Key words: emergency situations, pedagogical approach, flooding, correct action, motivation, safe behavior KIRISH Jahonda ta’lim amaliyotida favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yuzaga
kelishi mumkin bo’lgan oqibatlarni minimallashtirish, xavfli vaziyatlarda tezkor
harakat qilish yo’llarini aniq maqsadli va manzilli qo’llashga alohida e’tibor
qaratib kelmoqda. Talabalarni tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda
vaziyatlarda to’g’ri harakatlanish ko’nikmalarini rivojlantirish bugungi tahlikali
zamonda ijtimoiy zarurat sifitida yondashilib kelinmoqda. Birlashgan Millatlar
tashkilotining Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish (UN Office for Disaster Risk
Reduction (UNDRR)) bo’yicha Global baholash hisobotining (Global Assessment
Report (GAR)) 2022 yil hisobotida “dunyoda tabiiy ofatlarning ta’siri
geografiyalar va sektorlar bo’ylab tobora kuchayib borayotgani koronavirus
kasalligi (COVID-19) pandemiyasi, iqlimni o’zgarishi va hududlardagi kuchli suv
toshqinlari bir-biriga bog’langanligini ta’kidlanadi. Tabiiy ofatlar iqtisodiy
yo’qotishlar, qashshoqlik va kabi xavfni keltirib chiqaradigan zaifliklar ekotizimlar
va biosferalar qulash xavfi ostida bo’lgani kabi ortib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-
2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi
to’g’risida”gi 60-sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
2 iyundagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish
sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi
331
3030-sonli qarori [1], O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinining 2019
yil 9 sentyabrdagi 754-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasinining 2020 yil 26 avgustdagi 515-sonli qarori hamda mazkur sohaga
tegishli boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayoyan darajada xizmat qiladi.