Yuqorida zikr etilgan yaylovlarni haddan ziѐd ishlatilishi va degradatsiyasi qoraqo’ychilikka ta’sir etmoqda va bunga 2 mln. odam kun kechirishi bog’liq. Kuchayib boraѐtgan iqlim o’zgaruvchanlik sharoitlari yanada vaziyatni chigallashtirmoqda. O’zbekiston Respublikasining 80% dan ziѐdi cho’llarda , Turon past tekislikligida joylashgan. Qolgan qismi tog’ oldi va tog’lardan iborat Akademik Q.Z Zokirov Markaziy Oiѐmisolida butun dunѐ origrafik tipologiyasini ishlab chiqqan,u pastdan yuqoriga qarab xududlarni 4 mintaqaga bo’lgan: cho’l adir tog’ va yaylov cho’l –bu tekislikdagi ustyurt va qizilqum xududlari. Tog’ - bu 1000 metrdan baland bo’lgan tog’lar yaylov –tog’lardan yuqorida bo’lgan nisbatan tekis o’tloqlarga boy yaylovlar. Bu tipologiya, undagi o’zbekcha terminallar ko’pgina xorijiy olimlar tomonidan tan olindi. Bu mintaqalardagi monitoring tabiatning muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish maqsadlariga xizmat qiladi. O’zbekistonda aholi sonining muttasil o’sib borishi iqtisodiѐtning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirishga, ko’lab tabiiy boyliklarni o’zlashtirishga ta’sir etmoqda. Isloxatlar sharoiti tufayli ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tamoillari tubdan o’zgarmoqda. natijada Respublikaning turli xududlarida yangi sanoat korxanalari, aholi yashash maskanlari, zamonaviy transport aloqalari shakillanmoqda. Bu mamlakatimizda tabiiy resurslar saloxiyatidan yanada unumliroq foydalanishga ularni izchillik bilan ishlab chiqarishga jalb etishga, mintaqalarning ijtimoiy – iqtisodiy saloxiyatini oshirishga yo’l ochmoqda tog’ oldi mintaqasida bunday imkoniyatlar yetarlicha mavjudligi tufayli ularning tabiiy iqtisodiy imkoniyatlaridan yanada to’liqroq foydalanish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tog’ va tog’ oldi mntaqasi respublika jami maydonining 20% ini ishg’ol etgan bo’lib, tog’ etaklaridagi darѐ vodiylari, konus ѐyilmalari, sug’orma dexqonchilik, alir va qirlar, tog’ ѐn-bag’irlari yaylov chorvachiligi, lalmi dexqonchilik, neogen va paleogen ѐtqiziqlari neft va tabiiy gaz, tog’ ѐnbag’irlari polimetall va nodir metall rudalari qurilishi materiallari qazib olishda foydalaniladi. mintaqalarning rekreaktsiya ahamiyati ham beqiѐsdir. Mintaqa asosan lalmi dexqonchilik, bog’dorchilik uzimchilik , mavsumiy yaylov chorvachiligiga ixtisoslashgan umuman mintaqa aholini , meva, chorvachilik mahsulotlari, qurilishi materiallvariga bo’lgan va sog’lomlashtirish ehtiѐjlarini qondirishda hamda sanoatni xomashѐ bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega. ammo keyingi yillarda aholi va xo’jaliklarning ayrim noto’g’ri faoliyati tog’ va tog’ oldi mintaqasining maftunkor tabiatiga salbiy ta’sir etib, xududlarda ekologik holatni ѐmonlashtirmoqda.