Boshlang’ich sinfda matеmatika o`qitishning darsdan tashqari shakllari.
1. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning turlari va mohiyati. Sinfdan tashqari
ishlar O’quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab
misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan
tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan tanishtirishni maqsad
qilib oladi.
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari mavjud:matematika to’garagi,
matematika ertaligi, matematikadan fakultativ mashg’ulotlar, matematik matbuot,
matematik viktorina va olimpiadalar.
Matematika minutliklarida topshiriqlarga qiziqish uyg‘otish va quvvatlash uchun bu
topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi
kerak.
Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli
masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, nostandart masalalar, qiziqarli kvadratlar,
rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib xizmat qiladi.
Matematika to‘garagi matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko‘p
tarqalgan turi. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqadigan O’quvchilar
bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
Matematika to‘garagi ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq
qiladi:
Matematika to‘garagiga o’quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan
alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Mustaqil ravishda ko‘rgazmali qurollar (abaklar, ba’zi o‘yinlar uchun misollar
yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o‘tkazishga
tayyorgarlik ko‘radilar va hokazo.
Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak.
Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o‘tkazilgan ba’zi to‘garak
mashg‘ulotlarining taxminiy rejalarinini keltiramiz.
I mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Qo‘shishga oid qiziqarli masalalar. 3.
100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Тopqirlikni talab qiladigan
masalalar. 5. Hazil masala. 6. Тopishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) o‘yini.
II mashg‘ulot. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Тopqirlikni talab qiluvchi she’riy
masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5.
“Sonni to‘ldir” o‘yini.
III mashg‘ulot. Dars tipidagi to‘garak mashg‘uloti.
Matematik tanlovlar.Tanlovlar har xil qiyinlikdagi masalalarni yechish, qiziqarli
fikrlaydigan masalalar va topshiriqlarni bajarishdagi musobaqalar bo‘lib hisoblanadi.
Asosan O’quvchilarning xohishi bo‘yicha masalalar yechishda o‘z kuchini sinaydigan,
yetarlicha tayyorgarligi borlari ishtirok qiladi. Tanlovlar o‘tkazishni 2-sinfdan boshlash
maqsadga muvofikdir.
Quyida 2- sinflarda tanlovlar o‘tkazishga misollar keltiramiz. 2-sinf (3-chorak).
№1. Ikki o‘ram jun ipdan 3 ta qolpoq tO’qish mumkin. Shunday 9 ta qolpoq tO’qish
uchun necha o‘ram ip kerak?
№2. Vali va Salimning 30 ta konfeti bor edi. Ular baravardan yeyishgandan keyin
Valida 9 ta, Salimda 5 ta konfet qoldi, ular qanchadan eyishgan?
№3. Shaklda nechta uch bor?
№4. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 sonlari berilgan. Bu qatordagi sonlardan uchtalab
qo‘shganda 15 soni chiqadigan nechta misol keltirish mumkin.
Matematik olimpiadalar. Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng mashtabda
o‘tkaziladigan va matematika o‘rganishda O’quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni
namoyish qiladigan ishdir.
Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog‘liq holda maktab ichida, tuman va
shaharlarda o‘tkazish mumkin. Olimpiadani 3 - sinfdan boshlab o‘tkazib, g‘oliblar
maktabning devoriy gazetalarida va o’quvchilar yig‘ilishlarida rag‘batlantiriladi.
Matematik matbuot va viktorinalar
Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o‘z ichga olgan topishmoq,
misol va topshiriqlar rasmlarda berilib, qiziqish xarakterida bo‘ladi.
Viktorinada esa o’quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq beriladi.
Javoblar belgilangan vaqtda o’quvchilarga yetkaziladi.
Matematik tanlovlar va viktorinalar. Tanlov mavzusi va uni o‘tkazish vaqti oldindan
belgilanadi.
Murakkab hisoblashlarni eng qulay usul bilan, taqqoslash yordamida hisoblash
2. Mantiqiy masala va mashqlarni,
3. Тopqirlik, ziyraklikka oid mashqlar,
4. Hisoblashlari murakkab bo‘lgan masalarni
5. Sharq mutafakkirlari merosiga oid bayon qilishlar, algebraik, geometrik shakllar
mazmunini yoritishga oid topshiriqlar.
Matematik viktorinalar – gazetalardan farqli ravishda faqat o’quvchilarga yechish
uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo‘ladi. Javoblar yozma ravishda ma’lum
vaqt ichida o’qituvchi tomonidan g‘olib o’quvchi aniqlanib e’lon qilib boriladi.
Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb ataluvchi
joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli ma’lumotlar
ham berib boriladi. “Bilasizmi?” ruknida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan:
1. Odamning bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin.
2. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l 9302 km ni tashkil etadi.
3. Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor. Matematika
burchagini tashkil qilishni o’quvchilar va ularning ota-onalari faoli yordamida amalga
oshirilishi mumkin.
Fakultativ mashg’ulotlar. Boshlang‘ich sinflarda fakultativ mashg‘ulotlarni tashkil
etish mohiyati juda katta ahamiyat kasb etadi. Fakultativ mashg‘ulotlarda o‘rganiladigan
materiallar darslik materiallarini takrorlamagan holda o‘rganilib, boshlang‘ich sinf
O’quvchilarining bilimini mustahkamlash va chuqurlashtirishga qaratilishi lozim.
Ayniqsa, sharq mutafakkirlari ijodini o‘rganish va matematika darslari samaradorligini
oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish har bir mashg‘ulotda tavsiya etiladi.
Masalan, 1-mashg‘ulotda Abu Rayhon Beruniy, 2-mashg‘ulotda Abu Ali ibn Sino,
keyingisida al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek kabi mutafakkirlar merosidan boshlang‘ich
sinfga xos tomonlari o‘rganiladi.
Didaktik maqsadlariga qarab matematikadan darslarining ushbu turlari bir-
biridan farq qilinadi: murakkab dars, yangi materialni o`rganish darsi, bilimlar,
malakalar va ko`nikmalarni puxtalash darsi, takrorlash- umumlashtirish darslari,
bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni tekshirish darslari.
Murakkab darslar boshlang`ich sinflardan eng ko`p tarqalgan dars turidir. Bu
o`quvchilarning yosh xususiyatlari, matematika boshlang`ich kursining tuzilish
xususiyatlari bilan tushuntiriladi.
Bunday darsda har xil didaktik masalalar yechiladi: o`quvchilar yangi
bilimlar , malakalar va ko`nikmalar bilan tanishtiriladi, shu tanishtirilganlarni
dastlab puxtalanadi, ilgari o`tilganlar takrorlanadi bundan keyin o`rganiladigan
materialni o`rganishga tayyorlaniladi, bilimlar hisobga olinadi. Bu xildagi
darslardan ko`pincha yangi materialni o`rganish, uni puxtalash bilan ilgari
o`tilganlarni takrorlash bilan organik bog`lab ketiladi, bunda o`quvchilarga tanish
bilimlarga asoslaniladi va faqat o`qituvchining bayoni va tushuntirishlari bilangina
emas, balki o`quvchilarning har xil mustaqil ishlari tariqasida o`tkazilishi mumkin.
Bunda murakkab darslarning tuzilishi yo`q ekan degan mazmun kelib chiqmasligi
kerak.
Hozirgi zamon murakkab darsi tuzilishiga uning quyidagi tarkibiy qismlari
turli kombinatsiyada va har xil hajmda kiradi:
1) uy vazifasini tekshirish
2) maxsus og`zaki mashqlar
3) o`quvchilar oldiga dars maqsadini qo`yish
4) bolalarni yangi materialni idrok qilishga tayyorlash
5) yangi materialni o`rganish
6) yangi materialni mustahkamlash
7) ilgari o`tilgan materialni takrorlash va mustahkamlash
8) darsni yakunlash va uyga vazifa berish
Har qaysi alohida darsga bu sanab o`tilgan elementlarni hammasi ham
kiravermaydi, ammo bularning hammasi ham bir mavzu bo`yicha darslar
tizimining zarur qismlaridir. Murakkab dars tipida darsning hamma bosqichiga
taxminan bir xil vaqt sarflanadi.
Murakkab darsning har bir tarkibiy qismini qarab chiqamiz.
1) Uy vazifasini tekshirish – darsning muhim qismi. Tekshirish tizimi yaxshi
yo`lga qo`yilsa uy vazifalarini bajarmaslik yoki qoniqarsiz bajarish haqidagi fikr
o`quvchi xayoliga ham kelmasligi kerak. O`quvchilarning uy ishlarini tekshirish
o`qituvchining zarur vazifasidir. Bu ishni bajarmay turib, o`quvchilarning o`tilgan
materialni qanday o`zlashtirganlari haqida yaqqol tasavvurga ega bo`lib bo`lmaydi.
Uy vazifalarini tizimli tekshirib borilmasa, ular o`z ma`nosini yo`qotadi.
O`qituvchi uy vazifasini doimiy tekshirib borishi bilan o`zining o`quvchining
o`quv faoliyatiga qiziqqanligini namoyon qiladi, topshiriqlarning bajarilishi
muhimligini ko`rsatadi, o`quvchilarning qilgan mehnatlariga nisbatan hurmatini
ko`rsatadi, shu yo`l bilan u o`quvchilarda uy vazifasiga nisbatan to`g`ri
munosabatni tarbiyalaydi.
Topshiriqlarning xarakteriga qarab uy vazifasini tekshirish shakli turli-tuman
bo`lishi mumkin. Agar uy ishi oldingi dars materiali va o`tilayotgan dars vazifalari
bilan tarkiban bog`lanmagan bo`lsa, u holda darsning boshidagina emas, balki
istalgan bosqichida tezgina qarab chiqish bilan cheklanish, ishning to`g`ri
bajarilganligini esa uyda qarash mumkin.
Agar uy ishi o`tilayotgan dars mazmuniga bog`liq bo`lsa yoki u oldingi
darsda o`rgatilgan yangi material bo`yicha berilgan bo`lsa, u holda javoblarning
to`g`riligini tekshirishning o`zigina emas, balki bajarilgan amallarni
o`quvchilarning tushuntirishlarini tinglash ham muhimdir. Bunda ushbu savollarni
berish muhimdir: « Nega?», « Qanday mulohaza qilding?», « Nimani bilib
olding?», «Yechimning to`g`riligini qanday tekshirding?» va hokazo.
Va, nihoyat, agar o`qituvchi uy ishini hatto bo`sh o`quvchilar ham uddasidan
chiqqanligiga ishonch hosil qilsa, u holda uy vazifalarini umuman tekshirmaslik
ham mumkin.
Uy vazifasini tekshirish ko`rinishlaridan yana biri tanlab tekshirishdir. Bu
o`rinda berilgan uy vazifasidagi eng asosiy, qiyin joylarni tanlab tekshirish nazarda
tutiladi. Uy vazifasini tekshirishning boshqa ko`rinishlari ham mavjud, masalan:
oldindan doskaga osib qo`yilgan asboblar bilan taqqoslash; berilgan
topshiriqdagiga o`xshash topshiriqlarning bajarilganini o`zaro tekshirish va
hokazo.
So`nggi yillarda og`zaki hisob bilan bog`lab berilgan uy vazifalarini
tekshirish boshlang`ich sinflarda keng tarqaldi. Masalan, ikkinchi sinf o`quvchilari
o`quv yili boshida uyda ushbu ko`rinishdagi misollarni yechishgan:
57 – 36 =21 91 – 28 = 63
57 + 27 = 84 48 + 22 = 70
48 + 14 = 62 39 + 12 = 51
Uy vazifasini tekshirishda og`zaki hisoblashlar bilan bog`liq bo`lgan bunday
savollarni berish mumkin:
1. 60 ni hosil qilish uchun qanday misolning javobiga 9 ni qo`shish
kerak?
2. Javobida nol bilan tugaydigan ikki xonali son hosil bo`lgan misolni
o`qing.
3. Javobi 24 dan 3 ta kam bo`lgan misolni ayting.
4. Javobi 6 ta II xona birligidan va 3 ta I xona birligidan iborat bo`lgan
misolni ayting.
5. Qiymati 8 o`nlik 4 birlikdan iborat sonli ifoda toping.
6. 32 va 18 sonlari yig`indisini 12 birlik ottiring. Uyga berilgan
misollarda shunday natija chiqdimi? Qaysi misolda?
2) Maxsus og`zaki mashqlar- matematikadan darsning zaruriy muhim qismi.
Ularning o`rni, odatda, darsning boshida. Ammo ularni dars o`rtasida ham
o`tkazish mumkin. Bunday mashqlarni dars oxirida bajartirish maqsadga muvofiq
bo`lmaydi, chunki o`quvchilar toliqib qolgan bo`lishadi. Misol va masalalargina
emas, balki algebra va geometriya elementlari ham og`zaki hisoblashlar uchun
material bo`lib xizmat qilmog`i kerak. Og`zaki hisoblashlar uchun mashqlar
tanlashda shunga intilmoq kerakki, bu mashqlar dars maqsadlariga javob bersin va
darsning yangi o`quv materialini tayyorlashga xizmat qilsin.
3) Dars maqsadlarini yetkazish (aytish). Aniq, lo`nda va tushunarli qilib
ifodalangan dars maqsadlari ko`p jixatdan dars materialini tushunib o`zlashtirishga
imkon beradi, o`quvchi fikrini zarur yo`nalishga solish imkonini beradi,
o`quvchilarning yangi materialni o`zlashtirishga bo`lgan qiziqishlarini ortiradi.
4) Yangi materialni o`rganishga tayyorlash. Ma`lumki, har qanday yangi
bilimlar har doim asosan ilgari olingan bir qator bilimlar, malakalari va
ko`nikmalarga asoslanadi. Shu sababli, yangi materialni o`rganish oldidan
o`quvchilar xotiralarida yangi materialni o`zlashtirish uchun kerak bo`ladigan
bilimlar va malakalarni tiklash kerak. Shu maqsadda o`qituvchi tayyorlash
mashqlarini tanlaydi. Yangi materialning qanchalik qiyinligiga qarab, bilim va
malakalarning qanday qo`shimcha tiklanishi zarurligiga qarab, o`qituvchi
tayyorlash mashqlarini o`tilayotgan dars (yani yangi material qaraladigan dars ) ga
yoki oldingi bir yoki bir necha darsga taqsimlaydi. Bunda tayyorlash mashqlarini
og`zaki mashqlarga va o`quvchilarning uy vazifalariga kiritish mumkin.
5) Yangi materialni o`zlashtirish- hozirgi zamon ko`pchilik darslarining
muhim tarkibiy qismidir. ,,Agar o`qitishning oldingi praktikasida, deb yozadi
mashhur metodist A.S. Pchelko, yangi bilimlarni tushuntirish nisbatan kam
sondagi darslarda amalga oshirilgan bo`lsa, endi esa bizning o`quvchilarimiz
ko`pchilik darslarda o`zi uchun biror yangilikni bilib oladi, bu esa uni yangi
bilimlar bilan qurollantiradi, aqliy doirasini kengaytiradi ``.
Yangi materialni o`rganishga nisbatan ijobiy emotsional munosabat
uyg`otish, bolalarning o`zlari yangi bilimlarni olishda bevosita ishtirok etishadigan
sharoitlarni yaratish muhimdir.
Misol. Ikki xonali sonni bir xonali songa ko`paytirish.
Yechish uchun ishbu misollar beriladi: 7*5, 63:9, 8*4, 9*8, 12*8
Oxirgi 12*8 misolini o`quvchilar yecha olishmaydi, chunki ular hali ikki
xonali sonni bir xonali songa ko`paytirish usuli bilan tanish emaslar. Muammoli
vaziyat hosil bo`ldi. O`quvchilardan biri yechish uchun ko`paytirish amalining
aniq mazmunini bilganlikka asoslanilgan tanish usuldan foydalanishni taklif qiladi:
12*8=12+12+12+12+12+12+12+12. O`qituvchi yechishga ko`paytirishdan
foydalanib ratsionalroq yaqinlashishni topishni taklif qiladi. Xususan, 12 sonini
qandaydir ikki qo`shiluvchining yig`indisi shaklida tasvirlash va shundan keyin
hosil bo`lgan ifodaning qiymatini yig`indini songa ko`paytirish xossasidan
foydalanib toppish kerak. O`quvchilar bir nechta varianti aytishlari mumkin:
(7+5)*8=7*8+5*8=56+40=96
(8+4)*8=8*8+4*8=64+32=96
(10+2)*8=10*8+2*8=80+16=96
O`quvchilar 12 sonini ikki sonning yig`indisi shaklida tasvirlashning
mumkin bo`lgan barcha usullarini taqqoslab, 12 ni xona birliklarining yig`indisi
shaklida tasvirlash osonroq ratsional hisoblash usuliga olib kelishiga ishonch hosil
qiladilar.
Yangi material ustida ishlash har xil metodlar bilan amalga oshirilishi
mumkin. Yangi materialni dastlabki o`zlashtirish metodlarini tanlashda bilimlar
tarkibining murakkabligidan: o`quvchilar umumiy rivojlanishining darajasidan:
ularning psixologik va yosh xususiyatlaridan; u yoki bu metoddan foydalanish
imkoniyatidan va metodning tarbiyaviy qimmatidan, yani bu metod bolalarning
bilish qobiliyatlarining, amaliy ko`nikmalarining rivojlanishiga qanchalik yordam
berishdan; dunyo qarashlarning va xarakterlarning ma`lum xususiyatlarini
shaklantirishga qanchalik yordam berishidan ; o`quvchining har tomonlama
faoliyatini qanchalik ta`minlashidan kelib chiqmoq kerak.
Bilimlarni muammoli bayon qilish, evristik xarakterdagi suhbat,
o`quvchilarning mustaqil va amaliy ishlari muhim tushuntirish metodlari jumlasiga
kiradi. Yangi materialni dastlabki idrok qilishda mustaqil ishlash metodidan
foydalanish muhimligini, ya`ni mazmuni bo`yicha o`z kuchlari yetadigan yangi
materialni o`quvchilarning mustaqil o`zlashtirishlarning muhim ekanini ta`kidlab
o`tish kerak.
Boshlang`ich sinflarda yangi materialni tushuntirishning asosiy yo`llardan
biri induktiv yo`ldir.
Yangi materialni qarashda ko`rsatma- qo`llanmalardan va o`qitishning
texnik vositalardan to`g`ri foydalanishning katta ahamiyati bor.
6) Yangu materialni mustahkamlash ham darsning muhim tarkibiy qismidir.
Yangi bilimlarni mustahkamlash jarayonida dastlabki malaka va ko`nikmalar
shakllanadi, yangi materialni qanday o`zlashtirilganligi qisqa mudatli mustaqil
ishlar o`tkazish bilan tekshiriladi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinadi.Yangi
matertialni mustahkamlash asosan mashq qildirish xarakteridagi va ijodiy
xarakterdagi mashqlar orqali amalgam oshiriladi. Yangi materialni
mustahkamlashga doir dastlabki mashqlar asosan o`qituvchi rahbarligida
kollektiv ravishda bajariladi.Ammo shuni nazarda tutmoq kerakki , bu
mashqlarni oldin kuchli o`quvchilar bajarishadi. Shunday qilinsa, qolgan
o`quvchilar yangi materialni yana bir marta idrok qilish imkoniga ega bo`lishadi.
Agar yangi material mazmuni bo`yicha sodda bo`lsa uni mustahkamlashni
o`quvchilarning mustaqil ish bajarishlaridan boshlash mumkin.
7) Ilgari o`tilgan materialni mustahkamlash.Pedagogika adabiyotda ushbu
so`zlarni o`qiymiz:
«Takrorlash zarurati o`quvchilarning o`rganilayotgan materialni puxta
o`zlashtirish vazifalardan o`quvchilarning eslab qolishigina emas, balki o`qitish
xususiyatiga ega bo`lgan xotiralarning rivojlanish xususiyatlaridan , ko`p martalab
takrorlashni talab qiluvchi malaka va ko`nikmalarning hosil bo`lish
qonuniyatlaridan kelib chiqishi bilan asoslanadi». Darslarni takrorlash bilan
tushuntirish yangi o`rganilayotgan materialni ilgari o`tilganmaterial bilan bog`lash
lozim,
.Shuni ta`kidlash kerakki, takraorlash bu ilgari o`tilganlarni to`g`ridan-
to`g`ri qayta tiklash bo`lmay balki bunda «eskiga» boshqa pazitsiyalardan qarash,
masalan, yangi material nuqtai nazardan qarash imkonini beruvchi biror yangilik
albatta paydo bo`lishi kerak.Qanday qilinganda takrorlash samaradorroq
bo`ladi.Balki o`quvchini shunday talablar bilan qo`mib tashlash kerakki, u aktiv
aqliy faoliyat qilsin,takrorlanayotgan material qatnashgan ilgari hech bir
bajarilmagan mashqlarni bajarishda qatnashsin.
8) Uyga vazifa. Uyga beriladigan topshiriqlar darsdan mustaqil vaqtlarda
o`quvchilar mustaqil ishlarni tashkil qilish shaklida bolishi zarurdir. Bunda uy
vazifalarning o`quvchilar kuchlariga mos kelishi lozimligi talabi ayniqsa
muhimdir. Shuningdek .topshiriq mazmuniga oid va uni bajarish metodikasiga
doir aniq ko`rsatmalar muhimdir.Uy vazifalarni o`qituvchi dars o`rtasida yoki
boshqa qismida beri mumkin faqat dars oxirida berish maqsadga muvofiq
kelmaydi,chunki bu vaqtda o`quvchilarning diqqatlari bo`shashib
qoladi.Odatda,uy vazifalarini o`qituvchi qisqa shaklda doskaga yozadi, o`quvchilar
esa o`z kundaliklariga yozib oladilar.
9) Darsni yakunlash.Darsni tashkiliy ravishda aniq yakunlash darsning
mantiqan butunligini ta`minlashda katta ahamiyatga egadir.Dars oxirida
o`qituvchi o`quvchilarga darsning asosiy maqsadini eslatib bolalarga savollar
berish yo`li bilan darsni yakunlaydi.O`qituvchining savollari mujmal,noaniq
bo`lmasligi kerak. Masalan, bolalardan darsda nima qildilaring deb so`ralsa ,ular
beradigan javob ham umumiy xarakterga ega bo`ladi va taxminan bunday
bo`ladi:»Biz bugun misollar,masalalar yechdik…» Shu sababli bu o`rinda aniqroq,
masalan, bunday savollar o`rinli: «Darsda nima qilishni o`rgandingiz?» «Qanday
yangiliklarni bilib oldingiz?» va hokazo.
Oxirida shuni ta`kidlaymizki ,»Murakkab tipdagi takrorlash va ilgari
o`rganilganlarni tekshirishga yangi materialni o`rganishga va uni
mustahkamlashga taxminan bir xil vaqt sarflanadi. Bunda ko`pincha o`qituvchi
ilgari o`rganilganlarni mustahkamlash bilan bir vaqtda bolalar bu materialni
qanday, o`zlashtirganliklarini tekshiradi. Yangi materialni o`rganish bilan yo`l-
yo`lakay bu material bo`yicha olingan bilimlar, malakalar va ko`nikmalar
mustahkamlanib boradi. Mustahkamlash keyingi mavzuni o`rganishga tayyorgarlik
bilan qo`shib olib boriladi va h.k. Shu bilan o`quvchilarning dars davomidagi faol
ishlari ta`minlanadi.
Yangi materialni o`rganish darslari. Murakkab tipdagi darslarda yangi
materialni tushuntirishga taxminan 10-15 daqiqa vaqt beriladi. Ammo yangi
materialni o`rganish usul va metodlari har xillashtirilsa, boshlang`ich sinflarda
tushuntirishga 20-25 daqiqa vaqt ajratish mumkin. Bu holda yangi tip dars – yangi
materialni tushuntirish darsi hosil bo`ladi.
Yangi materialni o`rganish darsining tuzilishi:
1. Uyga berilgan vazifani tekshirish (agar uy vazifasi o`quvchilarni yangi
materialni o`rganishga tayyorlovchi materialni o`z ichiga olgan bo`lsa, bu
tekshirish ayniqsa zarur).
2. O`quvchilarga darsning maqsadini yetkazish.
3. Yangi materialni o`rganishga tayyorlanish.
4. Yangi materialni o`rganish.
5. Yangi materialni dastlabki puxtalash.
6. Yakunlash va uyga vazifa berish.
Murakkab va yangi materialni tushuntirish darslari tuzilishlarini taqqoslab
ular deyarli bir xil ekanini ko`ramiz. Bunda farq shundaki, yangi materialni
tushuntirish darslarida asosiy vaqt yangi materialni o`rganishga beriladi.
Bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni mustahkamlash darslari. Yuqorida har
bir darsda bolalar yangi bilimlarni olib ilgarilab borishlari haqida gapirilgan
edi. Ammo shunday darslar ham borki, ularning asosiy qismlari ilgari
olingan bilimlarni mustahkamlashga yo`naltirilgan bo`ladi. Bunday darslar
bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni mustahkamlash darslari deb ataladi.
Mashqlar, amaliy va mustaqil ishlar bilimlarni mustahkamlashning asosiy
vositasi hisoblanadi. Shu sababli mustahkamlash darslarining tuzilishi taxminan
shunday bo`lishi mumkin:
1. Dars maqsadini qo`yish.
2. Uy vazifasini tekshirish va o`rganilgan materialni mashqlar, amaliy,
laboratoriya ishlari va mustaqil ishlar tariqasida mustahkamlash.
3. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.
O`tilganlarni takrorlash darslari. Takrorlash darsining tuzilishi xuddi
mustahkamlash darsining tuzilishidek. Boshlang`ich sinflarda o`tiladigan istalgan
matematika darslarida biror darajada ilgari o`tilganlarni takrorlash va
mustahkamlash bo`ladi. Takrorlash bilan mustahkamlash ko`p jihatdan o`xshash ,
ammo darslarni tashkil qilishda ularning farqini ko`ra bilish zarur. Odatda, ba`zi
qoida va qonunlar bevosita yangi materialni o`tib bo`linishi bilan
mustahkamlanadi. Mustahkamlash vaqtida dastlabki malakalar va ko`nikmalar
shakllanadi. Takrorlash darslarida esa asosan o`quv materiali tizimga solinadi va
umumlashtiriladi.
Bir qancha takrorlash turlarini bir-biridan ajratadilar:
1. O`quv yili boshida va kundalik takrorlash darslari. Taxminan ikki
hafta davomida birinchi sinfdan tashqari hamma sinflarda (birinchi sinflarda
dastlabki 5-6 ta dars o`tgandan keyin) takrorlash bajariladi, bu takrorlashning
maqsadi o`tgan o`quv yilida olingan bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni xotirada
tiklashdan iborat.
2. Mavzuviy takrorlash darslari. Boshqa o`quv predmetlarining dasturlari
kabi matematika dasturi ham alohida mavzularga bo`lingan. Mavzu bo`yicha
materialni takrorlash (o`qituvchi boshchiligida ) bilan o`quvchilar asosiy nazariy
qoidalarini ajratadilar, mashqlar va masalalar sismavzusini yechadilar.
3. Umumlashtiruvchi takrorlash darslari: chorak bo`yicha takrorlash;
yarim yil bo`yicha takrorlash; bir yil bo`yicha takrorlash.
Bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni tekshirish va hisobga olish darslari.
O`quvchilarning bilimlari, malaka va ko`nikmalarni tizimli tekshirish har bir
darsda bajariladi. Bundan tashqari, bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni
tekshirishga alohida darslar ajratiladi. Bunday darslar dastur mavzusi yoki
bo`limini tugallaydi. Bu xil darslarning tuzilishi quyidagicha;
1) dars maqsadini aytish;
2) kontrol ishning mazmuni bilan tanishtirish;
3) ishni bajarishga oid qisqacha yo`l-yo`riq berish;
4) o`quvchilarning ishlarni mustaqil bajarishlari;
5) ishni yig`ib olish (qo`ng`iroqqacha 3-5 daqiqa oldin)
Muammoli dars. Keyingi yillarda keng tarqalgan muammoli o`qitish
muammoli dars deb ataluvchi yangi tip dars paydo bo`lishiga olib keldi.
Muammoli dars muammoli vaziyat bo`lishini nazarda tutadi. Bunday dars umumiy
didaktik talablarga javob berishi va odatdagi darsning uy vazifasini tekshirish;
maxsus og`zaki mashqlar; o`quvchilar oldiga dars maqsadini qo`yish; yangi
materialni o`rganishga tayyorlash; yangi materialni va ilgari o`tilgan materialni
mustahkamlash; darsni yakunlash va uyga vazifa berishdan iborat butun tarkibiy
qismini o`z ichiga olishi kerak. Matematikadanni odatdagi o`qitishda ham,
muammoli o`qitishda ham darsning tuzilishi masalasi darsning maqsadlarini,
mazmunini, o`qitish Metodlarini o`quvchilarning yosh va individual
xususiyatlarini hisobga olgan holda hal qilinishi kerak.
Muammoli darsda ushbu bosqichlarini ajratish mumkin:
1. Muammoli vaziyat hosil qilish. Bu bosqich boshqa bosqichlarga nisbatan
tayyorgarlik bosqichi bo`lib,o`quvchilarni muammo mohiyatini tushunib olishga
olib kelishi,o`quvchilarni bu muammoning hal bo`lishiga qiziqtira olishi kerak.
2. Qo`yilgan muammoni hal qilish. Bu ushbularni nazarda tutadi:
a) muammoni muhokama qilish,xususiy muammolarni olg`a surish,
muammoni hal qilish uchun maqsadga muvofiq yo`nalishlarni ishlab chiqish;
b) belgilangan yechish rejasini detellashtirish;
g) yechish natijalarini chiqarish va oxirgi natijani olish,
Bu bosqichda o`qituvchining roli o`quvchilarni ishlashga jalb qilish,
ularning izlash xarakteridagi ishlariga rahbarlik qilishdan iborat.
3. Maxsus tanlangan mashqlarni bajarishda olingan bilimlarni amalda
tadbiq qilish.
4. Bajarilgan ishlarga yakun yasash.
Matematikadan muammoli darsni tashkil qilishning sxemali rejasi
jo`shqindir-u yoki bu o`quv muammosining aniq xarakteristikasiga qarab u to`la
yoki qisman bajariladi,rejaning ayrim punktlari birlashtirilishi mumkin va hokazo.
Misol tariqasida II sinf o`quvchilarini jadvaldan tashqari bo`lishning 42:3
ko`rinishi bilan tanishtirishga oid moammoli darsdan bir bo`lagini qaraymiz.
1. Muammoli vaziyat hosil qilish. Siz,masalan, 46 ni 2ga bo`la olasizmi?
Buning uchun biz 46 sonini uning xona qo`shiluvchilari (40 va 6) yig`indisi bilan
almashtiramiz, so`ngra yig`indini songa bo`lish qoidasidan foydalanamiz.
Hozir biz bir muncha qiyinroq misolni qaraymiz. 42 ni 3ga bo`lish zarur
bo`lsin. O`zimizga tanish usulni qo`llanib ko`ramiz:
42 sonini uning xona qo`shiluvchilari yig`indisi bilan almashtiramiz(40+2).
Ko`rib turibmizki, o`nliklar soni ( 4 ) ham, birliklar soni ( 2) ham 3 ga
bo`linmaydi. Demak, bo`lishning bizga tanish usulini bunda qo`llanib bo`lmas
ekan. Balki 42 soni umuman 3 ga bo`linmas. Muammoli vaziyat hosil qilindi.
2. Qo`yilgan muammoni hal qilish. Muammoni hal qilish uchun taxminan
bunday mulohazalar yuritiladi ( xulosalar chiqarishga shoshilmaymiz; hal
qilishning boshqa yo`lini qidirib ko`ramiz. Cho`plardan foydalanamiz: 42 soni 4 ta
o`nlik ( 4 bog`lam ) cho`pdan va alohida 2 ta cho`pdan iborat. 4 ta o`nlik 3 ga
bo`linmaydi, ammo 3 ta o`nlikni 3 ta teng qismga bo`lish mumkin. 42 ni 2 ta
qo`shiluvchiga ajratamiz ulardan biri 3 ta o`nlik, ikkinchisi esa 1 ta o`nlik va 2 ta
birlikdan iborat. Shunday qilib, 42 ni 3 ga qanday bo`lish mumkin ekan? Oldin bu
sondan 3 ga bo`linadigancha o`nliklarni olamiz, so`ngra qolgan birliklarni
bo`lamiz. Bu xolda ham bo`linuvchini yig`inda bilan almashtiramiz, so`ngra esa
oldingidagidek, bu yig`indini bo`luvchiga bo`lamiz. Bu holda xona
qo`shiluvchilari to`g`ri kelmaydi. Shu sababli qulayroq qo`shiluvchilarini izlaymiz.
Qo`shiluvchilardan biri shuncha o`nlikdan iborat bo`lishi kerakki u bo`luvchiga
qoldiqsiz bo`linsiz. Butun mulohazaning borishini bunday yozish mumkin.
42:3=(30+12):3=30:3+12:3=10+4=14
3. Yangi bilimlarni amalda qo`llanish. Yangi bilimlar 72:6, 52+4, 34:2 va
shu tipdagi boshqa misollarni yechishda amalda qo`llaniladi
4. Qilingan ishni yakunlash. Bolalar ikki xonali sonni bir xonali songa
bo`lishga oid yangi xil bir nechta misolni yechish natijasida o`qtuvchi rahbarligida
binday misollarni yechishda bo`linuvchini qulay qo`shiluvchilar (xona
qo`shiluvchilari emas) yig`indisi shaklida tasvirlash kerak, degan xulosa
chiqaradilar. Bunday qulay qo`shiluvchilar shunday tanlanadiki, ulardan biri
bo`luvchiga qoldiqsiz bo`linadigan sondagi o`nliklardan iborat bo`ladi.
Dars o`tkazish metodikasini egallab olishda tajribali o`qituvchilar darslariga
qatnashish va shu darslarni analiz qilish, shuningdek, o`zining darslarini analiz
qilish katta ta`sir ko`rsatadi.
Matematikadan darsining tahlili ushbu yo`nalishlarda amalga oshirilishi
mumkin:
1. Berilgan mavzu bo`yicha darslar tizimida darsning o`rin va rolini
aniqlash, bu dars mazmunini, uning tarkibini, ishlash metodlari va usullarini to`g`ri
baholashga yordam beradi
2. Darsning asosiy didaktik maqsadlarini, ta`limiy va tarbiyaviy
maqsadlarini aniqlash va asoslash.
3. Darsning har bir qismi mazmuning va uni o`tkazish metodikasining
tahlili; dars materiali mazmunining ta`limiy tarbiyaviy maqsadlariga mos kelishi,
dasturga mos kelishi; materialning ilmiy va g`oyaviy yo`nalganligi o`quvchilar
kuchlari va bilimlariga mos kelishi, ularning yosh xususiyatlari, rivojlanish va
matematika yuzasidan bilimlarini o`zlashtirish darajalari, intellectual
imkoniyatlariga mos kelishi; o`rganilayotgan materialning hayot bilan,
o`quvchining shaxsiy tajribasiga, jamiyat qurilish tajribasiga bog`liq o`qitish
metodlarining darsning mazmuni va maqsadlariga mos kelishi; metodlarng
o`quvchilarda turg`un qiziqishlar shaklantirishga o`quvchilarning mustaqilliklari
va aqliy faoliyatlarini faollashtirish.
4. O`quvchilar faoliyatlarini tashkil qilishni bahollash; o`quvchilar
individual va kallektiv ishlarini birga olib borish; o`quvchilarga differensial
yaqinlashish.
5. O`qitishning har xil vositalari darslik, didaktik materiallar, rasmlar,
sxemalar,chizmalar va hokazolarning rolini aniqlash.
6. O`qtuvchi qiyofasi
7. Darsning umumiy bahosi. Keltirilgan savollar ro`yxati dars tahlilining
taxminiy yo`nalishini beradi.
O`quvchilarning uy ishlari
Uy ishlari bu o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil,
individual ishlarini tashkil qilish formalaridan bittasi.
Uy ishining bajarilishida u yoki bu material takrorlanibgina qolmay,balki
muhim malaka va ko’nikmalar shakllanadi,bu esa o`quvchilarni mustaqil
faoliyatining eng muhim qismidir. To`g`ri tashkil qilingan va mustaqil
bajariladigan uy ishining borishida va natijasida shaxsning xafsalaligi va mexnat
sevarligi, uyushqoqligi, intizomliligi, batartibliligi, topshirilgan ish uchun
ma`suliyatni his etishi shaklanadi va rivojlanadi, o`z faoliyatini rejelashtirish
malakasi, o`z-o`zini nazorat qilish ko`nikmalari mukammalashadi. Uy ishlarini
tashkil qilish ushbu talablarga javob berishi kerak.
1. Uyga beriladigan vazifalar o`quvchilarning kuchlari va bilimlariga
mos kelishi kerak. Shu sababli birinchi sinf o`quvchilarida mustaqil ish
ko`nikmalarini hosil qilish ma`lum vaqt talab qilinishini hisobga olib o`quv yilini
birinchi yarmi davomida uyga vazifa berilmaydi. Ikkinchi yarim yildan boshlab
uyga beriladigan vazifalar sinfda bajarilganlaridan soddaroq va o`quvchilar
uddalay oladigan bo`lishi kerak. Uyga qiyinroq vazifalar berilishi o`quvchilarga
og`irlik qiladi, natijada ular bu vazifalarni boshqalarning yordamisiz bajara
olmaydilar.
2. Uy vazifalarini sismavzuli ravishda berish kerak. Haftaning oxirgi
kunlari va bayram oldi kunlari bundan mustasnodir.
3. Uy vazifalarining hajmi hamma predmetlar bo`yicha ularni bajarishga
ajratilgan ma`lum vaqt me`yoridan oshmasligi kerak: 1- sinfda hamma vazifani
bajarishga 1 soatgacha; 2-sinfda 1,5 soatgacha; 3-sinfda 2 soatgacha ajratiladi.
Matematikadan uchun bu vaqt 20 daqiqagacha bo`lishi mumkin.
4. Kichik yoshgacha maktab o`quvchilariga uy vazifasini qanday
bajarishga doir ko`rgazmali ko`rsatmalar berish zarur. Eng oldin o`quvchi uchun
uy vazifasining maqsadi aniq bo`lishi kerak. O`qtuvchi o`quvchilarga uyda nima
qilish kerakliginigina ko`rsatib qolmay, balki nimaga alohida e`tibor berishi
kerakligi, uchragan qiyinchiliklarni qanday bartaraf qilish, misol va masalalarning
yozilishi qanday bo`lishini, bajarilgan vazifani o`quvchini o`zi qanday tekshirishi
mumkinligiga oid ko`rsatmalar ham berishi kerak.
5. Har qanday uy ishi o`qtuvchi tomonidan tekshirilgan bo`lishi
kerak.(uy vazifalarini tekshirish formalari haqida yoqorida gapirilgan edi )
6. Uy vazifasini tashkil qilishga niabatan muhim talab uning ko`rinishi
va mazmuni turli-tuman bo`lishidir. Uy vazifasi faqat, misollar va masalalar
yechishnigina emas, balki topshiriqlarning boshqacha turlarini ham o`z ichiga
olishi kerak. Bu turlar ushbulardan iborat: ifodalarni taqqoslash, tenglamalar
yechish, geometrik xarakterdagi topshiriqlar va h.k. Uy vazifasiga ijodiy xarakter
berish va o`quvchilarda unga qiziqish uyg`otish uchun uyga beriladigan
topshiriqlarning mazmuniga muammoli xarakteridagi topshiriqlarni, masalalarni
har xil usullari bilan yechishni, masalalar tuzish va ularni almashtirishlarni va
hokazolarni kiritish kerak. Ravshanki, yuqorida aytib o`tilgan topshiriqlarni uy
vazifasiga kiritish uchun sinfda tegishlicha tayyorgarlik ko`rish kerak. Shu bilan
birga beriladigan topshiriqlar asosan ushbu funksiyalarni bajarishlari lozim:
bilimlarni va amaliy malakalarni mustahkamlash imkonini berishi kerak; olingan
bilimlarni umumlashtirish va ijodiy qo`llanishga yordam berishi kerak; navbatdagi
darslarda yangi materialni o`zlashtirishga o`quvchilarni tayyorlashi kerak. Uy
vazifasida beriladigan topshiriqlar dars materiali bilan qanday munosabatda
bo`lishi kerak. ,, Bu masala, deb yozishadi M.I.Moro bilan A.M. Pishkalo, - har bir
aniq holda har xil hal qilinishi kerak: masalan, darsda yangi, ammo nisbatan oson
hisoblash usuli qaralgan va shu bilan birga o`qituvchi kiritilgan usulni
mustahkamlashga ham ulgurgan bo`lsin. O`qituvchi bolalar yangi materialni
tushunganliklariga va shunga o`xshash mashqlarni mustaqil bajara olishlariga
ishonch hosil qiladi deylik. Bu holda uy vazifasiga darsning o`zida qarab chiqilgan
mashqlarga o`xshash mashqlarni kiritish maqsadga muvofiq bo`ladi.
O`quvchilarning uy ishlari darsda bajarilgan ishning tabiiy logik davomi bo`ladi va
unda olingan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Agar darsda o`zlashtirilishi uchun o`qituvchi rahbarligida uzoq vaqt
ishlashni talab qiladigan qandaydir yangi, holatlarning tushunib olishlari uchun
qiyinlik qiladigan tushuncha, qoida, masala birinchi marta kiritilayotgan bo`lsa,
unda ish boshqacha bo`ladi. Bu holda o`qituvchi bolalarning uy ishlariga yangi
materialni kiritib xatoga yo`l qo`yishi mumkin. Uy ishi uchun mashq tanlashda
ilgari o`tilgan materiallardan qaysilari keyingi darsda yoki undan keyin o`tiladigan
darslarida kerak bo`lishini hozir qaralayotgan masalalarni yaxshi tushunishga asos
bo`lganini o`ylab ko`rishi kerak.
7. Hamma o`qivchi o`z imkoniyatlariga qarab har doim topshiriq olish
uchun uy ishlarini individuallashtirishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
8. O`qivchilar uy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishlarini muhim sharti
ota-onalarga, o`qivchilarga o`z kuchlari yetganicha va maqsadga muvofiq yordam
haqidagi maslahatlardir.
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |