O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
INNOVATSIYA VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
"INTELLEKTUAL BOSHQARUV VA KOMPYUTER TIZIMLARI" FAKULTETI
TEXNOLOGIK JARAYONLARNI ISHLAB CHIQARISH VA AVTOMATLASHTIRISH YO'NALISHI
SIRTQI BO'LIM 3-BOSQICH S-57-20 GURUH
TALABASI VAHOBOVA MUXLISANING
KOMPYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: KORXONALARNI BOSHQARISHDA KOMPYUTER TARMOQLARINING O’RNI.
TEKSHIRDI: __________________________________
ANDIJON 2023-YIL
Mavzu: Korxonalarni boshqarishda kompyuter tarmoqlarining o’rni.
MUNDARIJA:
Kirish:
I. Bob Nazariy qism:
1.1 Korxonada kompyuter tizimlarini boshqarishni tashkil etish:
1.2 Kompyuter tarmoqlari:
II. Bob Asosiy qism:
2.1 Kompyuter tarmoqi haqida tushuncha:
2.2 Boshqaruv tizimlari va kompyuter texnalogiyalari:
III Bob Amaliy qism:
3.1 Texnalogik jaroyonlar:
3.2 Boshqaru tizimlari:
Kirish:
Fanni o’qitishdan maqsad - kompyuterlar, kompyuter tizimlari va tarmoqlarining qanday tuzilganliklari, qanday ishlashi va ishlatilishi, xamda kompyuter tizimlari va tarmoqlarida ishlash jarayonida yuz beradigan nosozliklarni bartaraf etish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirishdir.Fanning vazifasi - zamonaviy kompyuterlar, kompyuter tizimlari va tarmoqlarining funksional va strukturaviy tuzilishlari, kompyuter tizimlari va tarmoqlarining qurilish asoslari, zamonaviy tarmoq texnologiyalari va ularning ko’rsatgichlari haqidagi bilimlarni berishdan iborat.Xozirda kompyuterlarni qo’llashda ko’pgina foydalanuvchilar uchun yagona axborot makonini ta’riflovchi tarmoqlarni tashkil etish muxim ahamiyatga ega. Buni butun dunyo kompyuter tarmogi xisoblanmish Internet misolida yakkol ko’rish mumkin. Uzatish kanallari orqali uzaro bog’langan kompyuterlar majmuiga kompyuterlar tarmog’i deyiladi.
Bu tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, dastur xamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi.Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaxo asbob-uskunalar katta xajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. Global tarmoqlar tufayli olisdagi kompyuterlarning apparat resurslaridan foydalanish mumkin. Bunday tarmoqlar millionlab kishilarni qamrab olib, axborot tarqatish va qabul qilish jarayonini butunlay o’zgartirib yubordi, xizmat ko’rsatishning eng keng tarqalgan tarmog’i - elektron pochta orkali axborot almashuvni amalga oshirishdir. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli ximoyalangan xolda axborotdan jamoa bo’lib foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o’rtasida ma’lumotlar uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta’minlash. Katta xajmdagi axborotlar lokal va global kompyuter tarmoqlar saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |