\376\377\0003\000-\000h\000i\000s\000o\000b\000 \000g\000r\000a\000f\000i\000k\000 \000i\000s\000h\000i



Yüklə 452,5 Kb.
səhifə1/6
tarix24.07.2023
ölçüsü452,5 Kb.
#137254
  1   2   3   4   5   6

Mavzu: Microsoft Word dasturi, imkoniyatlari, jadval tashkil qilish usullari.


Microsoft Word 97 matnlarni tahrirlovchi ko`p amalli dasturdan iborat matn redaktori bo`lib, Microsoft Office 97 paketining asosiy dasturlaridan biri hisoblanadi. Matnni muharrirlashning asosiy bosqichlarini quyidagicha ta’riflash mumkin: hujjatni yaratish, saqlash, o`zgartirish, bezash, bir nechta hujjatdan bir butun hujjat yaratish va h.k.

Ushbu matn muharrirning imkoniyatlarini quyida keltirilgan ba’zi amallardan ham bilish mumkin:





  • Matnning orfografiyasi va grammatikasini tekshirish;




  • Jadvallar bilan ishlash, ularning chegaralari va ichki rangini tanlash;




  • Rasm chizish;




  • Elektron xujjatlarni yaratish, saqlash, tahrir qilish va h.k.;




  • Elektron pochta qutisidan olingan xabarlarni tahrirlash va boshqa imkoniyatlar kiradi.

Word 97 matn muharririni ishga tushirish uchun uning yorlig`ini, ya’ni rasmini ish stolidan toping va ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib kelib, sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosing. Agar bu rasmchani ekrandan topa olmasangiz, quyida joylashgan masalalar panelidagi Pusk menyusi ustiga sichqoncha kursatkichini olib kelib sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing. Quyidagi oyna namoyon bo`ladi: Namoyon bo`lgan ro`yxatdan Programmi qismini tanlang. O`ng tomondagi ro`yxatdan Microsoft Word qatorini tanlang va ustida sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing. Bu amallarni bajargandan so`ng Word 97 matn muharriri ishga tushadi va Microsoft Word interfeysi oynasi paydo bo`ladi. Umuman, o`zimizga qulaylik yaratish uchun, bir nechta tushuncha kiritishimiz zarur. Masalan: «sichqonchaning chap tugmachasini bosamiz» jumlasini «sichqonchani bosamiz» deb aytamiz, agarda sichqonchaning o`ng tugmachasini ishlatish zaruriyati tug`ilib qolsa, bu holni alohida ta’kidlab ketamiz. Yana bir hol, buyruqni, so`zni tugmachani «aktivlashtiramiz», «faollashtiramiz» deganda ular ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib kelib, sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosish nazarda tutiladi.

Eng yuqorida dastur va hujjat nomi yozilgan qator mavjud. Shu qatorning o`ng tomonida, burchakda uchta boshkaruv piktogrammasi joylashgan:



Yüklə 452,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin