O’zbekistonda rekreatsiya faoliyati, ekoturizm tezkor rivojlanmoqda. Turli hududlarda qator rekreatsiya tizimlari faoliyati ko’rsatmoqda, yangi zamonaviy bun
O’zbekistonda rekreatsiya faoliyati, ekoturizm tezkor rivojlanmoqda. Turli hududlarda qator rekreatsiya tizimlari faoliyati ko’rsatmoqda, yangi zamonaviy bunѐd etilmoqda. Ularning atrof-muhitga ta’siri ham astasekin orta borishi shubhasiz. Bu mintaqalarda ham ekologik monitoringni yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq
36. Ozbekiston er resurslari xolati xakidagi ma’lumotlarni keltiring?
Yerdan foydalanish masalasi tahlili davomida yana shunday holat ham ko`zga tashlanadiki, unga ko`ra dehqonchilik qilinadigan yer maydonlarini kengaytirishning imkoniyati yo`q. Masalan, YUNEP ma'lumotlariga ko`ra yangi yerlarning o`zlashtirilishi 2000 yilga borib jami o`zlashtirilgan yerlar maydoni 3,2 mlrd. gektarga yetkazilsada, dehqonchilik qilinadigan yerlar aholi jon boshiga 1975 yildagiga qaraganda amalda ikki baravarga kamayadi. Buning sababi aholi soni ko`payib borishi bilan birga ko`p yerlar eroziyaga uchrab ishdan chiqadi, bir qism yer esa shaharlar va sanoat kommunikatsiyasi ko`rilishiga sarf bo`ladi. Amerikalik mutaxassis Braun (1978) bashoratiga ko`ra 1975-2000 yillar orasida Yer yuzining shahar aholisi sonining taxminan ikki baravarga ko`payib, 3 mlrd. dan oshadi, shunga ko`ra shaharsozlikka qo`shimcha 63 mln. gektar yer ketadi. Insonning xo`jalik faoliyati ta'sirida tuproqning sifati buzilib, hosildorligi pasayishi kuzatilmoqda. Jamiyat o`zining rivojlanish tarixida 2 mlrd. gektarga yaqin yerni ishdan chiqargan. Faqatgina suv va shamol ta'sirida, qum bosish va sho`rlanish oqibatida har yili Yer yuzida 6-7 mln. gektar yer xo`jalik oborotidan chiqib ketmoqda. Bu hol hakli ravishda mutaxassislarni tashvishga solmoqda. Chunki tuproqning hosil bo`lishiga qaraganda uning maydoni kamayishi minglab marta tez boradi. Masalan, 10 sm. qalinlikdagi tuproq hosil bo`lishi uchun 1400-1700 yil kerak. Shunday qalinlikdagi tuproqni suv eroziyasi 20-30 yildayoq ishdan chiqarish mumkin. Ba'zan esa bu jarayon uchun faqat bitta suv toshqini kifoya qiladi. Umuman olganda, tuproqning holati biz unga qanaqa ta'sir o`tkazishimizga bog`liq bo`ladi. Odam o`zining dehqonchilik faoliyatida tuproqda hosil yetishtiradi va uni yig`ishtirib oladi. Bu demak – u tuproqda yetishtirilgan organik moddalarni olib, uni kambag`allashtiradi. Ayni vaqtda u tuproqni o`gitlaydi, almashlab ekish va boshqa agrotexnik tadbirlarni qo`llaydi va shu asosda tuproqni boyitib, uning unumdorligini qayta tiklaydi. Bunday tadbirlarning o`z vaqtida bajarilmasligi, faqatgina shu kunning foydasini ko`zlab ish tutish tuproqni eroziyaga uchratish, uning sho`rlanish va botqoqlanishi oqibatida ishdan chiqishini tezlatishi mumkin. Bunday achchiq saboqlar O`zbekiston dehqonchiligida ham uchraydi. Hozirgi vaqtda respublikaning umumiy maydoni 44,9 mln. gektar bo`lib, shundan 28,1 mln. gektarida dehqonchilik qilinadi. Sug`oriladigan ekinzorlar maydoni esa 4,2 mln. gektarni tashkil qiladi. Oldingi yillarda respublikada cho`l zonalarini o`zlashtirish, yangi yerlar ochib dehqonchilik qilishni kengaytirish avj olgan edi. 1975-1985 yillar davomida 1 mln. gektar yangi yerlar o`zlashtirildi. Bu ish hatto shiorbozlikkacha ko`tarilib «ovchining zo`ri sher otar, yigitning zo`ri yer ochar» degan shior ham paydo bo`lgan edi. Lekin bu ish o`zining kutilgan samarasini bermadi. Sababi, dehqonchilik agrotexnikasiga e'tibor yetarli bo`lmadi, almashlab ekish texnologiyasi o`rnini paxta yakka hokimligi egalladi. Kartalar me'yoridagidan kattalashib ketdi, ixotazorlar kamaydi, melioratsiya ishlari susaydi. Oqibatda tuproqning turli eroziyalarga chalinishi, sho`rlanish va botqoqlanishi tezlashdi, daryolar suvining dehqonchilikdagi sarfi ko`paydi, Orol dengizi halokat yoqqasiga keldi, undan tarqalayotgan tuzli qum atrof hududlar tuprog`iga yog`ilaboshladi. Shunday qilib, yo`l qo`yilgan bu xatoliklar oqibatida Qoraqalpog`iston, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarining 90-95% maydoni sho`rlandi. Faqatgina Buxoro viloyatida 270 ming gektar sug`oriladigan yerlarning 53 ming gektari shamol eroziyasiga uchradi. Tog`oldi hududlariga joylashgan Farg`ona vodiysi va Toshkent viloyatining ko`p miqdoridagi maydonlari suv eroziyasiga uchradi. Hozirgi kunda yer resurslaridan noto`g`ri foydalanish oqibatida respublika chorvachiligi ham jiddiy zarar ko`rmoqda. Chorvachilik uchun yaylov sifatida foydalanilayotgan 22 mln. gektarning 6 mln. gektari shamol eroziyasiga va 3 mln. gektari suv eroziyasiga uchragan. Shuni ham qayd - qilish kerakki, 1991 yildan boshlab respublikada yangi yerlarni o`zlashtirish ishi tuxtatildi. Keyingi yillarda paxta yakka hokimligidan voz kechildi, don, beda va paxta almashlab ekilishi, suvdan tejab foydalanish tadbirlari ishlab chiqilmoqda-ki, bu ishlar kelajakda o`zining ijobiy natijasini beradi. Tuproq unumdorligini pasaytiruvchi jiddiy sabablaridan biri uning sho`rlanishi va botqoqlanishidir. Hozirgi vaqtda dunyoda unumsiz, sho`rlangan maydonlar 20-25 mln. gektardan ortiq. Bu yerlar ko`proq Osiyo, Afrika va Amerikada hamda Yevropaning ba'zi mamlakatlarida uchraydi. Tuproqning sho`rlanishi odatda arid (qurg`okchil) zonalarda, uning botqoqlanishi esa sernam joylarda uchraydi. Keyingi vaqtlarda tuproqning sho`rlanishi Markaziy Osiyoning Orol dengizi ta'sirida bo`lgan hududlarida ko`payib bormoqda. Qozog`iston Fanlar Akademiyasi tuproqshunoslik instituti mutaxassislarining tadqiqotlari ko`rsatishcha Orol dengizining ko`rib, tuzli sahroga aylangan maydonidan yilida 65 mln. tonnagacha sho`r qum havoga ko`tarilib, atrof hududlar tuprog`iga yog`iladi. Bundan tashqari ma'lum miqdordagi tuz tuproqqa oqar suv bilan ham tushadi. Garchi sho`r yuvish va meliorotsiya tadbirlari o`tkazib turilgan bo`lsada, hozirgi vaqtda O`zbekistonda 1748 ming gektar yer sho`rlangan, shundan 241 ming gektari kuchli sho`rlangan. Sho`rlanish darajasi ayniqsa Qoraqalpog`iston respublikasi, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida kuchaymoqda.