bilan birga, bu mamlakatlar Yevropadagi geosiyosiy tenglikni saqlash zaruriyatiga
suyangan holda o'zining demografik salohiyatini qayta tiklashiga harakat qildilar.
Aslida Frantsiyada 1870- yildan 1910-yilgacha bo'lgan butun davr mobaynida
pronatalistik kayfiyat hukm surib keldi.
Turli mamlakatlardagi farzandli oilalarga beriladigan yordam choralarini
tahlil qilish, ularni to'rt guruhga ajratish imkonini beradi:
1.
Qonuniy choralar;
2.
Farzandli oilalardagi moddiy qiyinchiliklarni kamaytirishga va talab
qilinayotgan reproduktiv xulq evaziga shakllangan mukofotlarni taqdim etishga
qaratilgan iqtisodiy choralar;
3.
Ayollar bandligi va onalikka xalaqit beruvchi qarama- qarshiliklarni
yengishga qaratilgan huquqiy va iqtisodiy chora- tadbirlar;
4.
Olib borilayotgan siyosat va uning maqsadlarigajamoatchilik fikrini
shakllantirishga qaratilgan ma’naviy-aihiy ta’sir choralari.
Dostları ilə paylaş: