Sharq va G\'arb matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning (1)
2.2 Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi. Tushuncha-bu predmetlar va xodisalarni ba’zi bir muxitni alomatlariga ko’ra farqlash yoki umumiylashtirish natijasidir. Masalan, son, miqdor, kesma, to’g’ri chiziq va xokazo. Alomat (belgi) esa predmet yoki xodisalarning bir- biriga o’xshashligi, tengligi yoki farqlanishini bildiruvchi xossadir. Predmetlar deganda obyektlar nazarda tutiladi. Odatda, obyektlar ma’lum muhim va muhim bo’lmagan xossalarga ega. Muhim xossa faqat shu obyektga tegishli va bu xossasiz obyekt mavjud bo’la olmaydigan xossalarga aytiladi. Obyektning mavjudligiga ta’sir qilmaydigan xossalar muhim bo’lmagan xossalar xisoblanadi. Obyekt nimani anglatishini bilish uchun uning xossalari mavjud bo’lsa, u xolda bu obyekt xaqida tushuncha mavjud deyiladi. Tushuncha nomlanadi, shuningdek, mazmun va hajmga ega bo’ladi. Obyektning barcha muhim xossalari birgalikda tushunchaning mazmunini tashhil etadi. Bir xil muhim xossalarga ega bo’lgan obyektlar to’plami tushuncha hajmini tashhil etadi. Demak, tushuncha hajmi bitta tushuncha bilan nomlanishi mumkin bo’lgan obyektlar to’plami ham ekan. Matematik tushunchalar o’z navbatida insoniyat to’plagan katta tajribani umumlashtirish natijasida yuzaga keladi va moddiy dunyoning tub mohiyatini aks ettiradi, lekin real obyektlarning ko’pgina xossalaridan ko’z yumgan xolda ularni ideallashtirish natijasida xosil bo’ladi. Matematik tushunchalarni shakllantirish maktabgacha yoshdagi bolalarni matematiqani o’rgatishga tayyorlash maktabning zarur predmetlaridan biri sifatida tan olingan. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasining bosh masalasi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bu o’z navbatida dunyoni chuqur bilish, fikrlashni rivojlanishini yangi metodlarini o’rganish kabi vazifalarni bajarish orqali yechiladi. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning nazariy jixatlari psixologik, pedagogik va boshqa fundamental fanlar asosida yaratiladi:
— Ko’rgazmali dasturli xujjatlar (bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish bo’yicha ko’rsatmalar va xokazo);
— Metodik adabiyotlar (maxsus jurnallarda chop etilgan maqolalar, masalan, maktabgacha tarbiya to’g’risida o’quv qo’llanmalar, o’yinlar va xokazo);
— Jamoa va yakka tartibda ish olib borish, ilgor tajriba va olimlarning fikrlari.
Xozirgi kunda bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi ilmiy asoslangan metodik tizimga ega. Ularning asosiy elementlari maqsad, mazmun, metodlar, ishni tashhil etish shakl va usullari bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Ular orasidagi asosiy maqsad tasavvurni shakllantirishga qaratiladi.
Matematik tushunchalarni shakllantirish - inson ijodiy faoliyatining butun maqsadli amalga oshiriladigan pedagogik jarayonidir. Uning maqsadi - bolalarni faqat matematiqani bilishdan emas, balki ularni xayotga tayyorlash, o’zlarining xayotdagi o’rinlarini topa olishlariga yordam berishdan iborat.
Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish fanining asosiy masalalari quyidagilardan iborat:
— Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi nuqtai nazaridan ikkinchi kichik, o’rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun shartlar rejasini asoslash;
— Matematik tushunchalarni rivojlantirish maktab matematikasini o’rganishga tayyorlashni rejalash; matematik tushunchalarning
rivojlantirish yo’llari va shartlarini ishlab chiqish;
— Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishni ta’minlovchi metodik ko’rsatmalar berish.
G.Nedenko o’z ishlarida matematik qobiliyatlarning ikki darajasini ajratib ko’rsatadi: “Oddiy o’rta qobiliyat” (ushbu qobiliyat boshlang’ich maktab kursini o’zlashtirish uchun zamin bo’lgan) va “o’rtadan yuqori bo’lgan qobiliyat”, ya’ni matematik bilimlarni osonlikcha egallashda masalalarning aql yechimini topishda namoyon bo’ladigan qobiliyatdir.4 I.A. Markushevich bolalarda quyidagi ko’nikmalar xosil qilish uchun batafsil metodologik dasturni beradi:
Savolning mohiyatini aniqlash;
Aniq qo’yilgan savoldan sxemaga o’tish (sxemalashtirishni bilish);
Berilgan farazlardan mantiqiy xulosalarni keltirish;
Berilgan savolni taxlil qilish;
Nazariy fikrlashdan kelib chiqqan xulosalarni aniq savollarda ishlatishni bilish;
Xulosalarni taqqoslash;
Shartlarning natijalariga bo’lgan ta’sirni baholash;
Olingan xulosalarni umumiylashtirib, yangi savollarni qo’yish.
Yuqorida keltirilgan bilimlar bolaning ijodiy fikrlashi asosida yotadi
va bu bilimlarni bolalarda maktabga qadam qo’yguncha muntazam rivojlantirish lozimdir.
Geometrik tushunchalarni rivojlantirishda bolalarda mustaqil fikrlashni shakllantiruvchi boshqa bilim va ko’nikmalarni shakllantirish muhimdir.
Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish bir qator shartlarga bog’lik:
Birinchidan, bola oldin egallagan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi muhimdir.
Ikkinchidan, matematik tushunchalarning mazmuni ketma-ketlikda bo’lishi shartdir.
Uchinchidan, bola matematik tushunchalarni uzlashtirish jarayonini o’rganib, kelib chiqadigan xulosalarni bilishi shart.
Ushbu vazifalarning bajarilishi bolaning bilim hajmi va aqlining rivojlanganlik darajasiga bog’lik. Shuning uchun birinchi bosqichda pedagog (tarbiyachi)ga aqliy kuch va tirishqoqlikni ko’p talab qilmaydigan masalalarni taklif etish kerak.
Bunda bola sodda matematik tushunchani o’zlashtirishi, keyin esa bora-bora bolaning o’zi mustaqil ishlash ko’nikmasini hosil qilgunicha matematik tushunchalarni rivojlantirib, murakkablashtirish kerak. Matematik tushunchani o’zlashtirish jarayonidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi shu tushunchaning mazmuniga ham bog’liq. Har bir tushunchadagi ma’lumotlar matematik tushunchalar va goyalarning mantiqiy tugallangan doirasidir, bu esa tarbiyachi tomonidan faol o’zlashtirilgan, qaytadan ishlab chiqilib oxirigacha ulangan bo’lishi kerak.Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishda ta’limning didaktik tamoyillarini hisobga olish kerak.
Matematik tushunchalarni rivojlantirish va uni murakkablashtirish didaktiqaning asosiy qonunlaridan biri bo’lgan inkorni inkor qonuni asosida kurilgan bo’lishi kerak. Bu qonunga ko’ra, bir muammoni boshqa bir muammoga almashtirish ular orasidagi aniq bog’lanishga asoslangan bo’lishi kerak.
Keyingi va oldingi masalalar orasidagi qonuniy boglanish ularning ichki sifati birligidan kelib chiqadi. Bu sifatliy birlik har bir to’plam masalalarning qanday maqsad uchun to’zilish strukturasidan kelib chiqadi.
Masalalar yechishda uddaburonlik bilan xulosalar chiqara olishi, paydo bo’lgan muammolarni yechishning yo’llarini topa bilishi ham zarur. Masalalar
yechishda pedagog (tarbiyachi)larda shakllangan bilimdan to’liq foydalanishga imkoniyat beradigan eng qulay va sodda masalalarni yechishdan ishni boshlash kutilgan natijalarga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, bunday ishlarni amalga oshirish tanlangan masalalarning mazmuniga, ularning turli-tumanligiga, yechish usullariga, qolaversa, mashg’ulotning tashhil qilinishiga ham bog’liq bo’ladi.
Maktabgacha ta’limda har bir mash’ulot tugallanadigan maqsadni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Mashg’ulot yetarli darajada qoniqarli va muvaffaqiyatli o’tishligi uchun tarbiyachi mashg’ulotning umumiy ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifasini, uni amalga oshirish usullarini aniq tushungan va egallagan bo’lishi kerak. Mashg’ulotda masalalar yechish jarayonida har bir bola uning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga imkon beradigan matematik bilimlar tizimiga, maxsus va umumiy o’quv ko’nikma hamda malakalariga, rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasiga erishgan bo’lishi kerak.Mashg’ulotning har bir maqsadi aniq bo’lib, bilimda aniq bir sifat o’zgarishni ko’zda tutgan bo’lishi kerak. Bolada masalalar yechish uchun tegishli ko’nikma va malakalari, mantiqiy hamda ijodiy fikrlash faoliyati, qolaversa, unda axloqiy tarbiyasi ham to’la shakllangan bo’lishi kerak.
Tarbiyachi savol yordami bilan bolani rag’batlantirishi, mashg’ulotlarda uni, muammoli jarayonlar yaratish, erkin ijodiy mashg’ulotlar tashhil qilishi kerak. Bu ishlarni amalga oshirishda quyidagi qator shartlarga rioya qilishi kerak va zarur:
- tasodifiy “bo’shliqqa” yo’l qo’ymaydigan mashg’ulotning borish tezligini saqlab turmoq;ishning boshlanishiga qadar barcha tushuntirishlar, buyruq va ko’rsatmalar aniq qilingan bo’lishi zarur;
— pedagog (tarbiyachi) o’z tushuntirishlarida bolalarning individual javoblari vaqtida bolalarning fikrlash faoliyatini doimiy ravishda faollashtirib borishi kerak;
— bolalarning barchasi ishlayotgan paytda ularni ortiqcha gaplar bilan chalg’itmaslik, xonada aylanib yurmaslik va ayrim guruh bolalariga beriladigan tanbexlar yuqori ovozda aytilmasligi kerak;
— ishning shakli va ko’rinishi har xil bo’lishligi;
— muhokama qilinayotgan materialni taxlil qilishda har xil strategik usullarni tashhil qilshdan foydalanish;
— maktabga tayyorlov guruhida ish tajribasi shuni tasdikdaydiki, bir masalani turli usullar bilan og’zaki yechish bolalarning mantiqiy fikrlashini, uddaburonligini, tezda tiklay olishini, paydo bo’lgan bar xil muammolarni og’zaki bajarishning to’g’ri yo’lini topa bilishlik qobiliyatini yanada rivojlantiradi va shakllantiradi. 5 Xulosa Bolalarda maktabgacha bo‘lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy va jismoniy xislatlar shakllanadi. Shu bois maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha ham tashkiliy, ham mazmun jihatidan ko‘p ishlar qilinmoqda.
Xususan, oxirgi to‘rt yilda bog‘chalar soni 5 ming 200 tadan 18 ming 300 taga oshdi. Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2 barobar ortib, 60 foizga yetdi. Davlat tomonidan berilgan imkoniyat va imtiyozlar natijasida xususiy va oilaviy bog‘chalar ham ko‘paydi. Bugungi kunda barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida 1 million 700 ming nafar bola tarbiyalanmoqda.
Lekin, bu ishlar hali yetarli emas. 53 ta tumanda bog‘chalar yetishmaydi. Masalan, Surxondaryo viloyatining Bandixon, Denov, Qumqo‘rg‘on, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi, Qamashi va Kitob, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanlarida qamrov darajasi juda past.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda sohadagi shu kabi kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Ularni bartaraf etish, maktabgacha ta’lim qamrovi va sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur 53 ta tumanda 34 ming o‘rinli 2 mingta oilaviy bog‘cha tashkil etish choralari belgilandi. Bunday bog‘chalarga qo‘shimcha ishchi yollashga ruxsat berib, qabul qilinadigan bolalar sonini ikki barobar oshirish taklifi ma’qullandi.
Davlatimiz rahbari asosiysi ta’lim-tarbiya mazmuni ekanini ta’kidlab, oilaviy bog‘chalarga o‘quv qo‘llanma va metodik materiallarni bepul yetkazib berish vazifasini qo‘ydi. Buning uchun davlat tomonidan jami 30 milliard so‘m ajratiladi. Shuningdek, bunday muassasalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash uchun 5 foiz stavkada 30 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi
Ta’lim xizmatlari va mahsulotlari bozori - bu ta’lim muassasalari tomonidan taklif etilayotgan ta’lim xizmatlari va mahsulotlarini iste’molchi va ishlab chiqaruvchisi bilan uzviy aloqada va ta’lim muassasalari tomonidan taklif etilayotgan ushbu xizmatlarning ta’minlanishini ta’minlovchi shart-sharoitlar majmuiga asoslangan ta’lim ehtiyojlarini qondirish shakllari va vositalarining talab va taklif munosabatlari tizimi. uslubiy ta'minot, uslubiy ta'minot, moddiy baza).
Ta'lim muassasalarining bozordagi faoliyati o'z yoshida, shuning uchun o'quv bozori turini sof raqobat bozori sifatida belgilash mumkin. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ta'lim makonida monopolistik raqobat bozori bo'lishi kerak. Aynan shunday bozor, ta'lim muassasalarining obro'si va taklif etilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qiluvchi litsenziyalash organlarining vositachilik faoliyati uchun marketing faoliyatini rivojlantirishni talab qiladi.
Marketingning asosini quyidagi tushunchalar tashkil etadi: ta'lim ishlab chiqarishni takomillashtirish kontseptsiyasi; mahsulotni takomillashtirish konsepsiyasi - ta'lim xizmatlari; tijorat sa'y-harakatlarini jadallashtirish kontseptsiyasi (reklama, shartnomalar, talabnoma-tadqiqot, pullik ta'lim faoliyati) iste'molchilarga yo'naltirilganlik kontseptsiyasi, ijtimoiy-axloqiy marketing (iste'molchini ijtimoiy himoya qilish) tushunchasi.
Ta'lim sohasidagi ishlab chiqarishni takomillashtirish kontseptsiyasi o'zaro bog'liq bo'lgan ikkita tendentsiya bilan bog'liq: turli (va nodavlat) mulk shakllariga ega maktablar sonining ko'payishi; mavjud davlat ta'lim muassasalarida qo'shimcha xizmatlarni (shu jumladan pullik) joriy etish orqali ta'lim xizmatlari ro'yxatini kengaytirish. Ushbu tendentsiyalarning mavjudligi ta'lim xizmatlarining potentsial iste'molchilariga narxlar, sifat bo'yicha ta'lim xizmatlari uchun o'quv muassasasini tanlash imkoniyatini beradi, ta'lim xizmatlari bozorida raqobatni yuzaga keltiradi.Ta'limdagi mahsulot (mahsulot, xizmat) ni takomillashtirish kontseptsiyasi ta'lim mazmuniga e'tiborni o'zgartirishni anglatadi. Bu davlat ta'lim standartining joriy qilinishi munosabati bilan ayniqsa dolzarb bo'lib qolmoqda. Bitiruvchini ijtimoiy himoya qilish uchun o'quv muassasasi nafaqat istiqbolli kasbni, balki nafaqat mehnat uchun, balki bozor sharoitida hayot uchun yuqori sifatli tayyorgarlikka ega bo'lishi kerak.
turlari keng tarqalgan - reklama, professional ma'lumotlar.