Tarbiyachining muloqot madaniyati



Yüklə 107,5 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü107,5 Kb.
#168537
Tarbiyachining pedagogik muloqoti-fayllar.org


Tarbiyachining muloqot madaniyati.

Reja:
1. Kirish.


Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o'rni…………………………………..5 

2. Pedagog - tarbiyachi shaxsini shakllantirish…………………………………12 

3. Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati………………………………….20 

4. Tarbiya tamoyillari………………………………………………………….32 


KIRISH 

Muloqot – insonlarning bir-birlari bilan axborot almashish jarayoni. 

Ilmiy manbalarda uning kommunikativ

, interaktiv va perseptiv jihatlari borligi 

aytiladi. Muloqotning kommunikativ jihati deyilganda, suhbatdoshlarning o‘zaro 

axborot almashuvi, interaktiv jihati deyilganda


, ularning ekstralingvistik omillar 

yordamida bir-birlariga o‘zaro ta’sir o‘tkazishi, perseptiv jihati deyilganda suhbat 

jarayonida bir-birlarini anglashga intilishi nazarda tutiladi. 

Pedagogik muloqot esa ana shu muloqot turlaridan biri bo‘lib, pedagogik faoliyat 

jarayonida yuzaga keladi. «Pedagogik muloqotda ta’lim psixologiyasi, tarbiyaning 


psixologik asoslari, o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari
o‘qituvchi psixologiyasi, maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonlarini boshqarish muhim o‘rinni 
egallaydi». 

A.Xoliqov «Pedagogik mahorat» o‘quv qo‘llanmasining «O‘qituvchi 

faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi» deb nomlangan 6-bobida 

pedagogik muloqotda muomala madaniyati masalasini tahlil qilgan. Muallifning 

ta’kidlashicha, o‘quvchining intellektual rivojlanishida o‘qituvchining muloqot 

madaniyati va muomalasi muhim ahamiyatga ega. O‘quvchi ma’naviy muhitining 

shakllanishi o‘qituvchining yuksak axloq namunasi orqali namoyon bo‘ladi. 

Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va xatti-harakatlari 

o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. 

Shuningdek, muallif buning aksi – o‘qituvchi subyekti bilan, o‘quvchi 

obyekti o‘rtasidagi qattiq avtoritar intizom o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy 

ta’sir etishi mumkinligini ham aytadi. O‘qituvchining shirinsuxanligi, ochiq 

chehrali bo‘lishi, samimiy muomalasi muloqotda ijobiy 

natijalarga erishish 

kalitidir

, deydi u. O‘qituvchining muloqot madaniyati bunda o‘qituvchi 

mahoratining uchta jihatiga alohida e’tibor qaratiladi: hayotiy tajribasi; pedagogik 

faoliyat jarayonida egallagan ko‘nikma va malakasi; muayyan o‘quvchilar jamoasi 

bilan muomalada bo‘lish tajribasi. 

S.Xo‘janazarova va M.Oripovalar esa «O‘qituvchilarda muloqot 

madaniyatini shakllantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning 
4 pedagogik asoslari» nomli maqolasida masalaga ilmiy-metodik jihatdan yondashib
o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan muloqot madaniyati individual uslublarini 

shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga olishligini ko‘rsatadi: 

1. O‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining 

individual shaxsiy xusysiyatlarini o‘rganishi o‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini 

mustaqil tahlil qilish, har tomonlama tavsif berish o‘qituvchilarning muloqotni 

to‘g‘ri tashkil etishi asosida amalga oshadi. 

2. Shaxsiy muloqotda ro‘y beradigan kamchiliklarni aniqlash va darhol 

ularga barham berish choralarini izlab topish: muloqotda qo‘pollik, mensimaslik va 

boshqa salbiy holatlarni yengish. 

3. O‘qituvchilar o‘zlari uchun muloqot madaniyatining qulay bo‘lgan 

uslublarini ishlab chiqishga doir faoliyatni olib borish va o‘z-o‘zini kuzatish bilan 

yutuq va kamchiliklarini taqqoslash. 


Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi shaxsiga 

qo'yiladigan talablar :

1.1. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o'rni. 

Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib 

tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. 

Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda 

jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy 

yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini 

o‘sishiga yordam beradi.

Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini 

bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, 

umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini 

egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagogik 

tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani 

har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. 

Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning 

faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib, kamolot sari 

yetaklashdagi erishgan yutuqlari uchun va tarbiyachilar, metodist, katta, metodist 

tarbiyachi va boshqa shunga o‘xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga 

respublika miqyosidagi unvonlar beriladi. Xalq ta’limi xodimlari orasidan 

respublika, viloyat, tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga bo‘lgan 

chuqur hurmat va ehtiromni bildiradi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub 

islohotlar bugungi kunda bog‘chada, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda 

oliy o‘quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me’yorlari va 

qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko‘nikmalarini har 

tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun o‘sib kelayotgan 

yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni 

tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, 

ularni jismoniy sog‘lom ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo‘yildi.

Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumta’lim 

maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang‘ich bo‘limi bo‘lgan bolalar 

bog‘chalari muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun har bir tarbiyachi o‘zini talab va 

nazorat qila bilishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo‘ygan 

talablarni amalga oshirishning garovidir.

Bunga quyidagilar kiradi: 

1. Bolaning sog‘lig‘ini saqlash va mustaqkamlash.

2. Aqliy qobiliyatini o‘stirish.

3. Milliy

qadriyatimiz

va

ma’naviyatimizning



g‘oyaviy-aqliy 

tamoyillariga mos keluvchi e’tiqod va qarashlarini tarkib toptirish.

4. Ona vatanga muhabbatini, ijtimoiy faollikni shakllantirish.

5. Yosh avlodda o‘rtoqlik, do‘stlik hissini halollik

va mehnatsevarlikni tarkib 

toptirish.

Demak, yuqorida keltirilgan sifatlarni tarkib toptirish o‘sib kelayotgan yosh 

avlodni tarbiyalash vazifasining hamma tomonlarini qamrab ololmaydi. Lekin 

tarbiyachi ishlarga asoslanib, bolalarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlash 

ishini ma’lum bir maqsad bilan samaraliroq amalga oshirish mumkin. Mustaqillik 

munosabati bilan va tarbiyachilarning ma’naviy o‘sishlariga va moddiy ahamiyat 

berilmoqda. Masalan, Respublikamizda 1992 yil 1 oktabrni murabbiylar kuni deb 

nomlanishi hamda xalq maorifi xodimlarining maoshlari oshirilib, turmushlari 

yaxshilanib bormoqda. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov o‘zining “Buyuk 

kelajagimizning huquqiy kafolati” nomli risolasida shunday yozadi: “Tarbiyachi 

— ustoz bo‘lish uchun boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma’rifat ziyosidan 

bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng 

avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana 

shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”. Demak, bola shaxsini 

shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning 

shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Shunga ko‘ra 

tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi 

mehnat faoliyatida, ular bilan bo‘ladigan muomalada, muloqotda ibrat, namuna 

bo‘lishi bolani har tomonlama diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy 

xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedogogik nazokatini namoyon qilishi, 

bolalarning xulq-atvori ish natijalarini haqqoniy baholashi va ularga o‘z vaqtida 

yordam ko‘rsata olishi hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi. 

Demak, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish 

respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash 

ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachi murabbiylarning 

ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog‘likdir. Bolani tarbiyalash 

nihoyatda qiyin va murakkab jarayon bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga 

jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Xususan, qadimgi Gretsiya va Rim 

tarixidan yaxshi bilamizki, miloddan avvalgi davrlarda ham yosh avlod tarbiyasi 

o‘zining ma’naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati bilan jamiyat a’zolari o‘rtasida 

yuksak hurmat ehtiromga sazovor bo‘lgan kishilar, ya’ni donishmandlar 

zimmasiga ishonib topshirilgandir. Ushbu holat yosh avlod tarbiyasi uning tashkil 

etilishi mazmunini faqat shaxs kamolotini emas, balki jamiyat taraqqiyotini 

ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. O‘zbekiston 

Respublikasida ham tarbiyachi-murabbiy kadrlarni ma’naviy qiyofasi, aqli 

salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo‘yilmoqda.

Ayniqsa, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. 

Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida (1997 yil 

29 avgust) so‘zlagan nutqida shunday fikrlarni bildiradi, ularga, albatta, diqqatni 

qaratish maqsadga muvofiqdir. “Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, 

ularning ma’lumotini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga 

duch kelmoqdamiz... tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim berishi uchun 

avvalo, murabbiyning ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak”. Yuqoridagi qayd 

etilgan fikrlardan bugungi kun tarbiyachisi shaxsiga nisbatan qo‘yilayotgan 

talablarning naqadar muhimligini anglash lozim. Demak, tarbiyachi-maxsus 

pedagogik, psixologik va mutaxassisligi bo‘yicha yetuk bilimli va yuksak fazilatli 

shaxs sanaladi. Shuning uchun zamonaviy tarbiyachi murabbiy qiyofasida quyidagi 

fazilatlarni namoyon eta olishi kerak. Zamonaviy murabbiy o‘zini mutaxassisligi 

bo‘yicha chuqur puxta bilimga ega bo‘lish, o‘z ustida tinimsiz ishlashi kerak. 

Tarbiyachi maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiya, fiziologiya 

fanlarining asoslarini bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning yoshi va 

psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etishi kerak. 

Tarbiyachi ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalaridan unumli 

foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Tarbiyachi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi 

kommunikativlik layoqatiga ega bo‘lish, pedagogik texnika, nutq, yuz, qo‘l, oyoq 

va gavda harakatlari, mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur 

o‘zlashtirib olish lozim. Tarbiyachi bolalarni ko‘zata oladigan, ularni xulqi, xatti-

harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ta’sir etuvchi vositalarni qo‘llay 

oladigan bo‘lishi kerak.

Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun 

tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi va uning nutqi quyidagi 

xususiyatlarda aks ettira olishi kerak. 

• Nutqning aniqligi.

• Nutqning irodaviyligi.

• Nutqning sofligi (uning turli sheva so‘zlaridan xoli bo‘lib), faqat adabiy tilda 

ifoda etish, jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so‘zlar), 

varvarizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqqa o‘zga millatlarga xos 

so‘zlarning o‘rinsiz qo‘llanilishi), vulgarizm (harakat qilish, so‘kishda 

qo‘llaniladigan so‘zlar) hamda konselyarizm (o‘rinli bo‘lmagan vaziyatlarda 

rasmiy nutqda so‘zlash) so‘zlaridan xoli bo‘lishi va pedagogning nutqi sodda, 

ravon va tushunarli bo‘lishi kerak.

Pedagog olimlarning tarbiyachi shaxsi tugrisidagi fikrlari 

Qadimgi dunyo filosofiya sistemalaridan boshlab pedagogikaning fan sifatida 

shakllanish jarayoni nazariy tafakkurning taxmin va fikrlashlaridan ilmiy 

bilim sari harakat qilish jarayoni yuz beradi.

Har qanday fan tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining obyektiv qonunlari 

to‘g‘risidagi bilimlarning yakunidan, jamlashidan ishonarli va umumlashgan 

bilimlar sistemasidan iborat bo‘ladi.

“Pedagogika” so‘zi yunon tilidan aynan tarjima qilinganda “bolashunoslik” 

yoki “bola yetaklash” degan ma’noni anglatadi.

Pedagogik g‘oyalar Aflotun (er.ol.427 - 347 yillar) Arastu (er.ol.384322y) 

Plutarx (tax.416-tax.327 yillar) Kvintilian (35-95 yillar chamasi) ning falsafiy va 

siyosiy asarlaridek, gumanist pedagoglar, sotsial utopistlar T.Mor (1478-1535 ) 

asarlarida namoyon etila boshladi.

Mukammal pedagogik sistemani Yan Amos Komenskiy yaratdi. U o‘z 

davrining ilg‘or g‘oyalariga tayangan holda “hammaning hamma narsaga 

o‘rgatish" to‘g‘risida da’vat bilan chiqdi. Uning “Buyuk didaktika” degan katta 

risolasi nazariy pedagogikaning ilk asarlaridan hisoblanadi. Pedagogikaning ilmiy 

asoslarini tuzishga J.J.Russo (1712-1858), (I.G.Pestolotsiy, A.Destervenrg, 

R.OUEN (17711-1858), A.N.Radishev (1749-1802), V.G.Belinskiy, A.Gersen,

I.I.Pirogov, N.G.Chernishevskiy (1822-1899), N.D.Dobrolyubov ko‘p 

yordam qildilar. Pedagogika nazariyasining rivojlanishiga K.D.Ushinskiy buyuk 

hissa qo‘shdi. Uni rus pedagogikasining otasi deb atashadi. Har qanday fanning 

ajralib turishi va normal faoliyat ko‘rsatishi uchun uning o‘zida muqarrar shart 

bo‘lib hisoblanadi.

Pedagogika ta’lim tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va o‘quvchilarning 

yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatadi. Tarbiyaning 

tarkibiy qismlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ochib beradi. Shu asosda 

ta’lim tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi 

rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi.

Shuningdek u maktab, hunar-texnika bilim yurti va maktabdan tashqari 

tarbiya muassasalari xodimlarini ham nazariy, ilg‘or tajribalar bilan qurollantiradi. 

Ota-onalarga yoshlarni to‘g‘ri tarbiyalash, o‘qitishdagi mahoratini yanada 

takomillashtirish yo‘lida amaliy tavsiyalar beradi.

“Pedagogika” faniga tavsif berilganda “ta’lim”, “tarbiya”, hamda “ma’lumot” 

degan so‘zlarni ishlatdik. Bu so‘zlar o‘zaro bog‘langan bo‘lib, bir birini 

to‘ldiradilar. Ularni pedagogikaning asosiy kategoriya tushunchalari deb qaraymiz.

Bulardan tashqari “o‘quvchi”, “o‘qituvchi”, “usul”, “intizom”, “jamoa”, 

“irsiyat”, “muhit”, “direktor” va hokazo tushuncha - nomlar mavjudki, bu haqida 

mavzular yuzasidan fikr yuritilganda alohida to‘xtaymiz. Ma’lumki, tarbiya 

tushunchasi o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilgan bilimlar asosida aqliy kamolot - 

dunyoqarashini insoniy e’tiqod, burch va ma’suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos 

bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi.

Shu ma’noda tarbiya deb tarbiyachi o‘zi hohlagan sifatlarini 

tarbiyalanuvchilarga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko‘ra 

tizimli ta’sir ko‘rsatilishiga aytiladi. Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab, umrining 

oxirigacha davom etadigan jarayonidir. Shu tufayli tarbiya so‘zi ko‘p vaqtlarda 

ta’lim, ma’lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi.

Endi biz shular xususida o‘zimizning fikr-mulohazalarimizni bildirib 

o‘tmoqchimiz. Xalqimizning buyuk mutafakkirlari bo‘lmish Imom- al-Buxoriy, 

Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Baxouddin 

Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Bobur, Abdurauf Fitrat, 

Abdulla Qodiriy, Botu, Maxmudxo‘ja Bexbudiy va boshqa shu kabi ko‘plab buyuk 

ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma’naviyat sarchashmalari o‘zining tarbiyaviy 

ahamiyatga, ma’rifatni targ‘ib etish xususiyatlariga va ibratlilik xususiyatlariga ega 

ekanligi tufayli hozirgi kunga qadar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmay kelmoqda. 

Bular jumlasiga Navoiyning mashhur “Hamsa”sini, Bexbudiyning “Turkiy 

Guliston yoxud ahloq”, Imom - al Buxoriyning “As saxix” hadislar to‘plami kabi 

ko‘plab yuksak qadr-qimmatga ega asarlarni kiritishimiz mumkin. Xalqimiz 

tomonidan yaratilgan qadriyatlar va urf-odatlar hamda xalq og‘zaki ijodi 

namunalari bevosita xalqimiz ruhiyati asosida shakllangan bo‘lib, ular ma’naviy 

barkamol insonni tarbiyalashda eng muhim ahamiyatga egadir. Ushbu qadriyatlar 

o‘z navbatida yuqorida sanab o‘tilgan buyuk mutafakkirlarimizni ham tarbiyalab 

voyaga yetkazgandir. Shunday ekan biz buyuk xalqimiz tomonidan yaratilgan 

milliy qadriyatlarimiz har qancha faxrlansak arziydi. Bizning burchimiz bunday 

qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni izchil ravishda takomillashtirib borishdir.

Ma’lumki, xalqimizning salkam ming yillik tarixi Islom dini bilan 

chambarchas bog‘langandir. Shuning uchun xalqimiz tomonidan yaratilgan milliy 

qadriyatlarning aksariyati ham va mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan 

ma’naviyat sarchashmalari ham aynan ana shu din asosida shakllanib, rivoj topib 

kelgan. Shunday ekan, biz bu dinning urf-odatlariga oqilona yondashib, ularni 

to‘g‘ri anglab olishga harakat qilishimiz kerak. Chunki, islom dini yuksak 

tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, doimo millatlar o‘rtasidagi tinchlik-totuvlikni va 

isoniyatga nisbatan qilinadigan har qanday zo‘ravonlikka qarshi harkatlarni hamda 

behuda qon to‘kilishiga qarshi g‘oyalarni targ‘ib etib kelgan.

O‘zbek xalq pedagogikasida asrlar mobaynida asosiy tushunchalar 

shakllangan: parvarish, tarbiya, mukammallashtirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, qayta 

tarbiyalash, nasihat qilish, o‘qitish, ta’lim berish, o‘rgatish.

Forobiyning fikricha, insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l-ta’lim va tarbiya 

orqali hosil qilinadi: “Ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug‘ma 

fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-odob fazilatlarini 

birlashtiradi, ta’lim so‘z va o‘rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan 

amalga oshiriladi, har ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon bo‘ladi...”. Demak, 

Forobiy ta’lim-tarbiyani o‘zviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa 

ham, har birining insonni kamolga yetkazishida o‘z o‘rni va xususiyati borligini 

alohida ta’kidlaydi.

Xalq pedagogikasi tarbiyaning ko‘p omillaridan foydalanishi bilan (tabiat, 

mehnat, turmush, odat, san’at, din, ona tili), uslublar katta boyligi bilan 

(ishontirish, misol, talab, buyruq, tushuntirish, rivoyat, o‘rganish va mashq, istak 

va farovonlik, afsun, qasamyod, iltimos, maslahat, ishora, ma’qullash, gina, 

ko‘ndirish, taqiqlash, po‘pisa va hokazo) va tarbiya vositalari (o‘yin, sanoqlar, 

topishmoqlar, maqollar, qo‘shiqlar, ertak va afsonalar, rivoyatlar) bilan kuchli. 

Xalq pedagogika xazinasi tarbiyani xalq turmushi bilan g‘oyaviy bog‘lanishini 

mustahkamlashda muhim o‘rin egallaydi. Bu xazinalar ijodiy yondashganda yosh 

avlodni tarbiyalashda katta samara berdi.

- salbiy odatlarni bartaraf etib borish; ijobiy sifatlarni o‘zlashtirish.

Pedagog - tarbiyachi shaxsini shakllantirish. 

Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, 

kattalarning mehnati haqida boshlang'ich bilim va tushunchalar beradi, ularga 

madaniy axloq, o'z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda 

bo'lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo'ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, 

kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o'simlik va hay 

vonlarga g'amxo'rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini

asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlar tarbiyalaydi. 

Xalq san'ati, musiqa, ashula,adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san'atga

muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida 

yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko'nikmalarni ma’lum bir 

izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish ishi 

da yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o'z kasbining mohir ustasi bo'lish 

uchun maxsus tayyorgarlik ko'rishi kerak. U quyidagi shartlarga amal qilishi kerak: 

1.Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma'lumotli, kerakli

bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan

ishlay oladigan, ilg'or tajribali pedagoglarning tajribasini o'rganib, o'z ishiga

tatbiq eta oladigan bo'lishi; 

2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati 

sabablarini to'g'ri tahlil qilib, unga ijobiy ta'sir etuvchi vositalarni topa olishi; 

3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko'nikmalardan xabardor qilish

uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo'lishi lozim. Ta'lim 

berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim,

malaka, 


ko'nikmalarni yaxshi o'zlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib 

savollardan foydalanishi; 

4. Tarbiyachi o'ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o'sha 

faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg'ota olish, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini

o'stirish, bolalarning xulqini, 

xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi; 

5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab 

qo'yishi; 

6. Kun tartibini to'g'ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir 

a'zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish; 

7. Bolalarning ruhiy va **oniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar 

bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarida e'tiborga olishi; 

8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatIar, uchrashuvlar 

o'tkazib, axborot almashtirib turishi; 

9. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda bo'lishi, har bir 

bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo'lsa ovuntira olishi; 

10. Kun tartibida olib borgan ta'lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni 

yanada yaxshilash yo'llarini topa olishi kerak. 

Eng muhimi - tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning

mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to'g'ri taqdirlashi va mustaqil 

faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori 

baholaydilar. 

Pedagogik qobiliyat 

O’qituvchining kasbiy faoliyati favqulodda umumiy va xususiy 

qobiliyatlarni talab qiladi. 

Kasbiy-pedagogik faoliyatning muvaffaqiyati xususiy pedagogik 

qobiliyatlaiga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik qobiliyatlaming quyidagi guruhlari 

farqlanadi: 

• obyektga (talabaga) nisbatan sezgirlik; 

• kommunikativlik — insonlarga yuz tutish, xayrixohlik, xushmuomalalik; 

• perseptiv qobiliyatlar — kasbiy yetuklik, empatiya, pedagogik tuygu; 

• shaxs dinamikasi — irodaga ta ’sir eta olish va mantiqiy ishontira olish 

qobiliyati; 

• hissiy barqarorlik - o'zini boshqara olish; 

• kreativlik — ijodiy ish qobiliyati. 

Pedagogning xususiy qobiliyatlariga bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallash 

faoliyati va shaxsni tarbiyalash qobiliyati ham tegishlidlr. 

O’qitish, o’rganish va o‘rgatish bo‘yicha qobiliyatlariga quyidagilar kiradi: 

• talabani tushunishini ko'rish va sezjsh hamda bunday tushunishning 

darajasini va xarakterini oimatish qobiliyati; 

• o‘quv materialini mustaqil tanlab olish hamda o'qitishning samara beruvchi 

usul va metodlarini belgilash qobiliyati; 

• materialni yetarli bayon qilish hamda uning barcha talabalarga 

www.ziyouz.com kutubxonasi tushunarliligini ta minlash qobiliyati; 

• talabalarning individualligini hisobga olgan holda o'qitish jarayonini tashkil 

etish qobiliyati; 

• o'qitish jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish qobiliyati; 

• talabalarning katta odimlar bilan rivojlanishini tashkil etish qobiliyati; 

• o'zining pedagogik mahoratini takomillashtirish qobiliyati; 

• owning tajribasini boshqalar bilan baham ko'rish qobiliyati; 

• mustaqil ta’lim olish va mustaqil takomillashish qobiliyati. 

Pedagogik jarayonga qaratilgan pedagogik qobiliyatlarga quyidagilar 

kiradi: 

• boshqa insonning ichki holatini to'ffri baholash, unga hamdardlik bildirish, 

hamnafas boʻla olish qobiliyati (empatiya qobiliyati); 

• taqlid qilish uchun namuna bo'lish qobiliyati; 

• tarbiya jarayonida individual xususiyatlami inobatga olish qobiliyati; 

• muloqotning lozim topilgan uslubini hamda o‘z o'mini topish, kelisha olish 

qobiliyati; 

• hurmat qozonish, ya’ni talabalar o'rtasida obro'ga ega boUish qobiliyati. 

Pedagogik qobiliyatlar ichida pedagogik muloqotga bo‘lgan qobiliyat 

alohida ajralib turadi. 

O’qituvchining talabalar bilan davomiy va samarali aloqalarini tashkil etishni 

kommunikativ qobiliyat bilan bog‘laydilar. 

Kommunikativ qobiliyat — bu pedagogik o ‘zaro aloqalar doirasidagi o‘ziga 

xos tarzda namoyon bo‘ladigan muloqot qobiliyatidir. 

Psixologiyaga oid adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlaming bir necha 

guruhlari farqlanadi: 

Kishining boshqa kishini bilishi. Bu qobiliyatlar guruhida kishiga shaxs 

sifatida, shaxsning alohida qiyofasi, motivi va xatti-harakatlariga baho berish, 

kishining tashqi ko'rinishi, xulqi va ichki dunyosi nisbatiga baho berish; 

savlati, imo-ishora, mimika, pantomimikasini «o‘qiy» olish kabilar qamrab 

olinadi. 

Kishining o'z-o'zini bilishi. U o ‘z bilimlarini, qobiliyatlarini o ‘z xarakteri 

va o’z shaxsining boshqa qirralarini hamda tashqaridan va uning atrofidagi kishilar 

unga nisbatan qanday baho berishi lozim bo‘lsa, shunday baho berishni ko‘zda 

tutadi. 

Muloqot vaziyatini toigiri baholay olish. Bu vaziyatni kuzatish, uning 

ko‘proq axborot beradigan belgilarini tanlash va unga diqqatni jalb qilish; 

yuzaga kelgan vaziyatning sotsial va psixologik mundarijasini to‘g‘ri idrok 

etish va baholash qobiliyatidir. 

Oliy maktab o ‘qituvchisining kasbiy faoliyati turli yo‘nalishlarda bo‘ladi. 

Ulardan eng muhimlari tubandagilar: 

Oʻquv pedagogik faoliyat. Bu jamiyat talablariga mos ravishda oliy 

maktabda o‘quv jarayonini tashkil etishga yo‘naItiriIadi. Oliy maktabdagi o ‘quv 

jarayoni uchun o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarining uzviy bog‘liqligi, talabalar faolligi va 

mustaqil ishlari ijodiy potensial bo‘lgan shaxs ahamiyatini oshirish xarakterlidir. 

Oliy maktabdagi pedagogik faoliyatda nazariy va amaliy faoliyat qo‘shib olib boriladi. 

Nazariy faoliyat yangi qonuniyatlarni ochish bilan bog‘lanadi.

Amaliy faoliyat muayyan vaziyatlami yangilashga va pedagogik vazifalar 

tizimini hal qilishga yo‘nalgan bo‘ladi. 

Oʻqituvchi konkret fanni boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro bog‘lagan holda 

uning o ‘qitilish maqsad va vazifalarini belgilaydi. Talabaning o‘quvbilish 

faoliyatini jonlantirishni ta ’minlaydigan o ‘qitishning mazmuni, zamonaviy shakl 

va metodlarini o ‘ylab topadi. 

Oʻqituvchi o‘quv-pedagogik faoliyatining o ‘ziga xosligi uning ilmiytadqiqot 

ishlarida faol ishtirok etishidir. 

Oliy maktab o‘qituvchisining pedagogik faoliyati tavsifida olimlar, odatda, 

N.V. Kuzmina va Z.F. yesarova tadqiqotlariga tayanadilar. Ular quyidagi 

komponentlami farqlaydilar: 

• konstruktivlik; 

• tashkilotchilik; 

• ilmiy bilish; 

• kommunikativlik. 

Konstruktivlik komponenti ilmiy-tadqiqot, o‘quv-tarbiya ishlarida loyihalash 

yoki o‘z konstruksiyalash malakalarida ko‘rinadi. 

Loyihalash malakasi — bu ilmiy izlanishni yoki o’quv-taibiya jarayonini 

modellashtirishning intellektual malakalaridir. O’qituvchining loyihalash malakasi 

Z.F.Esarova tomonidan tadqiq etilgan. 

Oliy maktab o‘qituvchisi faoliyatini tavsiflash va baholash uchun quyidagi 

sathlardan foydalaniladi: 

• reproduktiv. Bunda o‘qituvchi faqat o'zining axborotlarini loyihalashtiradi, 

lekin auditoriyadagi talabalarning saviyalarini hisobga olmaydi; 

• moslashuvchan. Bu sathda o‘qituvchi o‘quv axborotlarini auditoriyadagi 

talabalarning saviyalariga mos qilib modellashtiradi; 

• lokal-modellashtirish. Bu sathda o‘qituvchi axborotlami bayon qilibgina 

qolmaydi, balki ayrim masalalar bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalar 

tizimini modellashtira olishi lozim; 

• tizimli-modellashtirilgan bilim. Bu sathda konkret fanni o‘zlashtirish uchun 

zarur bo’lgan o‘z faoliyati va talabalar faoliyati tizimini modellashtiradi; 

• tizimli-modellashtirilgan faoliyat. Bu sathda o'qituvchi talabalar bilan birga 

barcha o'quv-tarbiya ishlari tizimini modellashtira oladi. 

Tashkllotchilik faoliyati. Bunday faoliyat ilmiy izlanish va o ‘quv-tarbiya 

jarayonini aniq rejalashtirish va tashkil etish malakasida ko‘rinadi. Bu o‘qituvchi, 

talaba va boshqa olimlaming o ‘zaro aloqador faoliyatidir. 

Tashkilotchilik faoliyati o‘zini, o ‘zining vaqtini; talabalarning individual, 

guruh, kollektiv ishini; birgalikdagi tadqiqotlarini amalga oshirish uchun 

kadrlarni tanlab olish va ulaming vazifalarini belgilab berishni tashkil etish 

malakasida namoyon bo‘ladi. 

Tashkilotchilik faoliyatining asosiy vazifasi shu faoliyat ishtirokchilarining 

xatti-harakatlarini integrasiyalashdir. 

Ilmiy-bilish faoliyati. Bu faoliyat atrof-olamni va o‘zini chuqur va har 

tomonlama bilish malakasida ko‘rinadi. 

0 ‘qituvchi o‘z tadqiqotlari, talabalar va aspirantlaming ilmiy faoliyati 

jarayoni va natijalarini tahlii qiladi. 

Kommunikativlik faoliyati. Bu faoliyat safdoshlari va talabalar bilan maqbul 

o‘zaro aloqalami belgilash malakasini ko‘zda tutadi. 

Kommunikativlik faoliyati asosida o ‘qituvchining o ‘z-o‘zini boshqarish 

qobiliyati yotadi. 

Tadqiqotchilar pedagogik vazifani pedagogik jarayonning asosiy birligini 

namoyon etadigan o‘ziga xos tizim sifatida izohlaydilar. 

V.A.Slastenin pedagogik vazifa deganda, bilish, voqelikni yangilash 

(o‘zgartirish) maqsadi boMgan o‘ylangan pedagogik vaziyatni tushunadi. 

0 ‘qituvchining maqsadga yo‘nalgan faoliyatida pedagogik vazifaning: 

strategik, taktik va operativ kabi uch katta guruhi farqlanadi. 

Strategik vazifa. Bu o‘ziga xos ulkan vazifa. Strategik vazifalar ta’limning 

umumiy maqsadlaridan kelib chiqadi. U jamiyat rivojlanishining obyektiv

ehtiyojlarini aks ettiradi. Bu vazifalar pedagogik faoliyatning dastlabki maqsadi va 

yakuniy natijalarini aniqlab beradi. 

Joriy pedagogik jarayonda strategik vazifalar taktik vazifalarga aylanadi. 

Taktik vazifalar ta ’lim ning yakuniy natijalarini ta ’m inlashga 

yo‘nalganligini saqlab qolgan holda strategik vazifalarning u yoki bu bosqichida 

hal qilinadigan vazifalardir. 

Operativ vazifalar pedagog amaliy faoliyatida joriy va birinchi navbatda hal 

qiladigan vazifalardir. 

Oliy maktab o‘qituvchisining kasbiy faoliyat tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu 

kasb o‘ta murakkab hamda o‘ta ijodiy kasbdir. 

Shunday qilib, o‘qituvchining pedagogik mahorati pedagogik vazifalami 

yuksak darajada yechish, o ‘qituvchining shaxsiy xislatlari sintezi, uning rang-

barang ilmiy sohadagi va pedagogik faoliyatidagi bilim hamda malaka va 

ko‘nikmalari bilan belgilanadi. 

Pedagogning mutaxassis sifatida: 

- aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;

- -pedagogik jarayon samaradorligini, o‘zining ishchanlik faolligini oshirish;

- -izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish;

- -ilg‘or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo‘lish;

- -faoliyatiga fan-texnikaning so‘nggi yangiliklarini samarali tatbiq etish;

- kasbiy va malakalarini takomillashtirish;

- ko‘nikma salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini 

izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi.

Pedagoglarning o‘z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali 

yondasha olishlari qo‘l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida quyidagi 

modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir.

Pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishida o‘zini tahlil qila olishi 

ham ahamiyatli sanaladi. O‘zini o‘zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy 

faoliyatda tashkil etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishidir. 

O‘zini o‘zi tahlil qilish orqali pedagog o‘zini o‘zi obyektiv baholash imkoniyatiga 

ega bo‘ladi. Zero, pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishida 

ularning o‘z-o‘zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir. O‘zini o‘zi 

baholash (O‘O‘B) – shaxsning o‘z-o‘zini tahlil qilishi orqali o‘ziga baho berishi. 

O‘zini o‘zi baholash subyekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, 

o‘ziga obyektiv baho berish, o‘zidan qoniqishni ta’minlaydi. O‘z-o‘zini baholash 

shaxsning qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur. 

O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin shaxsni bunga bevosita tayyorlash mumkin. Har 

qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi pedagogning ham o‘zini o‘zi samarali baholay 

olishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi.

Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati. 

Nutq madaniyati ─ ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks 

ettiruvchi bir ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli ─ yozma 

va og’zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e’tibor yolg’iz 

o‘qituvchilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o‘zlashtirish talab 

qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir o‘qituvchining va 

shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog’liq. O‘qituvchi pedagogik 

mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan 

boyligini, balki bilimini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada 

yuritishini belgilovchi me’yordir. O‘qituvchining nutq madaniyati birdaniga 

shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb 

faoliyati davomida, tajribali ustozlar o‘giti natijasida yillar davomida 

takomillashib, sayqallanib boraveradi. O‘qituvchining nutqiy qobiliyati madaniy, 

kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojlantirish faqat 

o‘qituvchining shijoatiga bog’liq. Shu qobiliyat tufayli o‘qituvchining nutq 

madaniyati ham shakllanib boradi. Quyidagi o‘qituvchining nutq madaniyatiga 

xos bo‘lgan vositalarni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak: 

1. Nutq madaniyati o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy kamoloti tarkibiy 

qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko‘rsatuvchi, o‘z 

ona tilimizga e’tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir. 

2. Nutq madaniyati o‘qituvchilarni ma’naviy va madaniy saviyasi bilan, 

hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma’lum 

ma’noda ajratib turadi. 

3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo‘lgan barkamol 

avlodni qanday kasb egasi bo‘lib yetishishidan qat’iy nazar ma’naviy jihatdan 

tarbiyalash. 

4. Nutq madaniyati ─ bu avvalo, o‘qituvchilarda nutqiy ko‘nikma va nutqiy 

malakalarni hosil qiladi. Bu ko‘nikma pedagogik faoliyatda takomillashib boradi, 

maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan 

muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi. 

5. Nutq madaniyatiga o‘zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida 

erishiladi. Buning uchun o‘qituvchi adabiy til qonuniyatlarini bilishi, badiiy 

adabiyot asarlarini doimiy o‘qib borishi, she’rlar yod olishi va uni ifodali o‘qiy 

olishi, radio va televidenie eshittirishlarini kuzatib borishi lozim. 

6. Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko‘rinishi nutqiy taqlid bo‘lib, 

yosh o‘qituvchilar o‘zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma’noli va ta’sirchan nutq 

so‘zlaydigan ustoz murabbiylarning nutqiy san’atiga havas bilan qarashi va 

taqlid qilishi asosida o‘rganishi mumkin. 

O‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal 

egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida o‘qituvchi bolaning his-

tuyg’ularini uyg’otadi, o‘quvchilar bilan ongli muloqotni ta’minlaydi, ta’lim-

tarbiyaga oid ma’lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo‘lajak 

o‘qituvchi avvalo nutq sirlarini, uning o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqotda 

ta’sir kuchini puxta bilishi kerak. 

Nutq madaniyati salomlashish madaniyati, ovqatlanish madaniyati kabi

muayyan jamiyatga xos bo`lgan, ko`pchilik tomonidan me`yor sifatida

qabul qilingan madaniyatlar tizimidagi bir halqadir. 

Ana shu halqalarning o`zaro zich munosabatidan shu jamiyatning 

madaniyati vujudga keladi. Demak, nutq madaniyati ma`lum bir jamiyatning 

muayyan bir davrdagi milliy madaniyatning tarkibiy qismidir. 

Shuning uchun ham bizning ajdodlarimiz nutq madaniyatiga alohida

ahamiyat berganlar. Xususan, halifa Abdulmalik nutq madaniyatiga, notiqlik 

san`atiga ega bo’lmagan, til go`zalligini namoyish eta olmaydigan kishi

hokimiyatni boshqarishi mumkin emasligini e`lon qildi. Natijada jamiyatda, 

hokimiyatni boshqarishda, fan sohasida katta yutuqqa erishish uchun har bir 

shaxs o`z ona tilining boy imkoniyatlarini to`la egallashi va uni amalda 

qo’llay olishi shart qilib qo`yildi. 

Abu Nasr Farobiy ham "Fozil odamlar shahri" kitobida fozil kishining 

fazilatlaridan biri sifatida nutq madaniyatini tilga oladi. Bu an`ana islom olamida 

uzoq davrlargacha davom etdi. Xususan, Temuriylar davrida ham bola 

tarbiyasida nutqiy madaniyatni shakllantirishga katta e`tibor

berildi. Zahiriddin Muhammad Boburning o`g’li Humoyunga yozgan maktubi, unda


Humoyunning maktub yozishga e`tiborsizligi, g’aliz va dabdabali ifodalar qo`llagani 

qattiq tanqid ostiga olgani va xatni qanday yozish kerakligi haqida pand - 

nasihatlar qilgani fikrimizning yorqin dalilidir.

Mustaqillik qo`lga kiritilgandan so`ng Prezidentimiz ko`rsatmasi bilan

ta`lim tizimini tubdan yaxshilashga jiddiy e`tibor berildi. Shu tufayli "Kadrlar



tayyorlashning milliy dasturi" ishlab chiqildi.
Yüklə 107,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin