36 – mavzu: Dunyo mamlakatlarida demografik siyosat Reja: Demografik siyosatning mazmuni va uni o‘tkazish uslublari



Yüklə 406,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix19.04.2023
ölçüsü406,68 Kb.
#100755
1   2   3   4   5   6
Lecture - 36

Qonuniy chora-tadbirlar. Tug'ilishni tartibga solishning huquqiy sohasiga 
quyidagi masalalar kiradi: 
• 
nikohga kirishning minimal yoshini belgilashdagi nikoh-oilaviy huquq, 
ajralish huquqi, nikohda va nikoh bekor qilingandan so'ng tug'ilgan farzandlar 
uchun ota-onalarning mas’ulligi; 
• 
abort, kontratseptsiya va sterilizatsiyani amalga oshirish huquqini qonuniy 
tartibga solish. 
Qonuniy chora-tadbirlarni mamlakatlararo qiyoslash juda murakkab, sababi 
huquqiy dalolatnoma, oila kodeksi va shunga o'xshash qonun hujjatlarini qabul 
qilish yoki bekor qilinishi aksariyat mamlakatdagi tarixiy an’analar, diniy 
qarashlar, milliy mentalitet, shuningdek, o'tmishdagi demografik siyosat tajribalari 
natijalarining tahlillari asosida amalga oshiriladi. 
Nikoh-oila qonunchiligi va nikohdagi xulq tipini tartibga solish masalasida 
0‘zbekiston yuqorida qayd etilgan mamlakatlardan tubdan farq qiladi. Gap 
shundaki, bu mamlakatlarning barchasida nikohning Yevropa tipi, ya’ni kech 
nikohga kirish, nikohsizlik darajasining yuqoriligi, nikohdan oldin norasmiy 


birgalikda yashashning keng tarqalganligi, aksariyat farzandlarning norasmiy 
nikohda tug'ilishi ustun turadi. 
0‘zbekistonda birinchi nikohga kirishning o‘rtacha yoshi Yevropa 
standartlariga ko‘ra past (ayollar uchun — 17, erkaklar uchun — 18 yosh) va 
voyaga etgandan so‘ng darhol tuziigan nikohlar sonining ko
!
pligi holatida nikohga 
kirish minimal yoshining o‘zgarishi, reproduktiv natijalarning taqdiriga o‘z 
ta’sirini o‘tkazadi. 
Abortlar, kontrasepsiya, stcrilizatsiya masalasidagi qonunchilik barcha 
mamlakatlarda o‘ziga xos xususiyatga ega bo'lib, tarixiy jihatdan oila va shaxsning 
bu masalada mustaqil qaror qabul qilishini ta’qiqlashdan tortib to to‘la hajmli 
tolerantlikkacha rivojlangan. Hozirgi kunda bor yo‘g‘i sanoqli mamlakatlargina 
(Irlandiya, Portugaliya, Malta) abortlarning legalizatsiyasiga qarshi keskin 
pozitsiyani egallab turibdi. 0‘z navbatida, qonunni kuchaytirishga qaratilgan har 
qanday urinishlar jamoatchilik fikrining qat’iy qarshiliga duchor bo'lmoqda. 
Abortlar haqidagi qonunchilik tarixi 1810-yildan, ya’ni Frantsiyada 
Napaleon kodeksi qabul qilingan davrdan boshlangan. Chamasi, abortlar 
masalasiga e’tibor bundan ancha ilgari qo‘llanilib kelgan, biroq aynan hozirgi 
davrga kelib davlat siyosatining predmeti tarzida shakllandi. Abort qotillikka 
tenglash- tirilib, uning ishtirokchilari jiddiyjazolangan, bu huquqiy me’yor- lar 
Frantsiyada 1975-yilga qadar saqlanib kelgan va butun o‘tgan davr mobaynida 
nafaqat ulkanjarimalar, balki qamoq jazosi ham tayinlangan. Ko‘pchilik 
mutaxassislar fikriga ko‘ra, bunday chora- tadbirlar qo‘yilgan maqsadga, ya’ni 
tug‘ilish darajasini oshirishga xizmat qilmasdan kriminal abortlar sonining 
oshishiga olib keladi. Abort masalasidagi qonunchilikni ommaviy liberalashtirish 
1960- yillardan boshlanib, 1970-yillarning o‘rtalarida abortni butunlay ta’qiqlagan 
mamlakadar deyarli qolmadi. 

Yüklə 406,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin