Jinsiy hayotda yarashib olish bir tomondan ijobiy iqlimni vujudga keltirsa, ikkinchidan ayollarning e’tiroziga sabab bо‘lishi mumkin ekan. Ayol kuni bо‘yi eridan e’tibor kо‘rsatilishini kutishi va bu ehtiyojni qondirilmasligi, faqat jinsiy qovushishdagina kо‘rsatilgan e’tibor ayolda arazlash va gina-qudrat hissini yanada keskinlashtirishi mumkin ekan. Natijalardan kо‘rinib turibdiki, oilada ayol kishiga kо‘rsatiladigan mulozamatlar erkaklar tomonidan «su’niy» ravishda chegaralanib, «olinar» ekan.
YA’ni, ayol kishiga mulozamat kо‘rsatish yoqimli sо‘zlar asosida ayolning gо‘zalligi, sevimli ekanligi xaqida gapirish oilaviy yashash muddatining dastlabki birinchi-ikkinchi yilida «2-4» ballni, juda kam hollarda «5» ballni tashkil etsa, oilaviy yashash muddatning uchinchi-beshinchi yillarida kamayib, oltinchi-о‘ninchi yillarda xattoki aksariyat oilalarda ayollarning hissiy ehtiyojlarining qondirilmasligi kuzatildi.
Har bir oilaning mustahkamligida oila a’zolarining oilaviy hayotdan mamnunligida oila qurgan yoshlarning о‘zaro qovushishi muhim rol о‘ynaydi.
О‘zaro qovushishning shartli ravishda uch qismlari mavjud: 1.Biologik kovushish: 2.Psixologik qovushish. 3.Ijtimoiy qovushish.
Yosh oilaning dastlabki birinchi oyi qanchalik shirin, totuv о‘tgan bо‘lsa, keyingi oy va yillari ham shunchalik hissiy bо‘lmasa-da yaxshi davom etishi uchun nimalarga e’tibor berish lozim? Yuqoridagi qovushish turlarining eng muhimi, asosiysi qaysi biri.
Biologik qovushish - psixologik komponentga nisbatan bir muncha barqarorligini, kam о‘zgaruvchanligini hisobga olib quyidagilarga alohida e’tibor berishi lozim. Shakllangan temperamentni о‘zgartirib bо‘lmasligi va bunga intilishning foydasizligini unutmaslik kerak. Temperament jihatdan kelin-kuyov har xil, ba’zan esa bir-biriga qarama-qarshi tiplarga mansub bо‘lishi mumkin. Buni oila mustahkamligi uchun xavfli omil deb hisoblash xatodir.