Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi
schotlarning (5600) bog‘lanishi
5610 "Pul ekvivalentlari (turlari bo‘yicha)" schotining korxona kassasidagi pul ekvivalentlari (pochta markalari, chiptalar va boshqalarning nominal qiymati bo‘yicha) mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Mazkur schotning debetida, pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda, pul ekvivalentlarining xarid qilinishi, krediti bo‘yicha - xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda, ularning sarf-xarajat qilinishi aks ettiriladi.
T/r
|
Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni
|
Bog‘lanuvchi schotlar
|
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar
|
debet
|
kredit
|
1
|
Pul ekvivalentlari naqd pulga xarid qilingan
|
5610
|
5010
|
Schot, chek, chiqim kassa orderi
|
2
|
Pul ekvivalentlari valyuta kassasi orqali naqd pulga xarid qilingan
|
5610
|
5020
|
Schot, chek, chiqim kassa orderi
|
3
|
Pul ekvivalentlari hisobdor shaxslar orqali xarid qilingan:
|
|
|
Bo‘nak hisoboti
|
|
- ularga bo‘nak berilgan bo‘lsa
|
5610
|
4220, 4230
|
|
|
- ularga bo‘nak berilmagan bo‘lsa
|
5610
|
6970
|
|
4
|
Pul ekvivalentlari pul mablag‘larini hisob-kitob schotidan o‘tkazish yo‘li bilan xarid qilingan
|
5610
|
5110
|
Hisobvaraq-faktura yoki yukxat, bank ko‘chirmasi
|
5
|
Pul ekvivalentlari pul mablag‘larini valyuta schotidan o‘tkazish yo‘li bilan xarid qilingan
|
5610
|
5210, 5220
|
Hisobvaraq-faktura yoki yukxat, valyuta schotidan bank ko‘chirmasi
|
6
|
Pul ekvivalentlari mol yetkazib beruvchilardan xarid qilingan
|
5610
|
6010
|
Hisobvaraq-fakturalar, yukxatlar
|
7
|
Pul ekvivalentlari turli shaxslardan xarid qilingan
|
5610
|
6990
|
Hisobvaraq-fakturalar, yukxatlar
|
8
|
Pul ekvivalentlari asosiy ishlab chiqarishga sarf-xarajat qilingan
|
2010
|
5610
|
Yukxatlar, talabnomalar
|
9
|
Pul ekvivalentlari yordamchi ishlab chiqarishga sarf-xarajat qilingan
|
2310
|
5610
|
Yukxatlar, talabnomalar
|
10
|
Pul ekvivalentlari sotish bo‘yicha xarajatlarga sarf-xarajat qilingan
|
9410
|
5610
|
Yukxatlar, talabnomalar
|
11
|
Pul ekvivalentlari ma’muriy xarajatlarga sarf-xarajat qilingan
|
9420
|
5610
|
Yukxatlar, talabnomalar
|
12
|
Inventarlash natijasida pul ekvivalentlari kamomadi aniqlangan
|
5910
|
5610
|
Inventarlash dalolatnomasi
|
13
|
Pul ekvivalentlari kamomadi aybdor shaxslar zimmasiga yuklangan
|
4730
|
5910
|
Inventarlash dalolatnomasi
|
14
|
Aybdor shaxslar aniqlanmagan taqdirda, pul ekvivalentlari kamomadi zararga hisobdan chiqarilgan
|
9430
|
5910
|
Inventarlash dalolatnomasi
|
15
|
Pul ekvivalentlari mehnatga haq to‘lash hisobiga berilgan
|
6710
|
5610
|
Hisob-kitob to‘lov hujjatlari
|
Yo‘ldagi pul mablag‘lari (o‘tkazmalari)ni
hisobga oluvchi schotlarning (5700) bog‘lanishi
5710 "Yo‘ldagi pul mablag‘lari (o‘tkazmalari)" schotida yo‘ldagi O‘zbekistonning milliy valyutasidagi va chet el valyutasidagi pul mablag‘lari, ya’ni kredit tashkilotlarining kassalariga, jamg‘arma kassalarga yoki pochta bo‘limlarining kassalariga korxonaning hisob-kitob schotiga yoki boshqa schotiga o‘tkazish uchun kiritilgan, biroq hali maqsadi bo‘yicha ularga tushmagan pul summalarining (asosan mahsulotlar va tovarlar sotilishidan, xizmatlar ko‘rsatilishidan, ishlarni bajarishdan naqd pul tushumi va pul o‘tkazmalari) harakati to‘g‘risidagi axborot umumlashtiriladi.
Ushbu schot bo‘yicha summalarni hisobga olish uchun kredit tashkilotining, jamg‘arma kassasining, pochta bo‘limining kvitansiyalari, inkassatorlarga tushum topshirilganligi to‘g‘risida ilova hujjatlarining nusxalari, banklarning ko‘chirmalari va memorial orderlari asos bo‘lib hisoblanadi.
Mazkur schot debetida kassadagi va boshqa pul mablag‘larini hisobga oluvchi schotlar bilan bog‘langan holda pul o‘tkazmalari, kreditida - yo‘ldagi pullarning hisob-kitob, valyuta va boshqa schotlarga kiritilishi aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: |