Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo’ldi va XX asrning 30- yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mustaqil qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda neoliberal iqtisodiy jarayonlarga davlatning ma’lum darajada aralashuvi tufayli cheklanmagan erkin raqobat g’oyasining ustuvorligiga asoslanadi. Agar keynschilik iqtisodiyotda davlatning faol aralashuvini boshidanoq zarur deb qarasa, neoliberalizm davlatning nisbatan passiv tartibga solishini qo’llaydi. Keynschilik modellarida iqtisodiyotning turli sohalarini investitsiyalash, hukumat buyutma va haridlari hajmini kengaytirish, soliq siyosatini kuchaytirish bo’yicha davlat chora- tadbirlari majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning o’nta keng qo’llanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan ma’lum bo’lgan davlat byudjeti kamomadi va inflyatsiyaga olib kelishida ko’rinadi.

Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish prinsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk va nodavlat to’zilmalarining yetakchi bo’lishini qo’llaydilar. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini esa «tunggi qorovul» yoki «sport sudьyasi» qabilida bo’lishi ko’zda tutiladi. Bu yo’nalishning yirik vakili L.Erhard fytganidek «Raqobat mumkin bo’lgan hamma yerda, tartibga solish - zarur bo’lgan yerda» amalga oshuvi kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki cheklangan bo’lib, tadbirkorlarning erkin va mo’tadil faoliyati iqtisodiyotdagi muvozanatni saqlashning asosiy sharti sifatida qaraladi.