Hujjatni yaratish, uni saqlash va chop etish (Fayl menyusi)
Mazkur matn muharririni o`rganish jarayonini soddalashtirish uchun uni oddiy yozuv mashinkasi bilan taqqoslab boramiz. Yozuv mashinkada ish boshlashdan avval qog`oz qo`yiladi. Umumiy holda Word da yangi hujjatlar yaratish usullari:
Standart piktogrammalar qatorida piktogrammasi ustida sichqoncha bosiladi. Ekranda «toza qog`oz» paydo bo`ladi. Yangi hujjat ochilishini oynaning sarlavha qatorida Dokument so`zi yonidagi tartib raqam o`zgarishidan bilamiz.
Xuddi shu amalni Fayl menyusidagi Sozdat (Yaratish) buyrug`i orqali ham amalga oshirish mumkin. Bu holda ekranda quyidagi oyna namoyon bo`ladi g’urmatli kitobxon, bunday oynalarga siz ko`p marotaba duch kelasiz. Bu oynalarni savol-javob (dialog) oynalari deb atashadi. Mazkur oynada tizim sizga bir nechta andozalarni (shablonlarni) tavsiya etmoqda. Masalan, hisobotlar shakli, fakslar, xatlar, yozuvlar va boshqa hujjatlar andozalari shuyerda jamlangan. Siz o`z hisobotingizni mavjud andozaga solib yaratishingiz mumkin. Yozuv mashinkasida qog`ozga chegara qo`yish mumkin. Ushbu chegara qo`yilgan holda, karetka ma’lum joyga kelgach qatordan qatorda avtomatik ravishda o`tadi.
Shunga o`xshash amallarni Wordda bajarish uchun Fayl menyusidan o`rin olgan Parametri stranitsi buyrug`ini ishlatish lozim.
Namoyon bo`lgan oynaning Polya qismida qog`ozga chegaralar (yuqori, quyi, chap, o`ng tomonlardan) qo`yiladi. Har bir darchaning yonida tepaga va pastga qaragan uchburchaklar mavjud. Ular mos ravishda chegara enini oshiradi va kamaytiradi. Pereplyot darchasida muqovalash uchun joy qoldiriladi. Ot kraya do kolontitula qismida saifaning chetidan to saxifaning tartib raqami yozilishi kerak bo`lgan joygacha masofa ko`rsatiladi.
Zerkalnie polya yozuvi oldida belgi qo`ysangiz, hujjatda sahifalar kitobdagi kabi bir- biriga aynan aks etadi g’ujjatning bir qismi uchun maydonlarni o`zgartirish kerak bo`lsa, o`sha saxifalarni belgilab (Buning uchun mazkur qism boshlangan joydan, klaviaturadagi Shift tugmachasini bosgan holda klaviaturadan pastga qaragan ko`rsatkich tugmachasini bosib, kerakli pozitsiyagacha olib borish zarur) Fayl menyusidagi Parametri stranitsi oynasining Polya qismida chegaralarni belgilash kerak. Primenit (Qo`llash) ro`yxatidan K videlennomu tekstu (Belgilangan matnga) parametrini tanlash lozim. Belgilangan betlardan oldin va keyin avtomatik tarzda bo`lim uzilish belgilari qo`yiladi. Agar hujjat bo`limlarga bo`lingan bo`lsa, kerakli bo`lim ustida sichqonni bir marta bosish kerak yoki bir nechta bo`limni belgilab, maydonlarni o`zgartirish kerak.
Har doim bir hil chegara qo`llasangiz, faoliyatingiz boshida bir marta chegaralarni o`rnatib, Po umolchaniyu piktogrammasini sichqoncha yordamida faollashtirib kuying. Keyingi hujjatlar yaratish jarayonida sahifa chegaralari o`zgarmasdan turadi (to o`zingiz o`zgartirish kiritmagungizgacha).
Yuqoridagi oynaning Razmer bumagi qismida qog`oz o`lchovi, uning yo`nalishi o`zgartiriladi.
A4 formatli (210x297mm) qog`ozdan (Siz kurs ishlari, referatlar, diplom ishlari uchun ishlatadigan qog`oz) ko`p foydalaniladi. Shu qog`ozning teng yarmi - A5 formatini, ikkitasi esa - A3 format demakdir. Qog`ozga to`g`ri va ko`ndalang xolatlarda narsa chop etish mumkin. Buni
Dostları ilə paylaş: |