent Islom madaniyati poytaxti” ramziy kaliti, 2007-yil
XXXV Toshkent shahriga “Islom madaniyati poytaxti” degan yuksak nomning berilishi yurtimizda va butun islom olamida katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Shu munosabat bilan xalqaro miqyosida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Avvalo, Toshkent shahri markazida joylashgan Hazrati Imom (Hastimom) majmuasi tubdan qayta ta’mirlanib, bu tabarruk maskan butunlay yangicha qiyofa kasb etdi.
Ayni paytda 2007-yilning 14-15-avgust kunlari Toshkent shahrida “O’zbekistonning islom sivilizatsiyasi ravnaqiga qo’shgan hissasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazilib, unda butun islom olamida katta obro’ va nufuzga ega bo’lgan din arboblari, ulamolar, ilm-fan va madaniyat namoyandalari ishtirok etdi.
Bundan tashqari, Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan yurtimizda katta obodonchilik ishlari amalga oshirildi, ko’plab madaniy-ma’rifiy va diniy tadbirlar o’tkazildi.
“Islom madaniyati poytaxti” deya e’tirof etilgan “Toshkent shahrida 2016-yil 18-19-oktyabr kunlari Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining “Ta’lim va ma’rifat-tinchlik va bunyodkorlik sari yo’l” mavzusiga bag’ishlangan navbatdagi 43-sessiyasida bo’lib o’tdi.
XXXVI Toshkent- “Islom madaniyati poytaxti”
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha islom tashkiloti-AYSESKO tomonidan 2007-yilda Toshkent shahri “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilindi. O’zbekiston va o’zbek xalqining islom madaniyati va sivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan buyuk hissasi uchun Toshkent shahri aynan shunday yuksak e’tirofga sazovor bo’ldi.
Bunday ulkan e’tirof zamirida mustaqillik yillarida yurtimizda milliy qadriyatlarimizni, muqaddas islom dinini, buyuk aziz avliyolarimiz va allomalarimizning boy ilmiy merosini qayta tiklash, o’rganish va targ’ib etish, ularning qadamjolarini obod qilish, qadimiy yodgorliklarimizni asrab-avaylash borasida amalga oshirilgan keng ko’lamli ishlarning butun islom dunyosi tomonidan haqli ravishda tan olinishi mujassamdir.
Bugungi kunda Toshkent shahri o’zida tom ma’noda milliy qadriyatlarimizni, ham tarixiy, ham zamonaviy taraqqiyot yutuqlari mujassam etgan shaharga aylanib bormoqda. Bu qutlug’ zaminda Hazrati Imom majmuasi, Qo’qaldosh va Abdulqosim madrasasi kabi islomiy yodgorliklar, Xalqaro Islom akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Qo’qaldosh o’rta maxsus bilim yurti va Xadichai Kubro ayol-qizlar o’rta maxsus bilim yurti kabi muqaddas dinimiz asoslaridan ta’lim beradigan bilim dargohlari faoliyat ko’rsatmoqda.
XXXVII Toshkent-Islom madaniyati poytaxti
Bu tabarruk diyor dunyo ilm-fani va madaniyati rivojida beqiyos o’rin tutadigan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Xoji Axror Valiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abulays Samarqandiy, Davlatshoh Samarqandiy kabi ko’plab aziz avliyolar, shoir va allomalar uchun kamolot beshigi bo’lib xizmat qilgani barchamizga g’urur bag’ishlaydi.