Abdullayev faxriddinning kompyuter tarmoqlari fanidan mustaqil ishi



Yüklə 35,61 Kb.
səhifə1/5
tarix01.04.2023
ölçüsü35,61 Kb.
#92232
  1   2   3   4   5
ABDULLAYEV FAXRIDDIN KT MUSTAQIL ISH



MUHAMMAD AL-XORAZIMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNVARSITETI FARG’ONA FILIALI

KOMPUTER INJINERING FAKULTETI

KOMPUTER INJINERING YO’NALISHI
714-20-GURUH TALABASI

ABDULLAYEV FAXRIDDINNING

KOMPYUTER TARMOQLARI FANIDAN MUSTAQIL ISHI
FARG’ONA 2023

Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish evalutsiyasi
Reja:

  1. Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha

  2. Tarmoqlarning texnik vositalari

  3. Kompyuter tarmoqlarining sinflari

  4. Kompyuter tarmoqlari tarixi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha
Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Kompyuter (hisoblash) tarmog`i – bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog`langan kompyuter va terminallar majmuasidir, Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar tarmoq ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish mumkin: global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar. Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qitalarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi.
Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalga oshiriladi.
Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchitarmoq.
Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklanishi mumkin.Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko`p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog`i keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog`idir. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Uning nomining o`zi «tarmoqlar orasida» ma’nosini bildiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O`zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko`rib chiqish, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so`nggi ko`rgazmasining rasmlari bilan tanishib chiqish, tarmoqqa ulangan abonentlar bilan konferensiyada yoki o`yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi.

Yüklə 35,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin