Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitishni tashkil qilishda interfaol metodlardan foydalanish.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning muhim xususiyatlari:
1. Ilmiylik
2. Amaliylik
3. Tavsifiylik
1. Ilmiylik ilmiy-nazariy hamda amaliy g‘oyalarni shakllanish jarayonining
mohiyatini ifodalash, o‘quv – tarbiya maqsadi, mazmuni, shakl metod va
usullarini ilmiy jihatdan asoslash, pedagogik jarayonning umumiy loyihasini
ishlab chiqishdir.
2. Amaliylik texnologiyaning amaliyotdagi tatbiqi hamda samaradorlik darajasi
bilan aniqlanadi.
1. Tavsifiylik rejalashtirilgan pedagogik faoliyat natijalarini yoritishdir.
Zamonaviy ta‘limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga
erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga
yetkazib berish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar
darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‘lim
jarayoniga nisbatan yangicha yondoshuvni talab etadi.
Interfaol metodlar
Interfaol mashg‘ulot – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zaro faol ishtirok
etadigan mashg‘ulot, bu jarayon hamkorlikda kechadi.
Interfaol metodlarning qo‘llanishi majburiy matematika darsi jarayonini
beixtiyor psixologik o‘yin yoki musobaqaga aylantirib, barcha o‘quvchilarni bir
oz bo‘lsa-da, o‘z fikrlarini keng ommaga izhor etishga, umuman sinfda
kechayotgan bahs-munozaralarga befarq bo‘lmasdan, faol ishtirok etishga
undaydi. Interfaol metodlarning mohiyati o‘qitish jarayonida o‘quvchi faolligini
oshirish, o‘quvchini pedagogik faoliyatning markaziy figurasiga aylantirishdan
iboratdir. Maqsadi – demokratik jamiyatning faol fuqarolarini tarbiya qilish.
Bunday metodlarni qo‘llash orqali o‘qituvchi o‘quvchini o‘z fikrini
shakllantirishga, ifodalashishga, maqbul yo‘lni tanlash va buning uchun
ma‘suliyat his etishga o‘rgatadi. Shu bilan birga bolalarda o‘zaro hurmat,
ma‘suliyat, halollik, e‘tibor va tirishqoqlik xususiyatlarini tarbiyalashga ham
harakat qilinadi.
Interfaol metodlarni qo‘llash orqali quyidagi vazifalar hal qilinadi:
- o‘quvchilarni dars mavzusiga qiziqtirish;
- bilimlarning puxta o‘zlashtirishga erishish;
- bola tafakkurini rivojlantirish, ya‘ni o‘quvchini fikrlashga o‘rgatish;
- o‘quvchilarni o‘zaro muloqot (muomala) qilishga o‘rgatish;
- ta‘lim jarayoniga hamma o‘quvchilarning faol ishtirokini ta‘minlash
uchun sharoit yaratish;
- o‘quvchilar guruhida mo‘tadil psixologik iqlim yaratish.
O‘quvchilarni faollashtirish uchun dars jarayonida qo‘llaniladigan usullarni
to‘g‘ri tanlash va savollarni aniq tuzish katta samara beradi. Buning uchun
darsda mavzuga qo‘yilgan maqsad aniq belgilanib, shu maqsadga erishish yo‘li,
usuli puxta ko‘rib chiqilishi lozim. O‘qituvchi har bir foydalanadigan interfaol
usuli o‘quvchiga nima berishini oldindan ko‘ra olishi va darsni to‘g‘ri tashkil
qilishi kerak. Demak, siz qo‘llanmoqchi bo‘lgan interfaol usulini tanlab
bo‘lgach, o‘zingizga kerakli rasm, tarqatma material, ko‘zgazmalardan
keragini tayyorlab, konvertga solib qo‘yib, mavzularni o‘rgatishda
ishlatishingiz mumkin.
Amaldagi odatiy darsda o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga ma‘lumot
berish, o‘quvchilar vazifasi esa, bu ma‘lumotni yod olishdan iboratdek bo‘lib
qoladi. Keyingi darsda esa, oldingi darsdagi ―saboq‖larni xotirada tiklash va
amalda qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Agar o‘quvchilar bilimlarni axborot sifatida qabul qilib olmay, ularni
o‘rganishga o‘rtoqlari bilan birgalikda harakat qilsa-chi?, uni eshitishsa, u
ham boshqalar fikriga quloq solsa, birgalikda umumiy xulosaga kelinsa, bu
jarayon o‘qituvchi tomonidan maslahatlar, takliflar orqali bildirmay
boshqarib borilsa-chi? Ta‘limning samaradorligi o‘quvchining bilim
olishdagi faolligiga bog‘liq proporsional ravishda oshib borgan bo‘lar edi.
Ta‘lim – kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli bo‘lgan
bugungi o‘quvchi kelajakda huquqiy – demokratik jamiyat a‘zosi sifatida bu
jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti
qo‘yayotgan talabalariga to‘la javob bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin
ortgan, turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotgan davrda
mustaqil tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, yangilikni o‘rganishga
doim tayyor bo‘lgan, hamkorlikdan cho‘chimaydigan, muloqotga erkin
kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta‘lim – tarbiya jarayoninig asosiy
maqsadi bo‘lishi kerak va bu borada ta‘limda yangi texnologiyalarning
qo‘llanishiga yo‘l ochilishi maqsadga erishish yo‘lidagi to‘g‘ri qadamdir.
Interfaol metodidan foydalanishning maqsadi o‘quvchilarda
hozirjavoblik, hissini rivojlantirish, bahs – munozara, erkin fikrlashga
asoslangan tafakkur tarzini shakllantirishdan iborat. Hozirda keng qo‘llanib
kelayotgan interfaol metodlar turlari juda ko‘p bo‘lib, ularning hammasi
ham boshlang‘ich ta‘limda qo‘llash uchun yaroqli emas. Bunga 1 – navbatda
boshlang‘ich sinf o‘quvchisining o‘qish, yozish tezligining kichikligi va
sinfda aksariyat hollarda 30 tadan ortiq o‘quvchi o‘qishi bo‘ladi. Interfaol
metodlar nisbatan kichik auditoriyalarga (30 tagacha) va ko‘proq uzluksiz
ta‘lim tizimining o‘rta va yuqori bo‘g‘inlariga mo‘ljallangan bo‘lib,
boshlang‘ich sinflarda qo‘llash tajribalari juda kam. Shuning uchun yangi
texnologiyalarning faqat boshlang‘ich sinf matematika darslarida qo‘llash
mumkin bo‘lganlari haqida gapirsak, avvalo o‘yin texnologiyasiga to‘xtalish
kerak bo‘ladi. O‘yin boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun eng tabiiy holat
bo‘lib, u o‘yin vaqtida o‘zini erkin sezishi, qo‘rquv va tortinchoqlikni
unutishi mumkin. Didaktik o‘yin esa, shu tabiiylikdan ta‘lim maqsadlari
uchun foydalanish vositasidir.
Didaktik o‘yin o‘quvchining aqliy faolligini oshirish vositasi ham bo‘lib,
u o‘quvchilardagi psixologik holatlarni faollashtiradi va ta‘lim jarayoniga
qiziqishini orttiradi. O‘yin jarayonida o‘quvchi qiyinchiliklarni ―mardona‖
yengishga harakat qiladi, umumiy o‘yinga qiziqishi darsning psixologik
holatini yengillashtiradi, ko‘tarinkilik kayfiyatini hosil qiladi va g‘alaba
uchun birlashib harakat qilishga o‘rgatadi.
Didaktik o‘yinlar syujetli va mashq qilishga mo‘ljallangan turlarga
bo‘linadi. Syujetli o‘yinlar biror tanish syujetga bog‘langan bo‘lib, unda
rollar taqsimlanadi. Ularga ―Telefon‖, ―To‘pni kimga oshiramiz‖, ―Telegraf‖
kabi o‘yinlar kiradi. O‘yin mashqlarga esa, o‘yin elementlarigina kiritilgan
bo‘lib, unda ko‘proq o‘yinni shartli qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Bunda biror
o‘yin qoidasiga harakati kiritiladi. Bunday o‘yinlarga misol qilib, ―Jim‖
oyini, ―Matematik estafeta‖ kabi o‘yinlarni kiritish mumkin.
Mashq o‘yinlarni o‘tkazish kamroq vaqt va harakatni talab qiladi, lekin
syujetli rolli o‘yinlar ko‘proq qiziqish uyg‘otadi.[58]
O‘yin texnologiyalardan tashqari interfaol metodlardan ―Aqliy hujum‖,
―6X6X6‖, ―Bahs-munozara‖, ―Klaster‖, ―Insert‖, ―Muammoli savollar‖,
―Adashgan zanjirlar‖, ―Savol bering‖ ―Kichik guruhlarda ishlash‖,
―Burchaklar metodi‖, ―Kubiklar‖ kabilarni sanab o‘tish mumkin. Bu
metodlar sinfda o‘rganiladigan mavzular yuzasidan muammoli vazilatlarni
yaratishga, mavzuni muhokama qilish asosida bahs – munozara orqali
muammo yechimini topishda yaqindan yordam beradi.
Interfaol usullardan foydalanib dars o‘tishda:
O‘quvchilar topshiriqni bajarish uchun yetarli bilim, ko‘nikma,
malakalarga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.
Guruhlarga bo‘lishda o‘quvchilarga ―tazyiq‖ ko‘rsatmang.
Har qanday sharoitda ham guruhlar bilan iliq munosabatda bo‘ling,
guruh a‘zolarini kuzating.
Jamoa bo‘lib o‘rganish yoki muhokama vaqtidagi shovqinga ko‘nikish
uchun tayyorgarlik ko‘ring.
Baholash va mukofotlash tizimingiz guruhlar ishlariga qanday ta‘sir
ko‘rsatishi haqida o‘ylab ko‘ring.
Muvaffaqiyatli guruh ishi uchun guruhni rag‘batlantirish yo‘lini o‘ylab
ko‘ring (imkon darajasida).
Guruhlar uchun berilgan vazifani bajarishga yetarlicha vaqt bering,
boshqa guruhlarga nisbatan vazifasini ertaroq bajargan guruhni band
qilish yo‘llarini o‘ylab ko‘ring.
Mustaqil fikr va g‘oyalarni olqishlang.
Boshlang‘ich sinf matematika darslarida interfaol texnologiyalardan
foydalanish bo‘yicha umumiy qoidalar quyidagilar:
1 – qoida: Sinfdagi hamma o‘quvchilarning texnologik jarayonda faol
qatnashishlariga erishish kerak. Buning uchun hamma o‘quvchi ishtirok eta
oladigan mavzuni va unga mos metodni tanlash kerak bo‘ladi. O‘yinlar ham
shu asosda tanlanadi, agar rolli o‘yinlar o‘ynalsa, har bir o‘quvchi hamma
rolda bo‘lib chiqishi uchun o‘yin bir necha marta takrorlanadi.
2 – qoida: Interfaol o‘yin texnologiyalardan foydalanish uchun
o‘quvchilarni psixologik tomondan tayyorlash masalasiga e‘tibor berish
kerak. Chunki hamma o‘quvchi ham darsda faol ishtirok etishga, biror rolga
kirishish va fikrini erkin bildirishga tayyor bo‘lavermaydi. Uyalish, qisilib–
qimtinish, odatdan tashqari vaziyatdan cho‘chish kabi holatlar yuz berishi
mumkin. Buning oldini olish uchun avval kichik hajmdagi, qisqa vaqtli
mashqlardan foydalanish, faollikni rag‘batlantirish va ixtiyoriylikdan ko‘ra
navbat bilan ishtirok etishni joriy qilish kerak bo‘ladi.
3 – qoida: Aslida interfaol metodlar kichik guruhlar bilan ishlashda
ko‘proq samara beradi. Shuning uchun ularni 30 kishidan ortiq bo‘lmagan
o‘quvchili sinflarda o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki
o‘qitishning sifati o‘quvchilar soniga teskari proporsional bog‘liq bo‘lishi
mumkin. Har bir o‘quvchi fikrini eshitish, har birini faoliyatga jalb qilish,
har bir o‘quvchining harakatlarini kuzatib borish uchun sinfda o‘quvchilar
juda ko‘p bo‘lmagani ma‘qul. Xonada o‘qituvchi tomonidan kichik guruhlar
atrofida aylanib yurush uchun, erkin harakatlanish uchun yetarli kenglik ham
bo‘lishi kerak.
4 – qoida: Sinf xonasini ham alohida tayyorlash kerak. Kichik guruhlar
uchun stol va partalarni birlashtirish, ularni nomerlash va nomlash, atrofda
joy almashtirish, ijodiy ishlash uchun yetarli yo‘lkalarni qoldirish kerak.
Agar doska va ―sahna‖ da ishlash kerak bo‘lsa, stullar doskaga qaratib yoki
yarim qaratib qo‘yiladi, o‘quvchilarning doskaga orqa o‘girib o‘tirishi
noto‘g‘ri hisoblanadi. O‘yin uchun va metod uchun kerakli hamma jihozlar
oldindan o‘qituvchi tomonidan, kerak bo‘lsa, o‘quvchilar ishtirokida
tayyorlanadi.
5 – qoida: Metodning mohiyati va o‘yinning qoidalari avval yaxshilab
tushuntirilishi va hamma shartlar oldindan aytib, kelishib olinishi kerak.
Masalan, guruhda ishlansa, guruhning vazifalari, natijalarni e‘lon qilish
shakli, har bir ish turi uchun ajratiladigan vaqt, baho mezonlari e‘lon qilinadi.
Demak, har bir o‘quvchi o‘zining vazifasini aniq bilgan va uni bajarishga
psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi kerak. Yana bir masalaga alohida e‘tibor
berish kerakki, har qanday fikr – mulohaza, taklifni sabr bilan eshitish, bir–
birini hurmat qilish va bahamjihat bo‘lib ishlashga ham kelishiladi va
o‘rganib boriladi.
6 – qoida: o‘quvchilarga vazifalarni va rollarni taqsimlash, o‘quvchilarni
guruhlarga ajratish masalasiga e‘tibor bilan qarash kerak. Agar faqat
o‘quvchilar ixtiyoriga qo‘yib berilsa, guruhlar tarkibi doimiy bir xil bo‘lib
qoladi, o‘yinda esa faqat dadilroq, faol va qiziquvchan o‘quvchilar ishtirok
etadi va uyatchan, sust o‘quvchilar chetda qoladi. Guruhda ham ayrim
o‘quvchilar doimiy lider bo‘lib, ba‘zi o‘quvchilarning deyarli ishtiroki
sezilmay qoladi. Shuning uchun ham tanlov tasodifiy bo‘lishiga harakat
qilish kerak. Masalan: o‘quvchilar orqasi o‘girilgan jetonlarni olib, ulardagi
rasm, nomer yoki rang bo‘yicha guruhlarga ajratiladi, rollar esa, konvert
ichiga solinib, tanlab olinishi mumkin bo‘ladi.
Noan’anaviy dars uslubi
Darsda o‘quvchilar faolligini oshiruvchi uslublarni - boshqacha noan'anaviy
dars o‘tish uslublari deb ham atashadi. Bu uslublar maktab pedagogikasi uchun
yangilik emas. Ulardan ilgari ham foydalanib kelingan. Nega bu uslublar haqida
keyingi paytlarda ko'p gapiriladigan bo‘lib qoldi. Buni "anglash piramidasi" deb
atalgan chizma yordamida sharhlashga urinib ko‘ramiz. o‘tkazilgan tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, odam biror mavzuga oid ma'lumotni eshitganda, uning bor-
yo‘g‘i 10-20 foizini eslab qoladi. Bu mavzuga oid ko‘rgazmali materialni ko‘rsa,
uning 30-50 foizini yodda saqlaydi. Agar bu mavzu haqida eshitib, o‘z fikrini
birovga tushuntirsa yoki mavzuga oid amaliy mashg‘ulotni bajarsa, bu mavzuga
oid ma'lumotning 60-90 foizigacha bo‘lgan qismini esda saqlaydi. Shu bois, dars
faollashtiruvchi uslublar asosida o‘tilganda, o‘quvchilarning dars materialini
o‘zlashtirish darajasi ancha yuqori bo‘ladi. Bundan zinhor xulosa kelib
chiqmasligi kerak. Har bir uslub o‘z o‘rnida ishlatilgan taqdirdagina kutilgan
natijaga olib kelishi mumkin.
Darsda o‘quvchilar faolligini oshiruvchi uslublar sifatida quyidagilarni
keltirish mumkin.
Amaliy mashq — o‘tilgan nazariy bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan
va ma'lum amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish maqsadida nazariy bilimlarni
amaliy masalalarga tatbiq etish.
Kichik guruhlarda ishlash orqali o’rganish — o‘quvchilarni 5-7 tadan
kichik guruhlarga bo‘lib, ma'lum muammoning yechimini topishga va faollikni
oshirishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. Bosqichlari: guruhlarga bo‘lish,
muammoni guruhlarda muhokama qilish, muammoning yechimlari taqdimoti,
xulosalash.
Rolli o’yinlar — dars mavzusini ochadigan va unga mos ma'lum hayotiy
vaziyatni sinfda modellashtirish (sahnalashtirish). Bosqichlari: vaziyatni
tushuntirish, mos rollarni bo‘lib berish, maqsad va vazifalarni tushintirish; o‘yin
davomida o‘quvchilarning xatti-harakatlarini kuzatib borish; o‘quvchilarning
xatti-harakatlari orqali ularga bilim olishlariga, ma'lum malaka va ko‘nikmalarni
egallashlariga imkoniyat yaratish; o‘yin natijalarining tahlili; o‘yin natijalarini
real hayotiy misollar bilan taqqoslash.
O’quvchilarni juft-juft qilih muloqot qildirish — biror mavzu bo‘yicha
yonma-yon otilgan o‘quvchilarni o‘zaro muloqotga chorlash va flkr almashish.
Ovozga qo’yish — "Qarshi", "Rozi", "Betaraf" — dars davomida bahsli
vaziyatni keltirib chiqarish; yuzaga kelgan bahs munozarani boshqarish
maqsadida, bahs yuritayotgan fomonlarning fikrlarini sinf bo‘yicha ovozga
qo‘yish; har bir fikr bo‘yicha qarshi, rozi va betaraflarni aniqlash; tomonlarning
dalillarini va fikrlarini tinglash; so'ng yana ovozga qo‘yish; xulosalash.
"Aqliy hujum" — muayyan muammo bo‘yicha o‘quvchilarni ijodiy ishga,
o‘zaro muloqotga chorlash. Bosqichlari: muammoli vaziyatni keltirib chiqarish;
uning yechimini topish uchun o‘quvchilarni jalb qilish; yechimlarni solishtirish
va saralash; xulosalash.
Konkurslar — o‘tilgan malum bir bob mavzulari bo‘yicha olingan
bilimlarni baholash maqsadida viktorina, turli guruhlar o‘rtasida o‘tkaziladigan
savol-javoblar musobaqasi.
Mustaqil ishlash — o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish, darslik bilan
ishlash va mustaqil amaliy faoliyat bilan shug‘ullanish ko‘ nikmalarini
shakllantirish; har bir o‘ quvchiga alohida yoki umumiy tarzda topshiriq
bajartirish; o‘quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, muloqot yordamida
yo‘naltirib boshqarish, nazorat qilish.
Lug’at bilan ishlash (diktant) — bilimlarni baholashning joriy nazorat
shakli; odatda qisqa vaqt davomida o‘quvchilarning o‘tilgan atama va
tushunchalarni bilish darajasini tekshirish uchun o‘tkaziladi.
Konferensiya — oraliq nazoratning bir turi bo‘lib, asosan chorak yoki yil
davomida ma'lum mavzular bo‘yicha mustaqil yozilgan ishlarning og‘zaki
ma'ruza ko‘rinishidagi taqdimoti.
Tadqiqot — o‘zlashtirish darajasining eng yuqori cho‘qqisi;
o‘quvchilarning olgan bilimlari asosida hali o‘rganilmagan kichik bir muammo
ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borish; taxminni izlab topilgan
dalillar asosida to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish. Bosqichlari: darsda
hammaga qiziqish uyg‘otadigan muammoni yoki masalani qo‘yish, uni
o‘rganish, tadqiq qilish uchun ma'lumotlar to‘plash, muammoning yechimiga
oid taxminlar, bashoratlar qilish va ularning qanchalik to‘g‘riligini to‘plangan
ma‘lumotlar asosida tahlil qilish va xulosa chiqarish. [19]
Aqliy hujum metodi
"Aqliy hujum" biror muammoni yechishda yakka yoki guruhlar tomonidan
bildirilgan erkin fikrva mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma'lum bir yechimga
kelinadigan eng samarali uslubdir. U to‘g‘ri va ijodiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. "Aqliy hujum" yordamida turli
xil muamolarni hal qilishning yo‘llari izlanadi. Bu usul guruhning har bir
a'zosi fikrini tezda yig‘ish va umumlashtirish imkonini beradi. "Aqliy hujum"ni
o‘quvchilar muammo haqida yetarli ma'lumotga ega bo‘lmagan hollarda ham
qo‘llashlari mumkin.
"Aqliy hujum" usulidan foydalanilganda, odatda mashg‘ulot ikki
bosqichdan iborat bo‘ladi: birinchi bosqich - taklif bosqichi ("aqliy hujum"ning
o‘zi) va ikkinchi bosqich - tahlil hamda yechimlarni saralash bosqichi. "Aqliy
hujum"ni o‘tkazish paytida bosqichlar o‘rtasida kichik tanaffus berilsa,
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
"Aqliy hujum"ni o’tkazishga oid tavsiyalar. Muammoni aniq va ravshan
qo‘yish lozim. "Aqliy hujum" o‘tkazish uchun asos bo‘lgan muammoning
qisqacha mohiyatini katta qog‘ozga (yoki doskaga) katta harflar bilan yozib,
hammaga yaxshi ko‘rinadigan joyga osib qo‘ygan ma'qul.
"Aqliy hujum"da — bitta muammo: har bir "aqliy hujum" faqatgina bitta
muaminoni hal etishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Shartlashuv — "Aqliy hujum"ni o‘tkazish tartibi va shartlari
ishtirokchilarning har biri uchun aniq-ravshan, tushunarli bo‘lishi kerak. Shartlar asosida mashg‘ulotni o‘tkazish tartib-qoidalari tuziladi va qisqa ifodalangan
qoidalarni hammaga ko‘rinadigan joyga yozib qo‘yish lozim.
Demokratiya —- "Aqliy hujum"da hamma teng huquqli ishtirok etadi.
"Aqliy hujum" vaqtida bemalol, erkin ravishda muloqot yuritishni ta'minlash
uchun ishtirokchilarni davra shaklida joylashtirish tavsiya etiladi.
Bemalol, istalgan takliflarni taklif qilish va tanqid qilmaslik -"Aqliy
hujum"ning birinchi bosqichida birorta ham taklif muhokama etilmaydi va
tanqid qilinmaydi. Kutilmagan g‘oyalarni taklif etish qo‘llab-quvvatlanadi. Bu
usul yordamida muammo yechimiga oid yetarli darajada ma‘lumot to‘planadi.
Qancha ko‘p g‘oya va fikrlar bildirilsa, shuncha yaxshi. Bildirilgan g‘oya va
fikrlarni to‘ldirish va yanada kengaytirishga imkoniyat beriladi.
Asoslamaslik — biror bir g‘oyani taklif etgan kishi o‘z yechimini
asoslamasligi va o‘zi ham o‘zgalar fikrini muhokama qilmasligi lozim.
Chunki bu holat boshqa g‘oyalar tug‘ilishiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi munrkin.
Rasmiylashtirish — har bir flkr, taklif va g‘oyalar yozib boriladi.
O‘qituvchi birinchi bosqich davomida bildirilgan g‘oyalarni yozib boruvchi
kotibni belgilaydi. G‘oyalarni doskaga yozib borish zarur. Vaqtni tejash hamda
o‘z fikrini bemalol bayon etish uchun ishtirokchilarga o‘z g‘oyalarini qog‘ozga
yozib, sinf doskasiga skotch yordamida yopishtirib qo‘yishni ham tavsiya etish
mumkin. Bunda quyidagi tartibga amal qilinadi: bir varaq - bitta g‘oya - bitta
so‘z (ibora).
Vaqtni chegaralab qo’yish — g‘oyani ifodalash uchun juda qisqa vaqt
ajratilishi zarur.
Nazorat qilish va tartibga solish—"Aqliy hujum"ning birinchi bosqichi
odatda kuchli emotsional vaziyatda o‘tkazilgani uchun, o‘qituvchi
mashg‘ulotning borishini nazorat qilishi hamda o‘quvchilarning bir-birlari bilan
bahslashish, munozara qilish va bir-birining gapini bo‘lishga yo'1 qo‘ymasligi
kerak.
Ikkinchi bosqichda, ya'ni g‘oyalarni tahlil qilish bosqichida taklif etilgan
yechimlar, qarorlar o‘qituvchi rahbarligida muhokama etiladi, guruhlarga
ajratiladi. Takrorlangan fikrlar birlashtiriladi, eng asosiy 3-4 ta g‘oyalar
saralanadi (makrosaralash). So‘ngra tanlab olingan asosiy g‘oyalardan eng
maqbullari yana saralanadi (mikrosaralash). Mikrosaralash davomida ajratib
olingan qarorlarning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari va cheklangan
tomonlariga baho berib chiqish mumkin.
Kichik guruhlarda ishlash. Bahs munozara, Charxpalak metodi.
O‘qituvchi mayda guruhlarda ishlaganda, darsda faol ishtirok etish
huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai
nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.
Mayda guruhlarda ishlash bosqichlari va uni tashkil qilish bo‘yicha
tavsiyalar:
1. Guruhlarga bo'lish. o‘quvchilar 5—7 kishilik guruhlarga ajratiladi.
2. Har bir guruhning faoliyat yo'nalishini aniqlashtirish. Har bir guruhga
muammo aniq va ravshan qo‘yiladi.
3. Zarur materiallar va ma'lumot manbalari bilan ta'minlash.
4. Qo'llab-quvvatlash. Guruhlardagi ish jarayoni har tomonlama qo‘llab-
quwatlanadi va nazorat qilib boriladi.
5. Taqdimot. Guruhlarning muammo yechimiga oid chiqishlari tinglanadi.
6. Baholash. Guruhlarning ishi sharhlanadi, baholanadi va xulosa qilinadi
BAHS-MUNOZARA. Munozarani o‘tkazish bo‘yicha quyidagi yo'1-
yo'riqlarga rioya qilish lozim: 1. Munozara mavzusi tanlanadi;
2. Bahs-munozarani o‘tkazish tartibi kelishib olinadi; munozarada istagan
o‘quvchi qatnashishi mumkin; 3. Navbat bilan o‘quvchilarning turli fikrlari
eshitiladi. Bu bosqichda munozara o‘tkazish tartibiga rioya qilish qattiq nazorat
qilib boriladi. Har bir fikr qisqacha doskada qayd qilib boriladi;
4. Fikrlar saralanadi, sharhlanadi va xulosa qilinadi.
"CHARXPALAK" metodi. Mazkur usul yordamida o‘quvchilar
o‘rganiladigan yangi material bo‘yicha mustaqil bilimga ega bo‘lishi, jamoa
bilan ishlash malakasini olishi, axborot bilan almashish hamda jamoa bo‘lib
qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi. Uslub quyidagi bosqichlardan
iborat:
- o‘quvchilar 6 kishilik guruhlarga ajratiladi;
- har bir guruhga alohida topshiriqlar beriladi;
-har bir guruh topshiriqni bajarish uchun zarur materiallar bilan
ta'minlanadi;
- 15-20 daqiqa davomida guruhlarda ishlash tashkil qilinadi, o‘quvchilar:
- yangi materialni mustaqil o‘rganadilar;
- har bir guruh faoliyati nazorat qilib boriladi, zarur paytlarda savollanga
javob beriladi;
- har bir guruh a'zosi o‘z topshirig‘i bo‘yicha yechimini alohida-alohida
qayd qilib boradi;
- keyingi bosqichda har bir guruh a'zosiga 1 dan 6 gacha bo‘lgan tartib
raqamlari beriladi va tartib raqamlari bir xil bo‘lgan o‘quvchilardan yangi
guruhlar tuziladi;
- 15-20 daqiqa davomida yangi guruhlarda ishlash tashkil qilinadi; yangi
guruhning har bir a'zosi o‘z mavzusini boshqalarga tushuntirib beradi. Natijada
umumiy mavzu bo‘yicha yaxlit o‘zlashtirish ta'minlanadi;
- dars oxirida o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash uchun mustaqil
o‘rganilgan barcha materiallar bo‘yicha yoppasiga test o‘tkaziladi.