Muhim muammoning echimini topishga yordam beradi va “Tushunchalar tahlili” usuli orqali muammo hal qilinadi.
Tushunchalar
Mazmuni
Ta’lim
maqsadi o‘quvchilarni axloqiy intellektual, kasbiy, madaniy, jismoniy rivojlantirishning yuqori darajasiga erishishdan iborat bo‘lgan tarbiyalash va o‘qitish jarayoni.
Tarbiya
shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi.
taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi.
Muammoli ta’lim
ta’lim jarayonini olib borishda o’quvchilar oldiga yechish uchun muammoni qo’yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashg’ulot davomida uning yechimini topish. Muammo o’qituvchi tomonidan yoki o’quvchilar tomonidan qo’yilishi mumkin.