5. Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish.
6. Barcha uchun suv resurslari va sanitariyaning mavjudligi hamda ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash.
7. Arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalaridan barcha uchun umumfoydalanish imkoniyatini ta’minlash.
8. Samarali bandlikni oshirish hamda erkaklar va xotin-qizlarni munosib ish bilan ta’minlash asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o‘sishga ko‘maklashish.
9. Barqaror infratuzilmani yaratish, umumqamrovli va barqaror sanoatlashuv va innovatsiyalarga ko‘maklashish.
10. Mamlakat ichida tengsizlikni uning barcha ko‘rinishlarida qisqartirish.
11. Shaharlar va aholi yashash punktlarining ochiqligi, xavfsizligi va ekologik barqarorligini ta’minlash.
12. Iste’mol va ishlab chiqarishning oqilona modellariga o‘tishni ta’minlash.
13. Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha tezkor choralarni qabul qilish.
15. Quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga ko‘maklashish, o‘rmonlardan oqilona foydalanish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yerlarning yemirilishini to‘xtatish va ortga qaytarish, bioxilma-xillikning yo‘qolib ketishi jarayonini to‘xtatish.
16. Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar barpo etilishiga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni ta’minlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish.
17. Barqaror rivojlanish maqsadlarida Global sheriklik doirasida amalga oshirish vositalarini mustahkamlash va ishlarni faollashtirish.
40. Insonlarni tabiatga ta’sir turlarini tushuntiring?
Inson o ‘zining hayoti davomida butun borliqdan emas, balki uni o‘rab turuvchi va uning ta’siri doirasida turgan atrof tabiiy muhitdan foydalanish mumkin. Shu tariqa insoniyat tarixida jamiyat bilan tabiat o‘rtasida to'xtovsiz va xilma-xil o‘zaro ta’sirlar ro‘y bergan. Jamiyat va tabiat, inson va yashab turgan muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir muammosi
insoniyatning abadiy muammolaridan biridir. Falsafiy tafakkurning butun tarixi davomida u turlicha hal qilib kelingan. XVIII asrda Fransiya sotsiologi Monteske o‘sha davr uchun xos bo‘lgan fikrlami olg‘a suradi. U «Qonunlar ruhi to'g‘risida» nomli asarida jamiyat tabiatga to‘la ravishda qaramligi to‘g‘risidagi g‘oyani rivojlantirib, «Iqlimning hukmronligi barcha kuchlardan ustunroqdir», degan shiomi olg‘a suradi. Kishilar jamiyatini tabiatga qarshi qo‘yadigan, kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi aloqani istisno qiladigan idealistik qarashlarga qarshi oiaroq tabiat bilan inson o ‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlikni asoslash va ko‘rsatish muhim ahamiyatga molikdir. Tarixga ikki tomondan qarash mumkin, uni tabiat tarixi va insonlar tarixiga bo'lish mumkin. Biroq har ikki tomon chambarchas bog‘Iiqdir. Insoniyat jamiyati mavjud ekan, tabiat tarixi va insonlar tarixi bir-birini o‘zaro quwatlab turadilar. Jamiyat va tabiat birligini ta’kidlar ekanmiz, biz uning timsolida ularning moddiy jihatdan birligini tushunamiz, ya’ni ular moddiydirlar, bir xil kimyoviy moddalardan iboratdirlar, nazariyada dialektik deb ataluvchi ba’zi bir obyektiv (xolis) qonunlarga garchi o‘ziga xos bo‘lsa ham bo‘ysunadilar. Jamiyatda ijtimoiy qonunlar bilan birga fizika, kimyo va biologiya qonunlari ham amal qiladi. Bunda inson, jamiyat tabiatning bir qismi sifatida tavsiflanadi. Insonning jismoniy va ma’naviy hayoti tabiat bilan chambarchas bog‘langandir. Bu tabiat o‘z-o‘zi bilan chambarchas bog‘liq demakdir, zero inson tabiatning bir qismidir, uning farzandi, rivojining gultojidir. Mazkur holatda, avvalambor, tabiat inson va jamiyat paydo bo‘lishining yetakchi omili ekanligi ko‘rinadi. Tabiat rivojining majmui bo‘lishi insoniyat tabiatga tobora ko‘p o‘z ta’sirini ko'rsatadi, inson faqat har xil o‘simlik va hayvonot turlari o‘mini o‘zgartiribgina qolmay, binobarin ulami shu darajada o‘zgartirdiki, uning faoliyati natijasida yer shari umumiy o‘limga mahkum bo‘lgandagina u bilan birga yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Shunday qilib, inson nafaqat tabiatni o‘rganib biladi, balki o‘zini o ‘rab turgan dunyoni o‘zgartiradi, «ijod» qiladi ham. Biroq landshaft (tabiat manzarasi)ni g‘oyat o‘zgartirib yuborgan va koinotgacha chiqa olgan insoniyat hech qachon tabiatdan uzilib keta olmaydi, u hamma vaqt uning bag‘rida yashaydi.
Insonning ijodiy imkoniyatlari, uning tabiati va o ‘zgartirish qobiliyatlariga kelganda, ular chek-chegarasizdir. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida odamlar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarsiz ishlab chiqarishning o‘zi ham, inson hayoti moddiy sharoitlari ham bo‘lmaydi, demakki, jamiyat ham bo‘lmaydi. Jamiyat bu odamlarning birgalikda harakati, o ‘zaro ta’sirining mahsulidir, bu odamlarning ijtimoiy munosabatlaridagi insonning o‘zidir. Jamiyat inson hayot faoliyatining tarixiy shakli sifatida hech qachon odamlarning oddiy birlashmasi bo‘lgan emas va bo‘lmaydi ham. Jamiyat odamlar, ishlab chiqarish, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy tashkilotlar o‘zaro ta’siri murakkab sistemasidan iboratdir. Jamiyat bu muttasil rivojda bo‘lgan a’zo (organizm)dir, u ayrim ijtimoiy elementlarning o‘zboshimcha ishlariga y o i qo‘yuvchi g ‘ayri-ixtiyoriy birikma emas. Tabiat esa bu moddiy jismlar, realliklar majmuidan iborat bo‘lib, ular jamiyat negizini tashkil etadi va uni qurshab turadi. Tabiat rivojining oliy bosqichi boTish jamiyat faqat tabiiy omil negizidagina yashaydi, rivojlana oladi va uning tabiiy omil bilan doimiy o‘zaro ta’sirida bo‘lish shartidir. Kelib chiqishi jihatdan tabiat bilan bog'liq bo‘lgan jamiyat har holda tabiatning aloliida qismi sifatida yashaydi va rivojlanadi. Inson o‘zining tabiatga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirining oqibatlarini sezgach va bilgach, tabiatdan oqilona, rejali, tejab-tergab foydalanish va uni muhofaza qilish zamrligi haqida o'ylay boshladi. Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta ’sir ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Mahalliy, mintaqaviy va umumsayyoraviy ekologik muammolarni ajratish mumkin. Ayrim yirik shahar, sanoat markazlari, alohida tumanlarda mahalliy, Orolbo‘yi, Chemobilda mintaqaviy ekologik teng vaziyatlar vujudga kelgan. Ozon tuynuklari muammosi, kislotali yomg‘irlar, cho‘llanish, dunyo okeanining ifloslanishi va boshqalar umumsayyoraviy ekologik muammolar hisoblanadi. Yer yuzida ekologik inqiroz xavfining real ekanligini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |