Iqtisodiy chora-tadbirlar. Demografik siyosatning ushbu guruh choralari
juda xilma-xildir. Ularda farzandli oilalarga nafaqa ajratishdan tashqari, farzandlari
bor yoki farzand ko‘rgan oilalarga (ota-onalarga) turli imtiyozlar berishni nazarda
tutadi. Shu o‘rinda oilalarga ajratilgan nafaqa uchun sarflanadigan mablag'larga
nisbatan, farzandli oilalardagi moddiy diskriminatsiyani bartaraf etishga qaratilgan,
ijtimoiy siyosat sohasiga tegishli imtiyozlarni berishga ko‘proq mablag
1
sarflanadi.
Shu usul bilan investitsiyalar ustidan maksimal davlat nazorati o‘rnatiladi.
Tug‘ilishni iqtisodiy rag‘batlantirishning turli mamlakatlardagi tajribasi asosida
eng keng tarqalgan yo‘nalishlar quyidagilardir:
1.
Farzandli oilalarga beriladigan nafaqalar.
•
oyma-oy beriladigan nafaqa yoki oiladagi farzandlaming soni, tug‘ilish
ketma-ketligi va oilaning umumiy daromadiga qarab belgilanadigan nafaqa;
•
farzand tug'ilishi munosabati bilan bir martalik beriladigan nafaqa;
•
homiladorlik va tug‘mqda qisman yoki to‘liq haq to‘lanadigan ta’til;
•
homilador ayollar, tuqqan ayollar hamda yangi tug'ilgan chaqaloqlar
salomatligini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar.
2.
Ishiovchi ota-onalar uchun beriladigan soliq imtiyozlari hamda ularga uy-joy
uchun ajratiladigan kreditlar va subsidiyalar.
Oyma-oy to‘lanadigan yoki oilaga belgilanadigan nafaqalar. Ushbu nafaqa
turi eng keng tarqalgan bo‘lib, mamlakatlarda nafaqaning bu turini belgilash tartibi
turlicha. Masalan, Avstriya va Daniyada nafaqa barcha farzandli oilalarga oilaning
daromadidan qat’iy nazar tayinlanadi, Frantsiya va Germaniyada nafaqaning
miqdori oilaning daromadi va farzandlar soniga bog‘liq. Buyuk Britaniyada
oiladagi farzandlar sonidan qat’iy nazar faqatgina kam daromadli oilalar nafaqa
olish huquqiga ega. Italiya va boshqa bir qancha mamlakatlarda oila daromadining
yuqori chegarasi belgilangan bo‘lib, shu miqdordan ortiq daromad oluvchi
oilalarga nafaqa berilmaydi.
Oyma-oy to‘lanadigan nafaqa miqdori oiladagi farzandlar sonining oshishi bilan
ortib boradi, sababi ko‘pchilik mamlakatlarda siyosatning ushbu yo'nalishi oilada
farzandlar tug'ilishi, ularni tarbiyalash va ma’lumot berish bo'yicha xarajatlarni
maksimal darajada kompensatsiya qilish davlatning burchi ekanligini nazarda
tutadi.
Nafaqa olishning yuqori chegarasi turli mamlakatlarda turlicha bo'lib, u 16-
18 yoshgacha belgilangan. Ko'pchilik mamlakatlarda nafaqa yoshining
kattalashishi bolaning ma’lumot olishi bilan bog'liq (Germaniya, Niderlandiyada
27 yoshgacha). Eng ko'p miqdordagi oilaviy nafaqalar Belgiyada belgilangan
(o'rtacha oylik maoshning 70 foizigacha). Biroq, bunda ko'proq oiladagi farzandlar
soni emas, oilaning moddiy ta’minlanganlik darajasi hisobga olinadi. Oilaga
beriladigan nafaqalami moliyalashtirish har doim ham budjet mablag'lari hisobiga
amalga oshirilmaydi. Masalan, Avstriyada oilaviy nafaqalar markazlashtirilgan
holda yagona kompensatsion jamg'arma hisobidan to'lanadi. Jamg'arma mablag'lari
quyidagi manbalardan shakllanadi:
1.
Tadbirkorlar to'lovlari;
2.
Davlat va mahalliy budjetdan ajratmalar;
3.
Hududlardagi aholining soniga mutanosib ravishdagi to'lovlar.
Belgiyada nafaqalar milliy ijtimoiy himoya boshqaruvi tomonidan amalga
oshiriladi. Boshqaaivjamg'armalari tadbirkorlardan tushgan to'lovlar asosida
shakllanadi. Italiya va Lyuksemburgda oilaviy nafaqalar ijtimoiy sug'urta
jamg'armalari hisobiga moliya- lashtiriladi.
O'zbekistonda voyaga yetmagan bolalari bo'lgan oilalarga oyma-oy
to'lanadigan nafaqa 16 yoshgacha (umumta’lim maktab- larida, akademik litseylar
va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotganlarga 18 yoshgacha) bolalari bo'lgan
oilalarga tayinlanadi va to'lanadi. Nafaqa ota-onalardan birining shaxsiy arizasi
asosida 6 oy muddatga tayinlanadi va to'lanadi, ushbu muddat tugagach, arizachi
yangi muddatga nafaqa to'lashni davom ettirish to'g'risida ariza bilan murojaat
qilish huquqiga ega.
Oilaga nafaqa:
•
bir bolali oilalar uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida:
•
ikki bolali oilalar uchun — 100 foizi miqdorida;
•
uch bolali oilalar uchun — 140 foizi miqdorida;
•
to'rt va undan ko'p bolali oilalar uchun — 175 foizi miqdorida belgilanadi.
Agar belgilangan tartibda nafaqa belgilangan davr mobaynida eng kam oylik ish
haqi miqdori o'zgarsa, nafaqa miqdori eng kam oylik ish haqi miqdori o'zgargan
oydan boshlab tegishii ravishda ko'payadi.
Respublikada quyidagi voyaga yetmagan bolalari bo'lgan oilalar nafaqalar olishda
imtiyozli huquqqa ega:
•
nogiron chaqaloqli (bolali) oilalar;
•
ota-onaning ikkalasi ham bo'lmagan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlari
shug'ullanishadigan oilalar;
•
bolalarning ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham nogiron bo'lgan oilalar:
•
ota-onadan biri yoki ikkalasi ham ishsiz bo'lgan, mehnat organida ish
qidiruvchi sifatida hisobda turgan oilalar.
O'zbekistonda oyma-oy to'lanadigan nafaqalarning to'g'ri hisoblanishini, o'z
vaqtida to'lanishini nazorat qilish Moliya vazirligining nazorat-taftish Bosh
boshqarmasi va uning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Farzand tug'ilishi munosabati bilan beriladigan bir martalik nafaqa. Nafaqaning bu
turi oyma oy beriladigan nafaqalarga nisbatan kamroq tarqalgan.
O'zbekistonda bola tug'ilganda beriladigan bir martalik nafaqa eng kam oylik ish
haqining ikki baravari miqdorida beriladi. Ish haqiga koeffitsient qo'llaniladigan
tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsientlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Ishlayotgan ayollarga hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, o'rta maxsus,
kasb-hunar ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan ayollarga bola tug'ilganda
beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki o'qish joyidan to'lanadi.
Ishlamaydigan va o'qimaydigan ota-onalarga bola tug'ilganda beriladigan nafaqa
ijtimoiy ta’minot bo'limlari tomonidan tayinlanadi va to'lanadi. Agar ayol
homiladorlik bo'yicha ta’til davrida ishdan bo'shab, shu davr mobaynida
homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa olgan bo'lsa. Bir martalik nafaqa umumiy
asoslarda beriladi. Bola o‘lik tug'ilgan hollarda nafaqa to'Ianmaydi.
Shunday qilib, bo'lg'usi farzand xususida davlatning olib boradigan siyosati
ikki qismdan iborat bo'ladi. Bir tomondan homiladorlik va tug'ruqning sog'lom
kechishi uchun barcha sharoitlarni yaratsa (homiladorlarni tekshirish, tug'ruqqacha
va tug'ruqdan keyingi ta’til, homiladorlarning ish o'rinlarini saqlab qolish va h.k),
ikkinchi tomondan, davlat qaysidir ma’noda tug'ilgan farzandlarni boqish,
tarbiyalash va ularga ma’lumot berishda ishtirok etadi, aslida farzandning tug'ilishi
va vaqtini uning ota-onasi belgilaydi va uni ta’minlash asosan ularning vazifasidir.
Umuman olganda, bir martalik nafaqalar bilan ta’minlash tamoyili pronatalistik
siyosatning boshqa chora-tadbir- larga qaraganda ancha differentsiallashgan hamda
ko'p darajada ijtimoiy manzil tavsifiga ega bo'lib, oilaning daromadlari va ijtimoiy
maqomiga bevosita bog'liq.
Homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha ta’til hamda uni to‘lash tartibi.
Mamlakatlar bo'yicha homiladorlik va tug'ruq uchun ta’til berish tartibi turlicha
bo'lib, undagi asosiy farqlar davlat va xususiy sektorda ishlovchi ayollar orasida
kuzatiladi. Ularga beriladigan ta’til davomiyligi to'lovning miqdorlari va
moliyalash mablag'lari bir biridan farq qiladi. Odatda, davlat sektorida ishlovchi
ayollarga uzoqroq davom etuvchi ta’til va katta o'lchamdagi kompensa- tsiyalar
beriladi.
Bunday hollarda ta’tilga haq to'lash yoki to'liq davlat budjeti mablag'lari
hisobiga yoki kompensatsiyalashgan shaklda (ijtimoiy va tibbiy sug'urta budjeti va
jamg'armalari) amalga oshiriladi. Xususiy sektorda ishlovchi ayollar esa
mablag'larni turli sug'urta jamg'armalaridan oladi. Ko'pincha kompensatsiyalar
miqdori xususiy sektordagi tadbirkorlar faoliyatiga bog'liq bo'ladi. Qator
mamlakatlarda homiladorlik va tug'ruq bo'yicha ta’til huquqi, sug'urta badallarini
to'lash va homiladorlikka qadar shu ishda qancha muddat ishlaganligiga bog'liq.
Masalan, O'zbekistonda homiladorlik va tuqqandan keyingi davrlar ta’tili sifatida
ayollarga tuqqaniga qadar 70 kalendar kun va tuqqanidan keyin 56 kalendar kun
(tug'ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug'ilgan hollarda - 70
kalendar kun) ta’til beriladi. Bu nafaqani tayinlash va to'lash uchun belgilangan
tartibda mehnatga layoqatsizlik varaqasi asos bo'ladi hamda ko'rsatilgan barcha
davr uchun to'lanadi. Oliy, o'rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini
tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan ayollarga ishni boshlagunga
qadar homiladorlik va tug'ish bo'yicha berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasi
asosida nafaqa ayol ishga kelishi lozim bo'lgan kundan boshlab beriladi. Ishni
vaqtinchalik to'xtatish yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o'quv yurtlarida
tahsil olish munosabati bilan berilgan qo'shimcha ta’til davrida homiladorlik va
tug'ish bo'yicha ta’til berilgan holda, nafaqa ko'rsatilgan davr tugagandan keyin
ayol chiqishi lozim bo'lgan kundan boshlab beriladi. Xodim yillik ta’tilda va bolani
parvarishlash uchun ta’tilda bo'lgan vaqtda homiladorlik va tug'ish bo'yicha ta’til
berilganda, nafaqa homiladorlik va tug'ish bo'yicha ta’tilning vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik varaqasida ko'rsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani
parvarishlash bo'yicha ta’til davri uchun nafaqa ta’rif stavkasidan (lavozim
maoshidan) va ta’til boshlani- shidan oldingi 12 oy mobaynida olingan
mukofotlarning o'rtacha oylik summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan kuniga bo'lgan tarif stavkasi joylarda
belgilangan tuman koeffitsienti va ustamalarni hisobga olgan holda olinadi.
Homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa, shu jumladan, ayrim hollarda, ya’ni
mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko'ra bekor qilingandan keyin bir oy ichida
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik yoki homiladorlik va tug'ish ta’tili boshlangan
bo'lsa, nafaqa yashash joyidagi tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo'limi tomonidan
ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi. Homilador ayollar va yangi tug‘ilgan
chaqaloqlar sog‘hg‘>m muhofaza qilishga qaratilgan choralar. Bu guruhga
kiruV
‘
chora-tadbirlar ko'proq sog'liqni saqlash va ijtimoiy profilakti tavsifda bo'lib,
tug'ilishni rag'batlantirish bilan bevosita bog >q emas. Bu choralar homiladorlik
bo'yicha ayollarni o'z
vaqtida ro'yxatga olish va qonun tomonidan belgilangan
tartib tekshiruvdan o‘tish zaruriyatini nazarda tutadi. Bunday tadbir- larning asosiy
maqsadi homila va homiladorlik patologiyalarini erta aniqlash, homiladorlikning
kechish monitoringini olib borish, homilador ayollarda kuzatiladigan ijtimoiy
patologiyalar - narkomaniya, alkogolizm va boshqa kasalliklarni profilaktika
qilishdan iborat.
Ayollar homiladorlik davridagi adekvat xulqi turli shakldagi moddiy
rag‘batlantirishlar, ya’ni tibbiy va ijtimoiy sug'urta, bir martalik nafaqa olish
huquqi, homiladorlik va tug‘ruq ta’tiliga haq to'lash, oilaviy nafaqalar bilan
bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: |